4
Kirish
Hozirgi kunda barcha sohalarda ma‟lumotlar bazasi
(MB) kerakli
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda
juda muhim rol
o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik
o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun, albatta,
MBga murojaat
qilishga majbur bo„lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv
texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga
aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot oqimlarining
tobora
ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar
insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining
yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash,
uzatish va qayta
ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmokda. Moliya, ishlab
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‟lumotlar
bazasisiz tasavvur qilib bo„lmaydi.
Ma‟lumki MB tushunchasi
fanga kirib kelgunga qadar,
ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur
tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki,
u faqat
qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani
hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan
dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‟ektlari
haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda
ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir
bir predmet sohasidagi real
muhitning aniq ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir. Predmet
sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun
o„rganilayotgan real muhitning ma‟lum bir qismi tushiniladi. Masalan,
korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o„quv yurti va boshqalar.
Shuni
qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni
hisobga
olmoq
zarur:
Birinchidan, ma‟lumotlar turi, ko„rinishi, ularni qo„llaydigan
programmalarga bog„liq bo„lmasligi lozim, Ya‟ni MBga yangi
ma‟lumotlarni kiritganda yoki ma‟lumotlar turini o„zgartirganda,
programmalarni
o„zgartirish
talab
etilmasligi
lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma‟lumotni
bilish yoki izlash uchun
biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni
5
tashkil etishda ma‟lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan
buyon
Dostları ilə paylaş: