Mundarija kirish



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/79
tarix20.06.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#61884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
1-1800

Ma’lumotlar bazasi – bu ma‟lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan 
ma‟lumotlarning 
nomlangan 
to„plami 
bo`lib, 
kompyuter xotirasiga yozilgan ma‟lum bir strukturaga ega, o„zaro 



bog„langan va tartiblangan ma‟lumotlar majmuasi bo„lib, u biror bir 
ob‟ektning xususiyatini, holatini yoki ob‟ektlar o„rtasidagi munosabatni 
ma‟lum ma‟noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan 
ma‟lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma‟lumki ma‟lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni 
katta hajmdagi ish bo„lib ko„p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan 
ishlashda undagi ma‟lumotlarning aniq bir strukturaga ega bo„lishi, 
birinchidan foydalanuvchiga ma‟lumotlarni kiritish va qayta ishlash 
jarayonida undagi ma‟lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli 
ma‟lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug„diradi. 
MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma‟lumotlardan turli 
ko„rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli 
ko„rinishdagi ma‟lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda 
foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda 
saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo„lgan muayyan tuzilmali fayl 
bo„lib, undagi ma‟lumotlar o„zaro bog„langan va tartiblangandir. 
Demak, ma‟lumotlar bazasi deganda ma‟lum bir strukturada 
saqlanadigan ma‟lumotlar to„plami tushuniladi. Boshqacha qilib 
aytganda MB - bu ma‟lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo„lgan 
ma‟lumotlarni o„z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo„lgan fayldir.
Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma‟lumotlarni 
tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma‟lum bir 
ob‟ekt sohasini ifodalaydi va uning ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi, 
ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma‟lumotlarni qayta ishlashda undan 
foydalanish imkonini yaratib beradi. 
Ma‟lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy 
qismi bo„lib hisoblanadi. Ma‟lumotlar bazasidan foydalanish uchun 
foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma‟lumotlar bazasini 
boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‟lumotlar bazasini 
amaliy dasturlardan ajratadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin