Mundarija kirish



Yüklə 497,88 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2022
ölçüsü497,88 Kb.
#76295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rustamov Xurshid Siddiq o‘g‘li

Mavzuning maqsadi. Futbolchilarning egiluvchanlik va chakkonlik sifatlarini takomillashtirishda gimnastika mashklarining axamiyatli tomonlarini yoritib berish.
Ushbu maqsadga erishish qo‘yidagi vazifalar yordamida amalga oshiriladi.

  1. Futbolchilarni umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasini aniqlash

  2. Futbol mashgulotlarida gimnastika mashklaridan foydalanish

  3. Tugaraklarda futbolchilarni tayyorlash yo‘nalishga muvofiq qiladigan harakatli o‘yinlarni tasniflash.

Mavzuning ilmiy yangiligi: Yosh sportchilarni tugaraklarida futbol sport turiga tanlab olishda ularning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jismoniy qobiliyatlari aniqlanadi. Yillik siklda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun berilgan mashqlar orqali ularning jismoniy tayyorgarligi va qobiliyatlari yaxshilanadi.
Mavzuning uslublari:
-Ilmiy adabiyotlar va manbaldarni tahlil etish.
-Ilmiy uslubiy adabiyotlarni va tajribalarni umumlashtirish.
-Pedagogik kuzatishlar.
-Rejalashtirish va nazorat hujjatllar tahlili.
-Jismoniy mashqlarni rivojlantirish mashqlar tanlash.


I.BOB. FUTBOLCHILARNING EGILUVCHANLIK VA CHAKKONLIK SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA GIMNASTIKANING O’RNI .
1.1. Futbolchilar chidamliligini tarbiyalashning interval uslubi
Epchillik – bu murakkab kompleks sifat bo‘lib, uni baholash uchun yagona mezon topish qiyin. V.A. Zatsiorskiyning fikricha, quyidagilar epchillikni o‘lchash imkonini berishi mumkin: vazifalarning murakkabligi, uning aniq va o‘z vaqtida bajarilishi (futbolda bu vaqt vaziyatni o‘zgartirishdan to javob harakati boshlangan daqiqagacha bo‘lgan eng kam vaqtdir).
Futbolchilarning chaqqonligi avvalo futbol maydonida doimo o‘zgarib turuvchi vaziyatda to‘pni olib yurganda keyin to‘psiz qilgan harakatlarda namoyon bo‘ladi. To‘pni olib yurish, kimga uzatishni tanlash va to‘p tepish o‘yinchidan juda keng koordinatsion imkoniyatlarni ko‘rsatishni talab etadi. Agar bunga futbolchilarning harakat va texnik faoliyati yakkama-yakka olushuvlar va turli dastlabki holatlar asnosida o‘tishini (o‘zidan oshirib urish, dumalatib urish, sakrab turib bosh bilan urib yuborish va hokazolar), o‘yin shart-sharoitining doimo o‘zgarib turishini (yomg‘ir, issiq, o‘tli, yerli maydon, tabiiy va sun’iy ravishda yoritilish) ham qo‘shadigan bo‘lsak, unda o‘yin faoliyatining samarali bo‘lishi uchun rivojlangan epchillik sifatlari futbolchi uchun qanchalik muhim ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir. Usullarni qay darajada tez, aniq va o‘z vaqtida bajara olishi o‘yinchining o‘zidagi harakatlantiruvchi apparatni boshqara olishi va harakat qobiliyatining rivojlanishi darajasiga bog‘liqdir.
Epchillik sifatlarini takomillashtirishda rang-barang yangi harakatlar turkumini egallab olish kerak, shundagina ma’lum malakalar bazasida noma’lumlari oson o‘zlashtiriladi. 3
Sport nazariyasida «ekstrapolyatsiya», ya’ni (ma’lum harakat malakalariga asoslanib) to‘satdan paydo bo‘lgan sharoitga javob harakatini darhol tuza olish qobiliyati tushunchasi keng qo‘llaniladi. Futbolda oshirib tepish bu tushunchaga misol bo‘la olishi mumkin. Odatda, mashg’ulot chog‘ida bu elementga ko‘p e’tibor berilmaydi. Biroq, boshqa chora qolmagan vaziyatlarda futbolchilar ko‘pincha o‘zidan oshirib tepishni qo‘llaydilar.
O‘yinchilarda boshqa harakat malakalari turkumi serob bo‘lganligi uchun yuzaga kelgan vaziyatga bog‘liq holda bu harakatdan foydalanishlari mumkin.
Shaxsning koordinatsion imkoniyatlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, tatbiq qilish ham shunchalik yuqori darajada bo‘ladi. Tabiiyki, muvofiqlashtirish imkoniyatlarining ko‘pchiligi bolalik va o‘spirinlik yoshlarida yaratilishi kerak. Bu gapdan malakali futbolchilarda epchillikni rivojlantirib va takomillashtirib o‘tirishning hojati yo‘q ekan-da, degan ma’no chiqmaydi. Biroq, shuni esda tutish lozimki, epchillikni o‘rgatish qiyin, chunki u har kimning o‘ziga xos sifatdir. Futbolchining mashg’ulot paytida to‘pni oyoq bilan, bosh va gavda bilan ming ohangga solib o‘ynatishini, o‘yin chog‘ida uning eng oddiy vaziyatlarda nochor ahvolda bo‘lib qolishini ko‘p kuzatish mumkin. Shunga ko‘ra, epchillikni shunday vositalar yordamida rivojlantirish ma’qulki, ular futbolchilarning o‘yin faoliyatida «orttir-gan» malakalari ko‘magida foydalanish imkonini bersin.
O‘yinchilarda muvofiqlash imkoniyatlarini yaxshilashga akrobatika, chang‘ida to‘siqlardan o‘tish, suv chang‘isida suzish, batutdagi sakrash, harakatli va sport o‘yinlari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqt kam bo‘lgan sharoitda va muntazam o‘zgarib turuvchi vaziyatda texnik mahoratni oshirishga qaratilgan mashqlar epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda analizatorlar faoliyatining ahamiyati kam emas. Sportchilarda harakatni aniq ilg‘ab olish va yana uni qaytadan bajarish qobiliyati qanchalik yuqori bo‘lsa, yangi malakalarni shunchalik yaxshi egallab oladilar. Epchillikni takomillashtirish uchun shunday mashqlar zarurki, ular harakat, vestibulyar apparatlari, ko‘rish analizatorlariga teppa-teng ta’sir etsin.
Agar futbolchilarning epchilligini belgilovchi harakatlarga diqqat bilan qaraydigan bo‘lsak, bu harakatlar sportchilarning kuchini vaqt va joy vaziyatiga moslashtira bilish qobiliyatini talab qilishini payqash mumkin. Boshqacha aytganda, epchillik harakatlari muayyan qisqa vaqt oralig‘ida harakatni joyida aniq bajartirish uchun paydo bo‘ladigan tezkor kuchni talab qiladi. Demak, epchillik deb kuch va tezkorlikni uyg‘unlashganiga aytilar ekan. Epchillikni tarbiyalashda, xuddi kuch va tezkorlikni tarbiyalagan paytdagidek, kishi tezda toliqadi va buni unutmaslik kerak. Shu bilan birga, epchillikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish mushaklar harakati aniq bo‘lishini talab qiladi, toliqish paytidagi mashqlar kam samara beradi. Shuning uchun epchillikni tarbiyalashda, xuddi tezkorlik va kuchni tarbiyalagan paytdagidek, organizm yana qayta batamom tiklanib olguncha, muayyan vaqt oralig‘ida dam olishni tashkil qilish lozim. Mashqlar oldingi mashg‘ulotdan toliqish asorati deyarli qolmagan vaziyatlarda bajariladi.
Futbolchilarda «portlovchi» kuchni, tezkorlikni va epchillikni hosil qilish qiyin ish, shuning uchun bu sifatlarni sportchi butun sport hayoti davomida tarbiyalab borishi zarur. Ularning tarbiyalanib borishiga alohida diqqat bilan qarash kerak, chunki futbolchi o‘yin faoliyatining samarasini belgilaydigan sifatlar xuddi ana shulardir.
Bu uch o‘ziga xos jihat ko‘rsatilgan sifatlarni yagona qilib birlashtiradi va ularni bir mashg‘ulotda bir vaqtning o‘zida kompleks ravishda takomillashtiradi.

Yüklə 497,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin