Mundarija kirish


Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix20.06.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#61884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
1-1800

Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir.   
Ma‟lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy 
qismi bo„lib hisoblanadi. Ma‟lumotlar bazasidan foydalanish uchun 
foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma‟lumotlar bazasini 
boshqarish trizimlari yaratilgan. 
Ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va 
apparat vositalarining murakkab majmuasi bo„lib, ular yordamida 
foydalanuvchi ma‟lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi 
ma‟lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.



1-mavzu. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy 
tushunchalari 
Reja 
1. Ma‟lumotlar bazasi haqida tushuncha. 
2. Ma‟lumotlar bazasining asosiy tеrminlari. 
3. Ma‟lumotlar bazasiga qo„yiladigan talablar. 
4. Avtomatlashgan axborot tizimlari. 
Tayanch so’zlar: tizilmalashtirish, baza, texnologiya. 
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‟lumotlar bazasi (MB) kerakli 
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol 
o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik 
o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun MBga murojaat qilishga 
to`g`ri keladi. Demak, MBni tashkil qilish axborot texnologiyalarining 
eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani 
davr taqozasidir.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarini 
tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar 
insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining 
yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash, 
uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng 
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmoqda. Moliya, ishlab 
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa sohalarni ma‟lumotlar bazasisiz 
tasavvur qilib bo„lmaydi.
Ma‟lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, 
ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur 
tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat 
qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani 
hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan 
dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‟ektlari 
haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda 
ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real 
muhitning aniq ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin