2-ma’ruza. Oziq ovqat tarkibidagi aminokislotalar Reja: • Аminоkislоtаlаrning umumiy tavsifi. • Aminokislotalarning klassifikatsiyasi



Yüklə 387,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü387,1 Kb.
#111085
  1   2   3   4
2 —MA\'RUZA. Oziq ovqat tarkibidagi aminokislotalar



2-MA’RUZA. 
Oziq ovqat tarkibidagi aminokislotalar 
Reja: 
1.Аminоkislоtаlаrning umumiy tavsifi. 
2. Aminokislotalarning klassifikatsiyasi 
3. Aminokislotalarning ahamiyati 
4. Mahsulotlar tarkibidagi aminokislotalar tarkibi va miqdori. 
 
Fоydаlаnilаyotgаn аdаbiyotlаr 
1. Skuriхin I.M., Nеchаеv А.P. Vsе о pishе s tоchki zrеniya хimikа. –M.: 
Visshаya shkоlа, 1991. –s. 9-25. 
  
Aminokislotalar 
Aminokislotalar — molekulasida amin va karboksil guruhi boʻlgan organik 
birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- 
rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum. 
Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. 
Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga 
tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi koʻrsatadi. 
Deyarli barcha tabiiy A L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar 
tabiatda kamdan-kam boʻlib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aning L-formasi 
oʻsimliklar tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi va u moddalar almashinuvining bar-cha 
jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini oʻsimliklar oʻzlashtira olmaydi, 


baʼzan ular moddalar almashi-nuvi jarayonlarini toʻxtatib qoʻyadi. Bu 
organizmning 
fermentativ 
sistemasi 
Aminokislotalarning 
L-qatoriga 
moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar 
yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun a formali 20 
Aminokislotalar- proteinogen Aminokislotalar (lizin, gistidin, arginin, aspartat 
kislota, aspa-ragin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glitsin, alanin, 
siste-in, izoleysin, leysin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan)dan 
foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermenta-
tiv oʻzgarishi natijasida hosil boʻladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam 
organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam 
organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metio-nin, lizin, valin, treonin, izoleysin va 
leysin) almashinmaydigan A bor.Oʻsimliklar oʻzi uchun zarur boʻlgan barcha azotli 
birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli 
azot organik birikmalarga aylanadi. Oʻsimliklarda hosil boʻlgan Aminokislotalar 
uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarfla-nadi, 
shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va boshqa birikmalar sintezi uchun 
ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, toʻliq oksidlanishi va organizm uchun 
energiya manbai boʻlib xizmat qilishi mumkin. Koʻpchilik Aminokislotalar 
tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida 
qoʻllaniladi. Hozir Aminokislotalardan oʻgʻit sifatida ham foydalanilmoqda.
[1]
 
Aminokislotalar — molekulasida amin (~NH
2
) va karboksil (-SOON) 
guruhlari bor organikalik qoʻshlishlar: 
H
2
N-CH
2
-COOH (aminsirka kislotasi (glitsin)

Yüklə 387,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin