Мундарижа Кириш


Issiqlik almashinish qurilmalari to’g’risida



Yüklə 184,22 Kb.
səhifə2/8
tarix24.12.2023
ölçüsü184,22 Kb.
#192282
1   2   3   4   5   6   7   8
15) ...Qobiq trub. issil.alm.

Issiqlik almashinish qurilmalari to’g’risida

adabiyotlar sharhi.

Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko`ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo`linadi.


Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo`lib, issiqlik shu devor orqali o`tkaziladi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashqil topgan birta yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo`ladi, natijada bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali, g’ilofli, spiralsimon, qovurgali va boshqa turlarga bo`linadi.
Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng kullaniladi.

1-расм. Сиртий иссиқлик алмашиниш қурилмалари:
а)- оловли иссиқлик бериш ёрдамида ишлайдиган қовуриш қозони; б)- буғ кўйлакли автоклав; в)- деворига змеевик ўрнатилган қурилма; г) – змеевикли иситкич; д)-сузувчи камерали қобиқ трубали иссиқлик алмашиниш қурилмаси; е)-“труба ичида труба” типидаги иссиқлик алмашиниш қурилмаси; ж)-реброли (қовурғали) иситкич; з) спиралсимон иситкич; и) пластинали иссиқлик алмашиниш қурилмаси.


1.1.Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.

Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to`plamidan tashqil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan bo`ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo`shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo`shligi yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi boshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho`kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo`shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni samarali olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo`shligi ham ko`p hollarda bir necha yo`lli qilib tayyorlanadi.





2-расм. Қобиқ трубали иссиқлик алмашиниш қурилмалари.
а)- труба тўрлари қаттиқ маҳкамланадиган қурилма; б)- кўндаланг тўсиқли қурилма; в)-линза компенсаторли қурилма; г)- U симон иссиқлик алмашиниш қурилмаси; д)-W симон трубали иссиқлик алмашиниш қурилмаси; е) - сузувчи камерали қурилма; йўналтирувчи трубага сильфон конпенсаторли қурилма; з)- щтуцерига сальник ўрнатилган қурилма; и)- қобиғига сальник ўрнатилган қурилма; к)- кўндаланг трубали иссиқлик алмашиниш қурилмаси.

Bir yulli qobik-trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba turlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va zichlagich 8 dan iborat (3 - rasm).


Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko`p yo`lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo`lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo`lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam bo`ladi.
Ko`p yo`lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bo`lish uchun yoki muhit harakat yo`lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan truba turining orasiga ko`ndalang to`siqlar o`rnatiladi ( 4-rasm). Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil bo`lishi kerak. Ko`p yo`lli isitkichlarda bir yulli isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo`llarning soniga qarab proportsional o`zgaradi.
Kimyo sanoatida 4-6 yo`lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo`llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi murakkablashadi.
Qobik-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo`ladi. SHuning uchun qobiq trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) qo`zg’almas turli isitkichlar; 2) kompensatorli isitkichlar.
Qo`zg’almas turli isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar trubalar va qobiq o`rtasidagi temperaturalar farqi katta bo`lmaganda ( 50 S gacha) ishlatiladi.
Temperaturalar farqi 50 S dan katta bo`lganda trubalar va qobiqning har xil uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli (5- rasm, a) va U - simon trubali (3 -rasm, b) qobiq trubali isitkichlar ishlatiladi.
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o`rtasidagi bosim gacha bo`lganda ishlatiladi.
U - simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalarning uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o`zi bajaradi.



3- rasm. Bir yulli qobiq trubali isitkichlar:
1- qobiq; 2- truba turlari; 3 - trubalar; 4- qopqof; 5,6 - issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7- bolt; 8- qistirma.






5 - rasm. Temperatura yuqori bo`lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi qobiq-trubali isitkichlar:
a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali.



    1. Yüklə 184,22 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin