Oldingi tahrirga qarang. 71. Belgilansinki, Markaziy bankning faoliyat yuritishini ta’minlovchi o‘z idoraviy bo‘ysunuvidagi korxona va tashkilotlarning tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari Markaziy bank, shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha bosh boshqarmalari hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish orqali uni institutsional jihatdan mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish.
“Qishloq qurilish bank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. Uni amalga oshirish mexanizmlari:
1. Xalqaro konsultantlar tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash.
2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish.
UZCARD bankomatlarida HUMO plastik kartalariga xizmat koʻrsatish
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9 martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi Qarorini ijro etish maqsadida, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Milliy banklararo toʻlov tizimi bilan birgalikda UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish boʻyicha texnik ishlarni yakunladi.
-Birinchi bo’lib pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: UZCARD ga ulangan va HUMO bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek HUMO ga ulangan va UZCARD kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.
-Toʻlov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan soʻng, shuningdek tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolar aniqlangandan soʻng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.
2023 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlandi va bugungi kunga kelib bu ishlar to’liq yakunlandi.
Xulosa: Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi mamlakat fuqarolarning moddiy turmush darajasini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash borada har yili Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan davlat dasturi qabul qilinib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Davlat dasturini amalga tadbiq qilinishi bank-moliya tizimi oldiga bir qator muhim vazifalarni qo’ymoqda, ya’ni kichik biznes sub’ektlarini kreditlash masalalari tijorat banklariga yuklatilmoqda.
Bu ishalrni amalga oshirish bevosita banklar faoliyati bilan bog’liqdir.
Bugungi kunda iqtisodiyotga taklif qilinayotgan bank kreditlarini hajmi oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko’payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni ta’minlash uchun hisobga olishni takomillashtirish eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi.
Malakaviy amaliyotning maqsadi tijorat banklarida kredit operatsiyalarini hisobga olish jarayoni bilan tanishish va bu borada amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishdan iborat.
Xulosa qilib aytganimda malakaviy amaliyot mobaynida qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi masalalarni o’rgandim:
Tijorat banklarda kredit operatsiyalari hisobini tashkil qilishning ahamiyati va vazifalarini;
Banklarda kredit turlari, shakllari va kreditlashning asosiy qoidalarini;
Banklarda kreditlar berish mexanizmini tashkil etish jarayonini;
ATB Qishloq qurilish bank Samarqand mintaqaviy filialida kredit muomalalarini hujjatlashtirish tartibini;
ATB Qishloq qurilish bank Samarqand mintaqaviy filialida qishloq xo’jalik korxonalariga kredit berish va qaytarish operatsiyalari hisobini yuritish tartibini;
ATB Qishloq qurilish bank Samarqand mintaqaviy filialida iste’mol kreditini hisobga olish tartibi bilan tanishdim;
Tijorat banklarida muammoli kreditlarni undirish masalalarini o’rgandim.
Ilovalar: