Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

 

 


 

44 


2.3. Texnik-laboratoriya usullari 

Sterilizatsiya  –  mikrobiologik  va  biotexnologik  tadqiqotlarda  qo`llaniladigan 

eng  kerakli,    muhim  bo`lgan  jarayonlardan  biri  hisoblanadi  (“sterilizatsiya” 

lotincha  so`z  bo`lib,  “quritish”  degan  ma`noni  anglatadi).  Tadqiqotlarda 

sterilizatsiya  usullari  tadqiq  qilinayotgan  obyektning  tashqi  va  ichki  yuzalarida 

begona  mikroorganizmlar  rivojlanishining  oldini  olish  maqsadida  qo`llaniladi. 

Sterilizatsiyaning  qaysi  usullarida  foydalanish  maqsadga  muvofiqligi  birinchi   

navbatda  tadqiq  qilinayotgan  obyektning  fizikaviy-kimyoviy  xossalariga  va  uning 

sterilizatsiyaga  moyilligiga  bog`liq [48]. 

Ozuqa  muhitlarini  sterillashning    eng  qulay  usullaridan  biri  avtoklavda  

sterillash  hisoblanadi. Bu usul suv bug`i va  yuqori bosim ostida obyektni qizdirish 

orqali 


zararsizlantirishga  asoslangan.  Natijada  obyektda  mavjud  bo`lgan 

mikroorganizmlar  sporalari  va  vegetativ  hujayralari  halok  bo`ladi.  Avtoklavda 

sterillashda  ko`pchilik  mikroorganizmlarning  sporalari  121 

0

C  da  5-20  minutda  



nobud bo`ladi [61] 

 

Ozuqa  muhitlarini  sterilizatsiyalashni  quyidagilarga  e`tibor  bergan  holda 



olib    borish  zarur:  Avtoklavning  har  xil  tiplarida  sterilizatsiya  jarayoni  har  xil 

kechadi.  Lekin  avtoklavlarda  sterillash  qonuniyati  bir  xil.  Ish  boshlanish 

jarayonida  avtoklavning  o`lchov-nazorat  tizimi  ko`zdan  kechiriladi.  Agarda  unda 

birorta  kamchilik  mavjud  bo`lsa,  sterilizatsiya  jarayonini  o`tkazish  mumkin  emas. 

Avtoklav  to`liq  tekshirilib  bo`lgach,  suv  nazorat  shkalasining  eng  yuqori 

nuqtasigacha    bug`li  kameraga  solinadi.  Sterilizatsion  kameraga  maxsus  idishlarga 

joylashtirilgan  holida  tadqiqotlarda  foydalanilayotgan  ozuqa  muhitlari  kiritiladi. 

Sterilizatsiya  qilinayotgan  ozuqa  muhitlarni  kameraga  zich  qilib  joylashtirmaslik 

kerak,  sababi  buyumlar  orasidan  bug`  o`tib  turmasa,  sterilizatsiya  maqsadga 

muvofiq bo`lmaydi.  

Sterilizatsion 

kameraga 

sterilizatsiya 

qilinayotgan 

ozuqa 

muhitlari 



joylashtirilgach,  avtoklav  eshigi  mahkam  yopiladi.  Sterilizatsion  kamera  bilan 

ulangan  kranning  ochilishi  bilan,  isistish  jarayoni  boshlanadi.  Bug`  hosil  bo`lishi 




 

45 


bilan  sterilizatsion  kameradagi  havoni  haydash  zarur.  Bu  holat  sterilizatsiya  uchun 

kerakli  holat,  chunki  toza  bug`  haroratining    bug`  va  havo  aralashmasi  haroratiga  

nisbatan  bosimi  yuqori  bo`ladi.  Kamerada  havo  saqlanib  qolishi,  obyektning 

sterillanmasligiga  sabab  bo`ladi.  Avtoklavdagi  bug`  kondensatli  idish  yoki 

kanalizatsion  moslamaga  tortib  olinadi.  Unda  toza  bug`ning  uzluksiz  paydo 

bo`lishi,  avtoklavdan  havoni  haydash  jarayoni  boshlanganligini  bildiradi. 

Avtoklavda  havo  saqlanib  qolsa,  suv  orqali  o`tayotganda  shovqin  beradi.  Maxsus 

moslamada  bug`  paydo  bo`lishiga 12-20 minut sarflanishi zarur. Bu holatning uzoq 

davom  etishi  suv  kamerasida  suvning  kamayishi  bilan  bog`liq.  Steriliizatsion 

kameradan  havo  tol`iq  haydab  chiqarilgandan  keyin,  kran  yopiladi  va  kameradagi 

bosim  monometrdan  kuzatib  boriladi.  Sterillash  jarayoni  kameradagi  bosim 

ko`rsatkichi  va  vaqtga  qarab  nazorat  qilinadi.  Sterilizatsiya  muddati  tugagandan 

keyin  avtoklavning  isitish  moslamasi    o`chiriladi.  Avtoklavdagi  bosim  asta-sekin 

pasayadi  va  atmosfera  bosimi  tenglashadi.  Shu  vaqtda  kameradagi  bug`  chiqib 

ketishi  uchun  kran  ochiladi.  Kranni  vaqtidan  oldin  ochish  sterilizatsiya  sifatiga 

ta`sir  qiladi.  Steriliizatsion  kameradagi  bug`  chiqarib  yuborilgach,  avtoklav 

ehtiyotkorlik  bilan  ochiladi.  Sterilizatsion  kameradagi    bug`ni  vakuumli  nasoslar 

bilan  haydash orqali bir vaqtning  o`zida sterillangan  obyektlar quritib olinadi  [48]. 

Shisha  idishlarni    sterillashning  asosiy  usuli    -    bu  ularni  quritish  shkaf 

(sterilizator)  da  2  soat  davomida  160-170 

0

C    da    quruq  issiq  havo  bilan 



sterillashdir.  Buning  natijasida  barcha  turdagi  mikroorganizmlarning  sporalari 

ham,  vegetativ  hujayralari  ham  halok  bo`ladi.  Sterilizatorlar  odatda  issiqlikka 

chidamli  materiallar  –  asbest  yoki  metallardan  tayyorlanadi.  Ular  termometr, 

ventilyatsiya  teshigi  va  kerakli  haroratni  ta`minlab  beruvchi  termoregulyatorlar 

bilan  jihozlangan.   

Shisha  idishlar  sterilizatsiya  oldidan  yaxshilab  yuvilib,  quritiladi  va 

qog`ozga  o`raladi.  Ularni  qog`ozga  o`rashda  idishning  tuzilishi  va  hususiyatlariga 

e`tibor berish kerak [62]. 




 

46 


Tayyor  bo`lgan  idishlar  sterilizatorga  uning  ichida  buyumning  yaxshi  isishi 

va  havoning  barcha  qismlarda  bir  xil  taqsimlanishi  uchun  zich  qilmasdan 

joylashtiriladi.  Sterilizator  zich  qilib  yopiladi  va  uning  termometr  ko`rsatkichi 

nazorat  qilib  boriladi.  Chunki  termometr  ko`rsatkichi  180   

0

C  dan  oshib  ketsa, 



idishlar  o`ralgan  qog`ozlar  yaroqsiz  holatga  kelib  qoladi.    Sterilizatsiya  jarayoni 

(1,5-2,0  soat)  tugagandan  keyin  sterilizator  birdaniga  ochilmaydi,  termometr 

ko`ratkichi  80 

0

C  gacha  tushgandan  keyin  ochish  mumkin.  Aks  holda sterilizatsiya 



sifati  buziladi.  Sterilizator  harorati  xona  haroratiga  tushgandan  keyingina 

sterillangan  buyumlarni  olish tavsiya qilinadi. 

Asbob  va  uskunalarni  sterillash.  Mayda  metal  asboblar:  ignalar,  pinsetlar, 

shpatellar  va  qaychilar  ishlatish  oldidan  alangaga  tutish  yo`li  bilan  sterillanadi. 

Bunda mikroorganizmlarning  vegetativ  hujayralari  va sporalari nobud bo`ladi.  

Issiqlikka  chidamli  asboblar  va  ularning  ayrim  detallari  (  rezinali  probkalar, 

shlanglar)  avtoklavda  sterillanadi.  Ayrim  asboblar  (  metalli  uskunalar,  mayda 

oynali  detallar,  membranali  filtrlar)  ni  distillangan  suvda  30-60  minut  qaynatish 

yo`li  bilan  ham sterillash  mumkin  [48]. 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin