Mundarija kirish


Futbolchilarni tayyorlashda gimnastik anjomlarda bajariladigan mashqlar



Yüklə 497,88 Kb.
səhifə8/11
tarix19.12.2022
ölçüsü497,88 Kb.
#76295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rustamov Xurshid Siddiq o‘g‘li

2.2. Futbolchilarni tayyorlashda gimnastik anjomlarda bajariladigan mashqlar
Futbolchilarni jismoniy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan, gimnastik anjomlar bilan bajariladigan mashqlar statik va dinamik turlarga bo‘linadi. Birinchisi statik mashqlarni va kuch bilan ko‘chishlarni o‘z ichiga oladi.
Statik mashqlar - bu qo‘zg‘almas holatlar, yahni o‘quvchilar u yoki bu gimnastik anjomlar bilan bajariladigan osilishlar va tayanishlardir.
Kuch bilan ko‘chishlar - bu bir statik holatdan boshqasiga sekin – asta o‘tish, masalan: tortilish, osilishga tushish, osilishdan osilishga kuch bilan engashib o‘tish, osilishdan osilishga orqa tomondan o‘tish, engashib, kuch bilan tayanchga ko‘tarilish va boshqalar.
Dinamik – siltash mashqlari o‘quvchi tanasini doira bo‘lib (aylanishlar) yoki uning qismlarini (siltashlar, ko‘tarishlar, sakrashlar) ko‘chirishdan iborat.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun gimnastika bo‘yicha dasturning o‘quv materiali bu mashqlarning uchta asosiy kichik guruhidan iborat: oldinga siltovchi harakatlar (doira bo‘ylab burilish, engashib osilish sakrash va boshqa).
orqaga siltovchi harakatlar (doira bo‘ylab aylanish, qo‘llarni bukish, ko‘tarilish, yoki sakrash va b.q.);
bukilgan holda harakatlar (bukilgan holda ko‘tarilish, bir qo‘lga tayanib ko‘tarilish; oyoqlar orasini ochib, orqadan ikki qo‘lga tayangan holda ko‘tarilish va boshqa).6
Past – baland turniklarda bajaraladigan mashqlar
Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan, turnikda bajariladigan mashqlar o‘z tuzilishi va bajarish qiyinligiga ko‘ra turli-tumandir. Bular asosan, dinamik xususiyatga ega bo‘lgan mashqlar. O‘quvchilardan bir qator harakatlarni va nihoyat muskullar kuchini minimal sarflab, inersiya kuchidan to‘g‘ri foydalanish malakasini egallash talab qilinadi. Turnikda bajariladigan siltovchi mashqlarda avvalo texnik jihatdan to‘g‘ri texnik qomat bo‘lishiga, yahni mashqning barcha hal qiluvchi fazalarida gavda va uning barcha qismlarining holati to‘g‘ri bo‘lishiga erishishi kerak. Turnikda bajariladigan ko‘pgina mashqlar bajaruvchidan fazo va vaqtda to‘g‘ri yo‘nalish ola bilishi, harakatlarni nozik muvofiqlashtirishni, shuningdek, dovyuraklik va qathiyatlikni talab qiluvchi, fazoda gavdani murakkab ko‘chirish bilan bog‘liq. Turnikda bajariladigan mashqlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun, boshqa anjomlardagi kabi o‘rganiladigan elementlar texnikasini yaxshi bilish zarur. Shuning uchun ham mashg‘ulotlarda o‘qituvchi ko‘rsatganlarini va tushuntirishlarini aniq eslab qolish, jismoniy yordam ko‘rsatish va himoyalash usullarini o‘zlashtirib olish muhim.
Turnikda bajariladigan mashqlarni bajarishda odatda mahkam tutishlardan faydalaniladi (snaryadni ushlash usullari): yuqoridan tutish, pastdan tutish, har xil tutish, chalishtirib tushish. Turnikda bajariladigan asosiy elementlar quyida bayon qilinadi:

Yüklə 497,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin