Mundarija



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

Solanum  tuberosum  va  S.  ardigenum  larning  gibridlari  ustida  ham  ishlar  olib 

borilgan.  Kasalliklarga  nisbatan  chidamli  yovvoyi  turi  bu-S.  ballsi  bo`lib,  undan 

ajratilgan  kloni  va  nihollari  deyarli  umuman  kaslliklarga  chalinmaydi.  Kasallikka 

chidamli  koln va nihollar  S. catarthrum dan ham ajratib olingan.   

Latviyada  S.  ardigenum  va S. ballsi larning gibridlari olinib, ular keyinchalik 

nematodalarga  chidamli  kartoshka  navlarini  yaratishga  material  bo`lib  xizmat 

qiladi.   

Litvada  kartoshkaning  700  ga  yaqin  madaniy  navlari  va  yovvoyi  turlarini 

kartoshka  nematodasiga  chalinish  darajasi  o`rganilgan.  Bunda  asosan  S.  ballsi  va 

qisman S. ardigenum turlarining klonlari  va nihollaridan  foydalanilgan.   

Kartoshkaning 

chidamli 

navlarini 

yaratilishiga 

qaramasdan, 

ko`plab 


mamlakatlarda  kartoshga  nematodasi  muammosi  xalqaro  darajada  ko`tarilgan. 

Shodlandiyada 

kartoshkaning  chidamlilik  darajasini  o`rganishga  qaratilgan 

tadqiqotlar  shuni  ko`rsatdiki,  tabiatda  kartoshka  nematodasining  bir  necha 

biotiplari  (irq)  mavjud.  Bu  biotipga  mansub  kartoshka  nematodasiga  chidamli 

o`simlik,  boshqa  biotipga  mansub  nematoda  bilan  zararlanaveradi.  Kartoshka 

nematodasining  vatani  shubhasiz  Janubiy  Amerika  hisoblanadi.  U  inson  faoliyati 



 

38 


tufayli  butun  dunyoga  tarqalgan.  Yangi  yashash  muhiti  (iqlim,  turli  navlar,  ekish 

muddatlari  va  boshqalar)  ning  o`zgarishlari  nematodalarga  turli  mutatsiyalar,  tabiiy 

gibridizatsiya  va  boshqa  irsiy  o`zgaruvchanlik  keltirib  chiqaradi.  Buning  natijasida 

odamlar  uchun  kutilmagan  xususiyatlar  va  belgilarga  ega  yangi  bitiplari  paydo 

bo`lgan. 

Kartoshka  nematodalarining  nisbatan  agressiv  biotiplari  hozirgi  Peru, 

Angliya,  Gollangiya  va Germaniyada  aniqlangan.   

Angliyada  kartoshka  nematodalarining  39  ta  populyatsiyasi  o`rganilib, 

undan  43  %  normal  biotipga  (  A  biotip)  15  %  agressiv  biotipga  (B  biotipga), 

ko`pchilik  maydonlarda  42  %  ini  aralash  biotiplarga  ega  (A+B)  nematodalar 

tarqalgan  [62]. 

Germaniyada  o`rganilgan  280  ta  populyatsiyadan  2,14  %  gina  agressiv 

biotip  ekanligi  aniqlangan.  Kartoshka  nematodasiga  chidamli  S.  catarthum,  S. 

kurtzianum,  S.  famatinae  va  yana  bir  qator  turlari  aniqlangan.  Ma`lum  bo`ldiki, 

Gollandiya  katroshka  nematodasining  C  biotipni    S.  andigenum  ni  qanday 

zararlasa,  xuddi  shunday  S. kurtzianum ni ham zararlaydi. Tabiatda yana haligacha 

ma`lum  bo`lmagan  agressiv  kartoshka  nematodalari  bo`lishi  tabiiydir.  Daniyada 

turli  donli  ekinlarning  suli  sista  hosil  qiluvchi  nematodasi-Heterodera  avenae  ga 

chidamligini  o`rganishga  bag`ishlangan  katta  ishlar  amalga  oshirilgan.  Hammasi 

bo`lib  3000  ga  yaqin  navi  namunalari,  arpaning  1000  ta,  bug`doyning  1200  ta 

namunalari  o`rganilgan.  Ulardan  ko`plab  namunalar  normal  biotipga  chidamli 

bo`lib chiqqan, qolgan qismi esa agressiv biotipga chalingan.   

Turli  mamlakatlarda  to`plangan  oq  bedaning  100  ta  namunasi  beda 

nematodasiga-Heterodera  trifolii  ga  chidamliligi  o`rganilganda,  ularning  hech  biri 

nematodalarga  chidamlilik  namoyon  etmagan.  Ularning  ba`zilari  parazit  qabul 

qilmasligi  bo`yichagina  ajratilgan  halos [52]. 

Ma`lum  bo`lishicha,  bo`rtma  nematodalari  turli  biotiplarda  uchraydi. 

Masalan,  AQSHda  beda  poyada  3  ta  g`o`za  bo`rtma  nematodasining  biotipi,  2 



 

39 


tadan  yavan  –M.javanica   va shimol- M.halpa bo`rtma nematodalarining biotiplari 

aniqlangan  [48].    

Xulosa  o`rnida  shuni  aytish  mumkin-ki  parazit  fitonematodalarga  qarshi 

kurash  usullarinining  hammasi  ham  100  %    samarali  emas.  Xususan  parazit 

fitonematodalarga  qarshi  kurashning  agrotexnik  usuli  chora-tadbirlari  qatoriga 

o`g`itlash,  almashlab  ekish,  o`simlilarning  ekish  yoki  o`tkazish  muddatlari,  begona 

o`tlarning  yo`qotish,  tez  kasallikga  chalinuvchilarning  o`rniga  chidamli  nav  va  tur 

ekinlarining 

almashtirish 

kabilar 


kiradigan 

bo`lsa, 


kimyoviy 

usullardan 

foydalanganda  xlorpikrin,  nemagon  ,  metallilxlorid  preparatlari  qo`llaniladi. 

Kimyoviy  preparatlardan  foydalanish  natijasida  nematodalarda  ularga  nisbatan 

ko`nikish  paydo  bo`ladi,  bundan  tashqari  kimyoviy  preparatlar  maqsad ga  muofiq 

ta`sir  ko`rsatmasdan,  tuproqdagi  foydali  organizmlarga  ham  bir  xilda  ta`sir 

ko`rsatadi.  Bundan  tashqari    tuproqda  kimyoviy moddalarning to`planib borishi va 

tuproq  tarkibini  buzilishiga  olib  kelmoqda.  Huddi  shunday  fizikaviy  kurash  usulni  

faqat  issiqxona  sharoitida  (termik  usul,  ivitish,  elektor  toki,  radioktiv  nurlantirish, 

ultratovush,  ultrabinafsha  nurlar  va  osmotik  bosim)  olib  borish  mumkin.  Biologik 

kurash  usullarining  eng  samaralisi  sifatida  parazit  fitonematodalarga  chidamli 

navlarni  topish  muammosi  turibdi.  Keyingi  yillarda  ko`plab  mamlakatlarning 

seleksioner  olimlari  parazit  nematodalarga  chidamli  o`simlik  navlari  ustida  bosh 

qotirmoqda  va  sezilarli  natijalarga  erishmoqda.  Bu  kabi  ishlar  boshqa  parazit 

yumaloq chuvalchanglarga  chidamli  navlarni  topishda davom etmoqda.  

Parazit 


fitonematodalarga 

qarshi 


biotexnologik 

usul 


esa 

viruslar, 

bakteriyalar,  zamurug`lar,  shuningdek,  tirik  organizmlarning  biologik  faol 

moddalari  (antibiotiklar,  gormonlar,  feramonlar)  ishlab  chiqarish  texnologiyalarini 

ishlab  chiqarishni  talab  etadi.  Bu  usulda  ba`zi  parazit  fitonematodalarga  qarshi 

yirtqich  zamburug` 



Paecilomyces  lilacinus

 

dan  biopreparat  yaratilgan.  Bu 



biopreparatning  samaradorligi  60-80 % ni tashkil  etadi [39].  

  

  




 

40 


               II bob. Tadqiqot ishlarining materiali va uslublari 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin