Mundarija kirish


axborot  so„zini  ma’lumot



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/79
tarix20.06.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#61884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
1-1800

axborot 
so„zini 
ma’lumot 
so„zidan 
farqlaymiz, 
Ya‟ni axborot so„zini 
umumiy 
tushuncha 
sifatida 
qabul 
qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa 
sifatlarini nazarda tutamiz. Ma‟lumotlar bazasini yaratishda, 
foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo„yicha tartiblashga va 
ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi.
Ma‟lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar
dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo„lishi mumkin. 
Ma‟lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma‟lumotlar 
bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga 
undan axborot olishini ta‟minlovchi maxsus dasturiy vosita, Ya‟ni 
ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan 
holda amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Ma‟lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma‟lum bir 
strukturaga ega, o„zaro bog„langan va tartiblangan ma‟lumotlar 
majmuasi bo„lib, u biror bir ob‟ektning xususiyatini, holatini yoki 
ob‟ektlar o„rtasidagi munosabatni ma‟lum ma‟noda ifodalaydi. MB 
foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma‟lumotlarni saqlash va 
ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. 
Ma‟lumki ma‟lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni 
katta hajmdagi ish bo„lib ko„p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan 
ishlashda undagi ma‟lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo„lishi, 
birinchidan foydalanuvchiga ma‟lumotlarni kiritish va qayta ishlash 
jarayonida undagi ma‟lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli 
ma‟lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni 
tug„diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma‟lumotlardan 
turli ko„rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli 
ko„rinishdagi ma‟lumotlardan zamonaviy kompьyuterlarda birgalikda 
foydalanish 
va 
ularni 
qayta 
ishlash 
masalasi 
hal 
qilindi. 
Kompьyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo„lgan 
muayyan tuzilmali fayl bo„lib, undagi ma‟lumotlar o„zaro bog„langan va 
tartiblangandir. 
Demak, ma‟lumotlar bazasi deganda ma‟lum bir strukturada 
saqlanadigan ma‟lumotlar to„plami tushuniladi. Boshqacha qilib 
aytganda MB - bu ma‟lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo„lgan 
ma‟lumotlarni o„z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo„lgan fayldir. 



Ma‟lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma‟lumotlarni 
tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma‟lum bir 
ob‟ekt sohasini ifodalaydi va uning ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi
ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma‟lumotlarni qayta ishlashda undan 
foydalanish imkonini yaratib beradi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin