Mundarija kirish



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/79
tarix20.06.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#61884
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
1-1800

Nazorat savollari 
1. Munosabotlar nima maqsadda normallashtiriladi? 
2. Munosabotlar atributlariga qanday talablar qo„yiladi? 
3. Funksional bog„lanish turlari ayting. 
4. 1 NF va undagi shartlar qanday? 
5. Qanday qilib 1 NFdan 2 NFga o`tiladi? 
6. Qanday qilib 2 NFdan 3 NFga o`tiladi? 
8-mavzu. SQL tili va SQL operatorlarini yozish 
Reja 
1. SQL tilining vazifalari. 
2. Interaktiv va qurilgan SQL. 
3. SQL tilida ma‟lumot toifalari va ular bilan ishlash. 


48 
4. SQL tilining komandalarini tuzilishi va sintaksisi. 
5. SQL tilining SELECT (tanlash) opеratori va uning paramеtrlari. 
Tayanch iboralar: SQL, SELECT, DISTINCT, DDL, DML, VAR, 
VARCHAR, FROM, WHERE, ORDER BY ,GROUP BY ,HAVING , 
UNION. 
Ma‟lumotlar bilan ishlash uchun mo„ljallangan MBBT ichki tili ikki 
qismdan tashkil topgan:

ma‟lumotlarni tasvirlash tili (Data Definition Language (DDL));

ma‟lumotlarni manipulyasiya qilish tili (Data Manipulation 
Language (DML)). 
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimida DDL tili ma‟lumotlar 
bazasi arxitekturasini tashkil etishda foydalaniladi va ma‟lumotlar bazasi 
tuzilmasini aniqlash va ma‟lumotlarga murojaatni boshqarish uchun 
mo„ljallangan.
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimida DML tili esa ma`lumotlar 
bazasida amallar bajarish va ma`lumotlarni qayta ishlash uchun 
foydalaniladi va ma‟lumotlarni ajratish va tiklash uchun mo„ljallangan.
Bu ichki tillar ma‟lumotlarni qism tillari va yuqori darajali 
dasturlash tillari deyiladi, chunki ularni tarkibida barcha hisoblarni 
bajarish uchun zarur bo„ladigan til kostruksiyalari bo„lmaydi (shartli 
o„tish amallari). 
Ma‟lumotlar bazasida ishlaydigan ixtiyoriy til foydalanuvchiga 
quyidagi imkoniyatlarni berishi kerak: 
- ma‟lumotlar bazasi arxitekturasi va tafsifini yarata olish; 
- ma‟lumotlarni manipulyasiya qilishni asosiy amallarini, jumladan 
jadvalga ma‟lumotlarni kiritish, o`zgartirish, o`cherish, tanlash va ularni 
takomillashtirish, jadvaldan ma‟lumotlarni olib tashlash; 
- oddiy va murakkab so„rovlar yaratish. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin