7
1-mavzu. Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy
tushunchalari
Reja
1. Ma‟lumotlar bazasi haqida tushuncha.
2. Ma‟lumotlar bazasining asosiy tеrminlari.
3. Ma‟lumotlar bazasiga qo„yiladigan talablar.
4. Avtomatlashgan axborot tizimlari.
Tayanch so’zlar: tizilmalashtirish, baza, texnologiya.
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‟lumotlar bazasi (MB) kerakli
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol
o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik
o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun MBga murojaat qilishga
to`g`ri keladi. Demak, MBni tashkil qilish axborot texnologiyalarining
eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani
davr taqozasidir.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarini
tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar
insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining
yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash,
uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmoqda. Moliya, ishlab
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa sohalarni ma‟lumotlar bazasisiz
tasavvur qilib bo„lmaydi.
Ma‟lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar,
ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur
tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat
qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani
hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan
dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‟ektlari
haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda
ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real
muhitning aniq ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir.
Dostları ilə paylaş: