Mundarija kirish



Yüklə 497,88 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2022
ölçüsü497,88 Kb.
#76295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rustamov Xurshid Siddiq o‘g‘li


MUNDARIJA
KIRISh......................................................................................................................2
I.BOB. FUTBOLChILARNING EGILUVChANLIK VA ChAKKONLIK SIFAT-LARINI TAKOMILLAShTIRIShDA GIMNASTIKANING O’RNI ……………..5
1.1. Futbolchilar chidamliligini tarbiyalashning interval uslubi………………….5
1.2.Chaqqonlik va epchillikni tarbiyalash xususiyatlari……………………….….10
II.BOB. FUTBOLCHILARNI SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA GIMNASTIKANING O’RNI………………………………………………………..…12
2.1. Akrobatik mashqlar va umumiy rivojlantiruvchi mashklar…………………..12
2.2.O‘smir yoshlar uchun taxminiy ertalabki gimnastika mashqlari……………..16
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….....31


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda amalga oshirilayotgan jismoniy madaniyatni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sog‘lom - ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov “Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak, Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘liqni emas balki sharqona odob-ahloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”, -deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-yig‘ilishidagi ma’ruzasida. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog‘lom, hushchaqchaq har tomonlama jismonan rivojlangan mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan qo‘riqchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida so‘zlagan nutqlarida alohida ta’kidlab o‘tganlar: “Biz asrimizning kelajagi avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus halqaro jamg‘arma tuzdik. Sog‘lom avlod deganda biz faqat baquvvat farzandlarimizni emas balki ma’naviy boy avlodga ega bo‘lgan halqni tushunishimiz kerak. Bunday halqni hech kim hech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz kerak”.
Jismoniy madaniyat komil insonni tarbiyalashdek muqaddas vazifani bajarishda barcha o‘quv yurtlari ta’lim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat irodali chaqqon vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini O‘zbekiston Respublika “Talim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” hamda “O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 24-oktabrdagi PF-31-54-sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” 1to‘g‘risidagi farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarni samarali bajarish uchun bolalarni eng kichik yoshdan boshlab jismoniy-tarbiya bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin. O‘zbekistonda Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to‘g‘risida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim muhim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda Respublika jismoniy – tarbiya va sport qo‘mitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test savollari joriy etilishi haqidagi qo‘shma qarori va ularda belgilangan vazifalar Respublika Oliy va O‘rta Maxsus kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talaba va o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportni jahon standartlari talablari darajasida rivojlantirish hamda uning faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi masalalarni hal qilish zarurligini taqozo etmoqda va uni chora tadbirlarini amalga oshirish yo‘llarini aniq va ravon ko‘rsatib berdi. Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport mashg‘ulotlarini tashkil qilishning halqaro andozalarini yetakchi murabbiylarning ish tajribalari bilan davr talablari asosidagi faoliyatlari izchillik bilan o‘rganilmoqda. Yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari sport klublarining faoliyati jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlarini diqqat markazida turibdi.
Sportchilarimizning halqaro sport maydolaridagi erishayotgan yutuqlari, ayniqsa mahalliy millat xotin-qizlarining sportda jahonga tanilishiga, bu bilan esa yurtimiz shon-shuxratini oshirishdagi say-harakatlari Vatanimizning bevosita g‘amxo‘rligining ulug‘vor natijasidir. Bu jihatlarda ilmiy xodimlar va murabbiylarning o‘zaro hamkorliklarini ta’minlashni davr talab qilmoqda.
Yuqoridagi amaliy tadbirlarni ta’kidlashdan maqsad shundanki, ularni tashkil qilish, amaliy va nazariy jihatdan tashkil qilish asosida faoliyat ko‘rsatishni ko‘pincha ilmiy xodimlar tajribali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib boriladi. Shu sababdan ilmiy tadqiqotlar tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatib kelayotgan mutaxassislarni ishga olish maqsadga muvofiqdir. 2
Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko‘pgina tadqiqotchilar shularida va ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan (N.A.Belyaev, E.A.Sergiev, A.M.Nuraliev, Chan Suan Dong, Ye.V.Fomin, M.I.Popichev va boshqalar).
Mavzuning vazifasi: futbolchilarning o‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan beligilanadi: tezkorlik – kuchlilik tayyorgarliligi va tayyorgarlikning aralash omili.
Ta’kidlash lozimki, jismoniy tarbiya va sportning ilmiy va ijtimoiy pedagogik xususiyatlari hamda uning tarbiyaviy mohiyatlarini yurtimiz olimlari tomonidan ijobiy ravishda mukammal asoslab bergan.

Yüklə 497,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin