Mundarija uzcard bankomatlarida humo plastik kartalariga xizmat koʻrsatish 28 12- ilovalar



Yüklə 2,84 Mb.
səhifə1/6
tarix16.09.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#144143
  1   2   3   4   5   6
Amaliyot


MUNDARIJA

UZCARD bankomatlarida HUMO plastik kartalariga xizmat koʻrsatish 28

12- Ilovalar…………………………………………………………………………
13-Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..

Kirish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo‘shilishida bank tizimining o‘rni beqiyosdir. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3151-son qarorining maqsad mohiyatidan kelib chiqib tayyorlandi.
Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi asosida tayyorlandi.
Shu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o‘z vaqtida zarur ixtisosliklar bo‘yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishga mazkur sohani yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishiga bog‘liqdir.
Talabalar ongini zamonaviy nazariy bilimlari bilan boyitish hamda ularning nazariy bilimlarini respublika hududida tijorat banklarda amaliyot o‘tish yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti asosiy maqsadi talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda bank tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olib, Prezidentimiz qarorlari, Farmonlari, asarlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini chuqur o‘rgangan holda O‘zbekistonda bank ishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdir. Shu nuqtai- nazardan, bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti bank faoliyati asoslarini o‘rganish orqali bankda mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari talabalar bank faoliyati bilan tanishuv amaliyoti davrida bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida muntazam ishtirok etishlari lozim.
🟢 2021 yil aprel oyida ATB “Qishloq qurilish bank”da «Islom darchasi» joriy etildi.
🟢 Iyun oyida bank tomonidan tadbirkorlar uchun NFC funktsiyasi mavjud android platformasida ishlovchi mobil telefondan toʼlaqonli "HUMO" terminali sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi. Yangi “SoftPOS" xizmati bilan tadbirkorlar smartfon orqali toʼgʼridan-toʼgʼri HUMO toʼlov tizim kartalaridan toʼlovlarni istalgan vaqtda istalgancha qabul qilishlari mumkin.
🟢 Shu bilan birga shu oyda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha antikorripsiya ishonch liniyasi” maxsus xizmati tashkil etildi.
🟢 Iyul oyida esa bank tomonidan “Olamshumul” aksiyasi o‘tkazildi va mazkur aksiyag’olibiga Gentra avtomobili sovg’a qilindi.
🟢 Noyabr oyida ATB “Qishloq qurilish bank” delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida mazkur mamlakatning yirik banklaridan biri – “MASHREQ” banki rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.
🟢 Shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” vakillari Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida “Dubay Ekspo-2020” xalqaro ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.
🟢 Dekabr oyida, Bank boshqaruvining o’rinbosarlari tayillandi. Unga ko‘ra Gafurov Farhod Mamarasulovich ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, Kozim Ismoiliy ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. 
🟢 Shu oyda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ATB “Qishloq qurilish bank” “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi bo‘yicha 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.


1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi. Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi. Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi.
2009-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi. Bank «VISA International» halqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi. Joriy yilning 23 noyabrida bank Germaniyaning "Commerzbank"i bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish bo’yicha kelishuv bitimini imzoladi. "Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun xalqaro reyting shkalasi bo’yicha joriy yilda berilgan va avvalgi yilga nisbatan ko’tarilgan «B2/NP/E+» reyting bahosini «B1/NP/E+» darajasiga ko’tarilgani ta’kidlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega. 2009 yil 3 avgustda bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko’mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o’z filialiga ega bo’lgan "Qishloq qurilish invest" ixtisoslashtirilgan sho'ba injiniring kompaniyasini tashkil etildi.


Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin