1.2.Chaqqonlik va epchillikni tarbiyalash xususiyatlari. Dastlabki tayyorgarlik va boshlang‘ich sport ixtisos-lashuvi bosqichlarida chaqqonlik va epchillik tarbiyalash koordinatsiyasiga ko‘ra murakkab bo‘lgan harakat amallarini muvaffaqiyatli egallab olish uchun asos yaratadi. Bu o‘yinda harakatli o‘yinlar, to‘p bilan bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari, uncha murakkab bo‘lmagan to‘siqlar osha yugurish, sakrash, kichikroq balandlikda muvozanat saqlash mashqlari tipik mashqlardir.4 Yugurib ketayotib birdan to‘xtash, burilish, yo‘nalishni o‘zgartirish va tezlikda bajarish talabi kabi qo‘shimcha topshiriqlar bilan bajariladigan mashqlar katta ahamiyatga ega.
Mushaklarning tabiiy elastikligini va bo‘g‘inlardagi harakatchanlikni keng ko‘lamda yengil harakatlar qilish bilan bajariladigan mashqlar yordamida (epchillikning optimal me’yorini saqlagan holda) saqlab turish kerak.
Jiddiy mashg‘ulot qilish va takomillashuv bosqichlarida mashqlarni yangilash va o‘zgartirish, ularni yangi, ancha murakkab sharoitlarda bajarish maqsadga muvofiqdir. Sport o‘yinlari (basketbol, gandbol, xokkey) alohida ahamiyat kasb etadi.
Epchillikni tarbiyalashda predmetlarsiz hamda yengil predmetlar bilan (bular keng ko‘lamda bajariladi) bajariladigan mashqlardan, bo‘g‘inlar va paylarni mustahkamlaydigan mashqlar bilan qo‘shib bajariladigan epchillik mashqlaridan, shuningdek, mushaklarni bo‘shash-tirishga oid mashqlardan foydalaniladi.
17-18 yoshli futbolchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ikki-uchta yengil prujinasimon sapchish bilan tugallanadigan, harakatning to‘liq amplituda bilan bajariladigan (juft-juft bo‘lib va og‘irliklar bilan) yetarlicha samarali bo‘lgan maxsus chaqqonlik mashqlari qo‘llaniladi. Ko‘p yillik mashg‘ulotning barcha bosqichlarida texnik usullar va taktik harakatlarga o‘rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi. Maqsadga muvofiq texnikaning barcha tomonlarini biomexanika qonunlaridan foydalanish asosida va shug‘ullanuvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda puxta o‘zlashtirish o‘yin faoliyatining murakkab sharoitlarida texnikaning muvaffaqiyatli qo‘llanishini oldindan belgilab beradi. Mukammal o‘yin ko‘nikmalarining shakllanishi yosh futbolchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligiga asoslanadi.
Yosh futbolchilarni o‘qitish va ularning malakalarini takomillashtirish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o‘yin, musobaqa uslublari, ko‘rsatmalilikni ta’minlash, og‘zaki nutqdan foydalanish, xatolarni tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslublar bir-biri bilan yaqindan bog‘liq holda qo‘llaniladi. Biroq ulardan foydalanishning foizli nisbati ko‘pgina omillarga: o‘qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug‘ullanuvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.