Mundarija kirish


Umumrivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 497,88 Kb.
səhifə7/11
tarix19.12.2022
ölçüsü497,88 Kb.
#76295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rustamov Xurshid Siddiq o‘g‘li

Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Umumrivojlantiruvchi mashqlar – tananing alohida qismlarining harakati yoki bu harakatlarni qo‘shilmasi bo‘lib, turlicha tezlikda, amplitudada va muskullarning zo‘riqish darajasi turlicha tarzda bajariladi. Bu mashqlar jismoniy sifatlarni tarbiyalash, to‘g‘ri qomatni shakllantirish va o‘quvchilarni yanada murakkabroq harakat elementlarini, ko‘nikmalarini egallashga tayyorlash maqsadida qo‘llaniladi. Tananing alohida qismlari va muskullar guruhiga tanlab-tanlab ta’sir ko‘rsatish (ko‘pincha) uchun ham foydalanish mumkin. Shuning uchun mashqlarni kvalifikatsiyalash asosiga anatomik belgi qo‘yilgan: qo‘llar va yelka kamari, tana va bo‘yin, oyoq muskullari, butun tana muskullari uchun.
Bundan tashqari barcha mashqlar kuch, egiluvchanlik, harakatlar tezkorligi, epchillik, muskullarni bo‘shashtirish qobiliyatini tarbiyalash, to‘g‘ri qomatni shakllantirish mashqlariga bo‘linadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlar majmuasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Majmuaga kiritiladigan mashqlar o‘quvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish kerak. Shu maqsadda ular tanasining turli qismlari bilan, turli yo‘nalishda, o‘zgaruvchan tezlikda va muskullarni turlicha kuchantirgan holda bajariladi. Majmuadagi mashqlarni gigiena gimnastikasi uchun 1 tadan 15 tagacha, jismoniy tarbiya (gimnastika) darsining tayyorlovchi qismi uchun 10-15 tagacha, atletik gimnastika uchun 15 dan ortiq bo‘lishi mumkin.
Ertalabki gimnastika – majmuasining mashqlarini quyidagi ketma-ketlikda bajarish tavsiya etiladi:

  • Qo‘l-oyoqni yozish mashqlari (umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilash va qomatning to‘g‘rilanishini his qilish);

  • Butun organizmning funksional faoliyatini yaxshilash uchun umumiy ta’sir qiluvchi bir-ikkita mashq (tana, oyoqlar muskullarining katta guruhi ishtirok etadi);

  • Turli guruh muskullari uchun mashqlar turlari, bunda tananing turli qismlari ketma-ket jalb qilinadi va jismoniy yuklanish sekin-asta orttirib boriladi;

  • Tananing barcha qismlari uchun jadal mashqlar (sakrash, yugirish, tez-tez o‘tirib turish);

  • Yurish va yugurish;

  • Muskullarni bo‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari.

Kundalik gimnastika suvli muolajalar, o‘z-o‘zini massaj qilish bilan tugallanadi.
Jismoniy arbiya dasturiga mos ravishda ertalabki gimnastika odatda, ochiq havoda (chidamlilik va yugurish mashqlari) bilan o‘tkaziladi.
Gimnastikaning umumiy davomiyligi 30 daqiqagacha cho‘zilishi mumkin.

Yüklə 497,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin