ASOSIY QISM Indekslar to'g'risida tushuncha va ularning turlari……….4
Yakka (individual) va umumiy (agregat) indekslar……...8
O’rtacha indekslar va miqdor ko'rsatkichlari indekslari…19
Sifat ko'rsatkichlari indekslari…………………………..21
Bazisli, zanjirsimon va xududiy indekslar………………23
XULOSA……………………………………………………...26
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..27
KIRISH
Statistik tahlil etish uslublarining ichida indeks uslubi eng asosiy o’rinni egallaydi.
Indeks so’zi lotincha «index» atamasidan olingan bo’lib «belgi», «ko’rsatkich» ma’noni anglatib, ular iqtisodiy xodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim qurol bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy indekslar nisbiy ko’rsatkich bo’lib, ular u yoki bu xodisa miqdorini ifodalamaydi, balki unga qiyosiy tavsifnoma beradi. Iqtisodiy indekslar o’rganilayotgan xodisa hajmini «Qanday»? degan savolga emas, balki o’rganilayotgan xodisaning bir miqdori bilan uning ikkinchi miqdorini solishtirish nisbati «Qanday»? degan savolga javob beradi.
Iqtisodiy indekslar nisbiy ko’rsatkichlar bo’lsa-da, ammo har qanday nisbiy miqdorni indeks deb atash mumkin emas. Chunki faqatgina iqtisodiy xodisalarning vaqt bo’yicha o’zgarishini ifodalaydigan ko’rsatkichlargina iqtisodiy indekslar bo’lib hisoblanadi.
Demak, iqtisodiy indekslar yordamida turli xil hisoblangan ko’rsatkichlarga tavsifnoma berish mumkin: ekilgan maydonlarning hajmi o’zgarishini, xosildorligi, sotish baholari, bir birlik maxsulot tannarxi, ishlovchilar soni, mehnat unumdorligi, ish haqi darajasining o’zgarishi va hokazo.
II. ASOSIY QISM 2.1. Indekslar to'g'risida tushuncha va ularning turlari Odatda indeks atama o'zgarishlarning xususiyatlarini umumlashtirish uchun ishlatiladi. Statistikada indeks hodisaning vaqt, makondagi kattaliklarining nisbatini yoki haqiqiy ma'lumotlarni har qanday standart (reja, prognoz, standart va boshqalar) bilan solishtirishni ifodalovchi nisbiy qiymatga ishora qiladi.
Bu ko’rsatkichlar xilma-xil bo’lishiga qaramay ularni ikkita guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Bu ko’rsatkichlarning bir qismi hajmli (miqdoriy) ko’rsatkich bo’lib, bu ko’rsatkichlarni qo’shish orqali (ishlab chiqarilgan maxsulotning qiymati, ekilgan maydonning miqdori, ishlovchilar soni va hokazo) o’rganilayotgan xodisaning mutlaq (absolyut) darajalarini ifodalash mumkin. Bu ko’rsatkichlarning qolgan qismini esa biron-bir birlik ko’rsatkichga nisbatan hisoblangan bo’lsa-da, shartli ravishda sifat ko’rsatkichi deb ifodalash mumkin (sotish bahosi, xosildorlik, ish haqi darajasi, chorva mollarning mahsuldorligi va hokazo).
Shu guruhlarga bo’lishdan kelib chiqqan holda, hajmli (miqdoriy) ko’rsatkichlarni hajmli (miqdoriy) indeks ko’rsatkichlari, sifat ko’rsatkichlarini esa sifat indeks ko’rsatkichlari deb yuritiladi. To’plamdagi elementlarning o’rganilishiga qarab, iqtisodiy indekslar quyidagi guruhlarga bo’linib o’rganiladi:
Yakka (individual) indekslar – u yoki bu to’plamning elementlarini o’rganib, nisbiy tavsifnoma beradi.
Umumiy indekslar – u yoki bu to’plamga to’liq tavsifnoma beradi.
Guruhli (subindekslar) – u yoki bu to’plamning faqat bir elementlarni emas, balki shu to’plamdagi bir necha elementlarga to’laligicha tavsifnoma beradi.
Masalan, qishloq xo’jaligi tarmog’ida 2003 yilda ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatini 2002 yilda ishlab chiqarilgan maxsulot qiymati bilan taqqoslash uchun umumiy indekslardan foydalanilsa, o’simlikchilik yoki chorvachilik tarmog’ida shu ikki davrdagi o’zgarishni aks ettirish uchun guruhli indekslardan foydalanilsa, o’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarilgan har bir maxsulot turi bo’yicha shu ikki davrdagi o’zgarishini aks ettirish uchun esa yakka (individual) indekslardan foydalaniladi.Demak, yuqorida ta’kidlab o’tilgan indekslardan foydalanish orqali statistik tahlil etish katta iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Chunki bu indekslar orqali qishloq xujiligi ishlab chiqarishning tarkibini guruhlash uslubini qo’llash orqali umumiy qonuniyatlar aniqlanib, shu tarmoqni yanada rivojlantirish imkoniyatlari o’rganilib chiqiladi. Hozirgi kunda indeks uslubi statistikada asosiy o’rinni egallab kelsa-da, lekin ayrim muammoli masalalar hozirgi kunga kelib ham oxirigacha yechilmagan. Masalan, umumiy baho indeks formulasi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilingan va ushbu indekslar shu ko’rinishda qo’llanilib kelinmoqda.
Shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, yakka (individual), umumiy va guruhli indekslarga bo’lish qisman shartli bo’lib, konkret sharoitga bog’liqdir. Muayyan sharoit o’zgarsa, indeksning tavsifi ham o’zgaradi. Ularni hisoblashda hamma vaqt ikki davr qatnashadi, biri joriy (hisobot) davr, ikkinchisi esa o’tgan (bazis) davr (ayrim xollarda rejali davr ham qatnashishi mumkin).
Joriy (hisobot) davr deb – indekslashtirilayotgan xodisaning solishtirilayotgan darajasi tushuniladi va uni «1» satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. Bu davr indeks munosabatining faqat suratida joylashadi.
O’tgan (bazis) davr deb – xodisaning taqqoslash asosi qilib olingan darajasi tushuniladi va uni «0» satr osti ishorachasi orqali ifodalanadi. Bu davr indeks munosabatining faqat maxrajida joylashadi.
Iqtisodiy indekslar nisbiy ko’rsatkich bo’lganligi uchun koefisiyent ko’rinishida (bazis darajasi 1,0 ga teng deb olinadi) yoki foizda (bazis davri 100,00 % ga teng deb olinadi). Agarda hisoblangan indeks natijasi 1.0 (yoki 100,00 %) dan ortiq bo’lsa, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisaning o’sishini ko’rsatadi, agarda hisoblangan indeks natijasi 1.0 (yoki 100,00%) dan kam bo’lsa, o’rganilayotgan ijtimoiy xodisaning pasayishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy indekslarni tuzishda hozirgi kunda qabul qilingan quyidagi shartli belgilar qo’llanib kelinmoqda:
q1 va q0 - joriy va bazis davrdagi ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori;
P1 va P0 - shu davrlardagi ishlab chiqarilgan maxsulotning sotish (kelishuv yoki shartnoma) bahosi;
Z1 va Z0 - shu davrlardagi ishlab chiqarilganmaxsulot birligining tannarxi;
t1 va t0 - shu davrlardagi ishlab chiqarilganmaxsulot birligi uchun ketgan mehnatsarfi (kishi-soat, kishi-smena, kishi-kun va hokazo);
T1 va T0 - shu davrlardagi maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami mehnatsarfi (kishi-soat, kishi-smena, kishi-kun va hokazo);
i - yakka indeksning belgisi;
J - umumiy indeksning belgisi;
- yig’indisi;
Yuqoridagilarga asosan, iqtisodiy indekslarning eng asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Murakkab to’plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o’rtacha o’zgarishi aniqlanadi;
Murakkab to’plamlar bo’yicha shartnoma va davlat buyurtmalarining o’rtacha bajarilish darajasi hisoblanadi;
Murakkab to’plamlarning turli obyekt yoki hududlar miqyosidagi o’zaro nisbatlari aniqlanadi;
Murakkab to’plamlar o’rtasidagi bog’lanish kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi va hokazo.