Mundarija uzcard bankomatlarida humo plastik kartalariga xizmat koʻrsatish 28 12- ilovalar



Yüklə 2,84 Mb.
səhifə3/6
tarix16.09.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#144143
1   2   3   4   5   6
Amaliyot

Bankning ustav kapitali.

  • Bankning ustav kapitali O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag’laridan tashkil topadi.Bank o’z aksiyalarini O’zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga,resident va norezidentlariga sotish huquqiga ega.Bank tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo’ladi.Bank ustav kapitali O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan eng kam miqdordan kam bo’lishi mumkin emas.

    Bugungi kunga kelib Qishloq qurilish bankining ustav kapitali 1 855
    180 101 897 .00 ( bir trillion sakkiz yuz ellik besh milliard bir yuz sakson million bir yuzi bir ming sakkiz yuz to’qson yeti) so’mni tashkil etadi.
    Jumladan:
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi- 74.45.
    O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi- 23.89%.
    2400- yuridik shaxslar
    3824- yakka tartibdagi aktsiyadorlar.
    Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
    - ustav kapitali bankning fondlari va o’z mablag’lari ;
    - bank mijozlari hisobraqamlarida bo’sh turgan pul mablag’lari, shu jumladan omonotlar;
    - boshqa fond va banklarning, xorijiy xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar kredit va qarzlari ;
    - imzolangan shartnoma kelishuvlarga muvofiq jalb qilingan tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablag’lari;
    - qimmatli qog’ozlar chiqarish natijasida olingan mablag’lar.
    Qishloq qurilish bankining bir qancha hamkorlari bor:
    Xalqaro moliya institutlari va chet el banklari bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ATB “Qishloq qurilish bank”ning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Bankning vakillik munosabatlari, banklararo operatsiyalar va savdoni moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyatida ishonchli hamkorlari qatoriga Germaniyaning “Commerzbank AG” hamda Rossiyaning ATB “Promsvyazbank”, ATB “Russlavbank”, ATB “Aziya-Invest bank” va ATB “Novikombank” kiradi.
    Bankning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan qishloq joylarda na’munaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki (OTB – 425,5 mln. AQSh dollari) , Islom taraqqiyot bank (ITB – 100,0 mln. AQSh dollari), Saudiya taraqqiyot jamg’armasi (STJ – 60,0 mln. AQSh dollari) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit liniyalari jalb qilingan. Bugungi kenga kelib mazkur davlat dasturi doirasida qo’shimcha mablag’larni jalb qilish maqsadida bank tomonidan OTB va Xitoy Eksimbanki bilan muzokaralar olib borilmoqda. 
    Xalqaro pul o’tkazmalari tizimida bank tomonidan Western Union, MoneyGram, Zolotaya Korona, Asia Express va CONTACT tizimlari taklif qilib kelinmoqda. Shuningdek, Rossiyaning “Anelik RU” va Janubiy Koreyaning “Keb Hana” banklari bilan yangi pul o’tkazma tizimlarini yo’lga qo’yish bo’yicha ish tashkil qilingan.
    Bank o’z moliyaviy, ho’jalik faoliyati davomida quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi :
    O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi; 
     “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan sho’ba injiniring kompaniyasi; 
     “Qishloq qurilish loyiha” loyiha-qidiruv instituti; 
     O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat Targ’ibot markazi; 
     “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi; 
     “O’zagrosug’urta” Aktsiyadorlik jamiyati; 
     O’zbekiston matbuot va axborot agentligi; 
     “Ahbor-reyting” Reyting Agentligi; 
     O’zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi; 
    “Norma-hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
    O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi;
    Investitsiya loyihalari hujjatlarini tayy`orlashni moliyalashtirishda ko’maklashish fondi;
    Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi;
    Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi;
    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki;
    Xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish jamgarmasi;
    Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi;
    Osiyo taraqqiyot banki.
    Shuningdek, ATB “Qishloq qurilish bank” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, bank IABS dasturiy kompleksini qo’llab-quvvatlash, yangi dasturiy ishlanmalarni joriy qilish buyicha MChJ “Fido-biznes” bilan, Eletron Hujjat Aylanish tizimini (EHA) joriy qilish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Baik Technologies” korhonasi bilan, internet tehnologiyalarini joriy qilish yuzasidan “WEB PRO” korhonasi
    bilan hamkorlik qiladi. IBM, Fujitsu-Siemens, EPSON, CANON kompaniyalarining biznes hamkorlari orqali ozaro aloqalar olib borilmoqda.
    Bundan tashqari bankning avtomatlashgan axborot tizimi bilan quyidagi tashkilotlarning: 
    “Suv-Soz” DUKning;
    AJ “ O'zbekenergo”;
    AK “O’ztransgaz
    avtomatlashgan tizimlari o’rtasida o’zaro axborot almashinish tizimi yolga qo’yildi. Bankning veb resurslariga xizmat ko’rsatish bo’yicha Uzinfocom tashkiloti bilan, bankning electron raqamli kalitlarini ro’yxatga olish bo’yicha UNICON tashkiloti bilan aloqalar o’rnatilgan.


    ATB «QISHLOQ QURILISH BANK»DA 2018-2019 YILLARDA SIFAT MENEJMENTI TIZIMLARINI JORIY QILISH SIYOSATI
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-1083-sonli qarori asosida «G‘allabank» negizida «Qishloq qurilish bank» tashkil etilib, respublika miqyosida uy-joy qurilishi, kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kreditlar berish va bank xizmatlari ko‘rsatish, tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlariga keng ko‘lamli kredit va lizing xizmatlari, qishloqda ob’ektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit ajratish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish kabi masalalar bankning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.
    Bugungi kunda, xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan yillar davomida olib borilayotgan ishonchli hamkorlik natijasida, 2017 yilda «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan bank faoliyatiga B1/B2/NP/E+ xalqaro reyting bahosi qayta tasdiqlandi va barcha reytinglar prognozi bo‘yicha «Barqaror» baho berilishiga muvaffaq bo‘lindi.
    Bankimizning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarning talab va istiqbollarini qondirishni maksimal darajada ta’minlash uchun bank rahbariyati tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standartiga muvofiq Sifat menejmenti tizimini (QMS) ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi.
    ATB «Qishloq qurilish bank» rivojlanish strategiyasida o‘z oldiga quyidagi asosiy maqsadlarni qo‘yadi:
     Bank axborot tizimini takomillashtiruvchi zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish;
    Respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish;
    Ø yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini ko‘paytirish;
    Ø zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish;
    Ø chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish;
    Ø kredit qo‘yilmalar miqdorini oshirish;
    Ø namunaviy loyixalar asosida qurilayotgan uy joylarni moliyalashtirish
    Ø jismoniy va yuridik shaxslardan depozitlar jalb qilish;
    Ø bank plastik kartalar tizimini ommalashtirish (debet kredit kartalar, overdraft) va terminallar (shu jumladan virtual terminallar) sonini oshirish bankomatlar o‘rnatish;
    Ø xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish;
    Ø dunyoning yirik banklari bilan SWIFTRMA aloqalarini o‘rnatish;
    Ø bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish;
    Ø filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
    Ø bank xodimlarini malakasini oshirish.
    ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi o‘z navbatida quyidagilarni o‘z zimmasiga oladi:
    bank mijozlarga xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga intiladi, har bir mijoz manfaatlarini himoya qiladi;
    Ø bank ekologik zararli va ijtimoiy havfli ishlab chiqarishlar, loyiha va dasturlarni moliyalashtirmaydi;
    Ø bank o‘z faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladi va ijtimoiy omilni iqtisodiy omil bilan bir qatorga qo‘yadi;
    Ø bank konservatizm tamoyilidan me’yorida foydalangan holda, yangi amaliyotlar va yo‘nalishlarni rivojlantiradi;
    Ø bank o‘z xodimlarini qadrlaydi, xodimlarning o‘z malakalarini oshirib borishlari uchun zarur bo‘lgan sharoit yaratib beradi va bank faxriylariga mehribonchilik qiladi.
    «Qishloq qurilish bank» strategik rivojlantirish, tarkibiy tuzilmalar, risklarni boshqarish, investitsiya siyosati kabi masalalarda markazlashgan boshqaruvni saqlagan holda, mintaqaviy filiallar va mijozlar bilan bevosita ishlayotgan filiallarning vakolatlarini kengaytiradi. Ijobiy moliyaviy natijalarga va belgilanganprognoz ko‘rsatkichlardan yuqori foyda ko‘rib ishlayotgan filiallar aktiv operatsiyalarni amalga oshirishda va tarif siyosatida boshqa filiallarga nisbatan ko‘proq vakolatlarga ega bo‘ladi;
    Ø Banknig barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi halkaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari xamda iste’molchi tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarilishini ta’minlash, qo‘yilgan vazifalarni bajarishda kerak bo‘ladigan barcha resurslar bilan ta’minlash;
    Ø O‘tkazilgan tadbirlar natijasiga ko‘ra bir yilda bir bor ushbu sifat yo‘nalishidagi siyosatni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek sifat Boshqaruv tizimini yaxshilashga aloqador vazifalarni doimo bajarish.
    ATB “Qishloq qurilish bank” idan olish mumkin bo’lgan plastic kartalar:






    Ushbu bank jismoniy shaxslarga taklif qilayotgan milliy valyutadagi omonotlar:










    Yüklə 2,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin