Rekreatsiya va turizm geografiyasi Chirchiq-2023



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/66
tarix19.04.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#100794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Rekreatsiya va turizm geografiyasi O\'quv qo\'llanma

“Nanay”, “Quvasoy” dam olish zonalari va Namangan viloyatidagi 
Chortoq”, Buxoro viloyatidagi “Sitorai Mohi Xosa”, Qashqadaryo 
viloyatidagi “Miroqi” kabi davlat maskanlari chet ellarda ham. Mashhur. 
O‘z boshqaruvi shaharlar, maqbaralar, qal`alar, me`morchilik binolari, 
muzeylar madaniy merosini tashkil etish. Fusunkorligi hamda salobati 
bilan millionlab kishilarni lol qoldirayotgan tarixiy obidalarimiz 
qiziquvchilarini yurtimiz sari chorlamoqda. Ana shunday-madaniy 
obyektlar zaminida vujudga kelgan rayonlar, asosan, Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Shahrisabz, oshkent, Qo`qon kabi shaharlarda tarixi. Afsus, 
ajdodlarimiz bunyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina 
saqlangan. Qolganlari mustamlakachilar tomonidan turli yo`llar bilan 
vayron qilingan. Endilikda ular katta mablag` va mehnat sarflab bo`lsa-
da, ta`mirlanadi. Ayni vaqtda sayyohlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha 
mahsulotlarni tillarni tarix va geografiyani puxta biladigan tayyorlanadi. 
Zero, bo`ylab sayohatlarning soni yildan yilga oshib tekshiriladi . 
Rekreatsiya xo`jaligi tarkibiga tarkiblar, dam olish uylari va bazalari, 
sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar. 
Davolash-sog’lomlashtirish turizmi Markaziy, Sharqiy va G’arbiy 
Yevropada keng tarqalgan. Mazkur dam olish turi bo’yicha Chexiya 
birinchi o’rinda turadi Chexiyadagi eng mashhur sog’lomlashtirish 
markazi bo’lib Karlovi – Vari hisoblanadi.Mazkur kurortga bir yilda 70 ta 
davlatdan 50 ming turist keladi. Chexiyadan so’ng davolanish-
sog’lomlashtirish turizmi salmog’i bo’yicha Vengriya turadi. Bu yerda 
suvlar bilan davolash mashxur. Vengriyaning 22ta shaxrida va 62ta 


17 
qishlog’ida shifobaxsh buloqlari mavjud. Turistlar asosan Budapesht 
shaxri va Balaton ko’liga kelishadi. Balaton ko’liga yiliga 100ming kishi 
keladi.Polshada balneologik va iqlimiy kurortlar keng tarqalgan. Ularga 
dengiz bo’yida joylashgan balneologik va balchiq kurortlar kiradi . 
G’arbiy Yevropa davlatlarida jaxonga mashxur kurortlar joylashgan. 
Ularga Baden Baden va Visbaden (Germaniya,) Vishi (Fransiya) Bat 
(Buyuk Britaniya, Spa (Belgiya) va x.k Ispaniya, Partugaliya va 
Gretsiyada iqlimiy dengiz bo’yi kurortlari keng tarqalgan. Avstriya va 
Shveytsariyada tog’ kurortlari mavjud. 
Amerikada dam olish-sog’lomlashtirish turizmi bo’yicha AQSH 
yetakchi.AQSH da balneologik kurortlar keng tarqalgan; Mammot–
Sprinchi, Xiber–Sprinche kurortlari mineral suvlarga asoslangan va 
Arkanzats shtatida joylashgan. Dengizbo’yida Long –Bich (Nьyu–York 
atrofida), Xatteras Atlantika qirg’og’ida va hokazo. Markaziy Amerikada 
ham dengiz kurortlari mavjud. 
Yaqin Sharqda davolash - sog’lomlashtirish kurortlari O’lik dengiz 
atrofida joylashgan. Bu yerda asosan teri kasalliklari (psoriaz) davolanadi. 
Xorijiy Osiyo davlatlarida davolash–sog’lomlashtirish turizmi yaxshi 
rivojlanmagan. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin