Savol va topshiriqlar
1. Rekreatsiya va turizm fanining farqi?
2. Rekreatsion geografiyaning obekti va predmetimi nima ?
3. Rekreatsiya va turizm geografiyasining vazifalarinimalardamn
iborat?
4. Rekreatsiya va turizm geografiyasining maqsadi nimadan iborat?
18
5. Turizm geografiyasining boshqa fanlar bilan qanday aloqadorligi
mavjud.
3-mavzu. Rekreatsion geografiyaning rivojlanish omillari.
Rekreantlarni hisobga olish metodlari
Reja:
1. Tabiiy geografik omillar.
2. Iqtisodiy geografik omillar.
3. Aholining etnik xususiyatlari.
4. Madaniy-tarixiy obidalar.
Turizm rivojiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: tabiiy
geografik omillar, iqtisodiy geografik omillar, etnik omillar va madaniy –
tarixiy omillar. Ushbu omillarning turizm rivojiga ta’sirini ko‘rib o‘tamiz.
1.Tabiiy geografik omillar.
Tabiiy geografik omillar eng avvalo joyning geografik o‘rni bilan
uzviy ravishda bog‘liq. Joyning geografik o‘rnining qulayligi turizm
rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Hozirga qadar iqtisodiy
rivojlangan Yaponiya va Yangi Zelandiya davlatlari turistlarni o‘ziga jalb
qilishda, Ushbu davlatlarning boshqa davlatlardan uzoqda joylashganligi
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Yevropa, Vest-
Indiya, (Markaziy Amerika), Singapur davlatlarining qulay geografik
o‘rnida joylashganligi tufayli ularda xalqaro turizm yaxshi rivojlangan.
Har qanday turistik o‘lkaning yer usti tuzilishi turistlarni o‘ziga jalb
qilishda ikki xil ta’sir ko‘rsatadi. Agar turistik o‘lkaning yer yuzasi
murakkab (tog‘, adir, tekislik va h.k.) tuzilgan bo‘lsa, bu joydan
19
avtomobil va boshqa yo‘llar o‘tkazishda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi.
Shu bilan birga murakkab tog‘ relyefi turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Tog‘li
joylar, rekreatsiya resurslarning boyligi bilan ya’ni havosining tozaligi,
ultrabinafsha nurlarining ko‘pligi, tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish
imkoniyatlarining kattaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Yevropadagi
Alp, Osiyodagi Himolay, Afrikada Atlas, Amerikada And va Koldilyera
tog‘lari turistlarni o‘ziga eng ko‘p jalb qiluvchi tog‘li o‘lkalar hisoblanadi.
Turizm rivojiga joyning iqlimi juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki xorijga
borib dam oluvchilar o‘zlarining ta’til vaqtlarini yaxshi o‘tkazish uchun
o‘zlari uchun qulay yil faslini tanlaydilar.
Iqlim sharoitiga ko‘ra har ikala yarim sharda mo‘tadil va issiq
mintaqalarga turistlarning kelishi boshqa mintaqalarga nisbatan ancha
ko‘p. Shu bilan birga keyingi yillarda tabiatning betakror (ekzotik)
joylarini ko‘rish maqsadida sovuq iqlimli mintaqalarga ham turistlarning
kelishi ortmoqda. Keyingi yillarda Grenlandiya va Shpitsbergin,
Skandinaviyaning shimoli, Olovli yer orollari va boshqa sovuq joylarga
aylanmoqda (M.Yefremova, 1998 y). Yer sharining turli qismida
iqlimning turlichaligi sababli shimoliy o‘lkalarda yashayotgan kishilar
janubga intiladi. Angliyaning tumanli « Albedo» o‘lkasida yashayotganlar
Fransiya, Ispaniya va Italiyaning serquyosh joylariga intiladilar.
Dengiz va okeanlarning qirg‘oq yoqalari turizmni rivojlantirish
uchun juda qulay hisoblanadi. Bunday joylar sayohat uyushtirish uchun
qulay, ya’ni bunday joylarda dengiz bo‘yida quyoshga toblanishning
qulayligi, dengiz suvi, cho‘llanish uchun qulay plyajlarning ko‘pligi
turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Shu sababli Fransiya va Italiyaning dengiz
bo‘yidagi rivyeralari, Balgariyaning Qora dengiz bo‘yi qirg‘oq yoqalari,
20
Baom va Bermud orollar va boshqa o‘lkalar aholining dam olish va
turistlarning kelishi uchun juda qulay hisoblanadi.
Dengiz qirg‘oq yoqalarida aholi dam olish joylarining torlik qilishi
ko‘pgina mamlakatlarda dengiz qirg‘oq bo‘ylaridagi dam olish joylarini
kengaytirishga olib keladi. Jumladan, Fransiya o‘zining dengiz bo‘yi dam
olish zonasini Russilyon hisobiga, Bolgariya Qora dengizi qirg‘oq
yoqasida kurort mintaqasini 400 kmga kengaytirdi. (M.Yevremova, 1998
y).
Daryo va ko‘llar muhim turistik boyliklar hisoblanadi. Ular atrof
muhitga chiroy beradi, mikroiqlimni yumshatadi, daryo va ko‘l
yoqalarida baliq ovlash, suv sproti bilan shug‘ullanish imkoniyatini
beradi. Ko‘l yoqalarida dam olish zonalarini tashkil qilish Shveytsiya,
Avstrya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Polsha, Rossiya va Qirg‘izistonda
rivojlangan.
Dam
olish
zonalari
tabiatini
o‘rmonlar bezab turadi.
O‘rmonzorlarning dam olish zonasida mavjud bo‘lishi, dam oluvchilarga
o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlaydi, dam oluvchilarning tashqi muhitdan
qisman bo‘lsada zavqlanish imkoniyatini beradi. O‘rmonlar odam
salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli turizm industriyasi dam
olish maskanini qurishda uning atrofiga daraxtlar ekib, o‘rmonzorlar
barpo qilishini ham o‘z bo‘yniga oladi.
Dam olish zonasida turislar mavjud fauna vakillarini ko‘rishi va
hayvonot bog‘larida bo‘lishi mumkin. Shu sababli, dam olish zonasi
atrofida hayvonot bog‘larini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda ayrim dam oluvchilar mahalliy fauna vakillarini
tabiat qo‘ynida ko‘rishni hohlashadi. Bunday hollarda ularni qo‘riqxona
21
yoki zakazniklarga olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ko‘pgina
mamlkatlarda dam oluvchilarni mahalliy fauna bilan tanishtirish
maqsadida turistlar uchun mahsus ov qilish mintaqasi tashkil qilingan.
Bunday ov qilish mintaqalar Afrika, Osiyo, Kanada, Yevropa va
Avstraliyada mavjud (M.Yefremova, 1998 y.). Dam olish maskanlarini
tashkil qilishdagi muhim geografik resurslardan biri shifobaxsh suvlar,
baliqlar hisoblanadi. Bunday joylarda ko‘plab dam olish maskanlari
quriladi.
Shunday qilib, xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi
tabiiy geografik omillarga baho berar ekanmiz, shuni alohida e’tirof etish
lozimki, tabiatning barcha komponentlar turizmni rivojlantirish uchun
qulay. Shu sababli tabiat komponentlarning har birini xalqaro turizmni
rivojlantirish nuqtai nazaridan o‘rganish va baho berish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |