Mundarija



Yüklə 270,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü270,69 Kb.
#44529
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
tohir malik qissalarida davr illatlarining fosh qilinishi

isyon masalasi  

 

Badiiy  adabiyotning  bosh  vazifasi  insonda  ezgulikka  muhabbat,  yovuzlikka 



nafrat  tuyg’ularini  shakllantirishdan  iborat  ekani  ma’lum.  Qaysi  bir  davr 

adabiyotiga  nazar  tashlamaylik,  ushbu  maqsad  birlamchi  masala  sifatida  namoyon 

bo’lganini  kuzatish  mumkin.  To’g’ri,  adabiy  asar  pand-nasihatlarning  quruq 

majmuasidangina    iborat  emas.  Qalamkash  o’z  asarida  biror  bir  hayotiy  voqelikni 

badiiy  talqin  etar  ekan  uning  turfa  tomonlarini  o’quvchi  nigohida  gavdalantirib, 

ijobiy  jihatlaridan  bahra olishga, salbiy  ko’rinishlarini  takrorlamaslikka  undaydi. 

 

Tohir  Malik  qissalari  ham  bunday  xususiyatlardan  holi  emas.  Uning  deyarli 



barcha  qissalarida  inosn  ma’naviyati  bilan  bog’liq  muammolar  u  yoki  bu  darajada 

badiiy  talqin  etilganini  kuzatish  mumkin.  Hatto  o’quvchilarning  alohida  mehrini 

qozongan  «SHaytanat»,  «Murdalar  gapirmaydilar»  singari  detektiv-sarguzasht 

qissalarida  ham  ushbu  masalaga  yangicha  tamoiyllar  asosida  qaraladi.  Bir  necha 

o’rinlarda  insonning  ma’naviy  tanazzulga  nafaqat    ijtimoiy  muhit,  balki  biz  ko’pda 

e’tibordan  soqit  qilib  yashaydigan    ma’rifatsizlik  sabab  bo’layotganiga  urg’u 

beradi.  CHunonchi,  tilga  olingan  qisalarining  qator  qahramonlari  aynan 

ma’rifatsizligi,  diniy  va  dunyoviy  o’gitlardan  bexabarligi,  ularga  nisbatan 




 

21 


nopisndligi  tufayli  zalolat  botqog’iga  botadilar,  hayotda  adashib,  umrlarini  xazon 

etadilar.  YOzuvchi  ushbu  masalada  g’oyat  ehtiyotkorlik  bila  nish  tutadi.  Muayyan 

asarni  qur’oniy  oyatlar,  qudsiy  hadislar,  payg’ambarimiz  o’gitlari  yohud 

allomalarning  hikmatlari  bilan  quruq  «bezab»  qo’ya  qoladi,  balki  bularni  asar 

syujeti,  timsollarning  hatti-harakati,  ichki  olami,,  tuyg’ularining  tafsilotiga  

singdirib  beradi. 

  

Adibning  «Jinoyatning  uzun  yo’li»  turkusidagi  asarining  dastlabki  kitobi 



bo’lmish  «Alvido,  bolalik!»  qissasida 

4

    mazkur  masala  o’ziga  xos  bir  yo’sinda 



talqin  etilganini  kuzatish  mumkin.  Ayniqsa,  bola  tarbiyasida  oilaviy  muhitning 

alohida  ahamiyat  kasb  etishi  kuchini  bir  pog’ona  yuqoriga  ko’targan.  Xususan, 

qissada  Asrorning  jinoyat  yo’liga  o’z-o’zidan  kirib  qolmaganligini    ta’kidlash 

uchun  yozuvchi  kitobxonni  uning  oilaviy  muhitiga  «etaklaydi».    Oila  muqaddas 

ekanligi  hech  kimga  sir  emas.  Hatto  tasavvuf  falsafasida  ham  mazkur  masalaga 

alohida  e’tibor  bilan  qaralgan.  «Bu  falsafaning  yirik  vakillaridan  bo’lgan  Ahmad 

YAssaviy,  Bahovuddin  Naqshbandiy,  Najmiddin  Kubro  tariqatlarida  ota-otalar  

o’zaro  munosabatlarining  farzandlar  kamolotidagi  roli,  farzandlarning  ota-

onalariga  bo’lgan    munosabati  mavzusi  alohida  ta’kidlab  o’tilganini  ko’ramiz».

5

  



Aslida  ham  «Mustaqil  dunyoqarashga  ega,  ajdodlarimizning  bebaho  merosi  va 

zamonaviy  tafakkurga  tayanib  yashaydigan  barkamol  insonni  tarbiyalash»

6

  asosiy 



masalasi  ekani  bugunda  ko’p  ta’kidlanmoqda.  Zamonamizning  hozir  javob  adibi 

bo’lgan  Tohir  Malik  qissasida  Asrorning  jinoyat  yo’liga  kirib  qolishiga  asosan 

oilaviy  muhit,  ota-onasining  noto’g’ri  tarbiyasi  sabab  bo’lgani  zaruriy  dalillar 

asosida  ko’rsatib  beriladi.  Asror  jinoyatchi  bo’lib  tug’ilmagan.  U  xudo  suygan 

iste’dod  egasi.  Maktabda  «a’lo»  baholarga  o’qigan.  Tabiiy  fanlarni  «suv  qilib» 

ichib  yuborgan,  deyish  mumkin  u  haqida  Odob-ahloqi  ham    havas  qilarli  darajada 

edi.  Xo’sh,  unda  bola  nega  adashdi?  Uning  balog’at  pallasida,  dunyo  hodisalarini 

endi-endi  tushuna  boshlagan  bir  paytda  oiladagi  muhit,  ota-onaning  ma’naviyatdan 

                                                 

4

 



4

 Тоҳир Малик.   Жиноятнинг  узун йўли. «Алвидо, болалик!»  1 китоб.  – Тошкент..  «Адолат»,  2003.  176-бет 

5

 М. Холматова.  Оилавий  муносабатлар маданияти  ва соғлом авлод  тарбияси. 



Тошкент.  «Ўзбекистон» 2000  йил.  8-бет. 

6

 И.А.  Кармов. Озод  ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳайит-пировард  мақсадимиз. – Тошкент.  «Ўзбекистон», 



2000  й. 25-бет. 


 

22 


yiroqligi,  tirikchilik  deya      risoladagi  hayotdan  voz  kechishlari  bolaning  buzilishiga 

sabab  bo’ldi.  Asrorning  otasi  otarchi.  U  o’g’li  Asrorni    ham  to’y-hashamlarga 

sudraydi.  Asror  buni  istamasa  ham,  otasining  ra’yini  qaytara  olmaydi;    bo’ynidan 

bog’alangandek  to’ylarga  boradi.  To’yxonadagi  mast-alastlarning  nojo’ya  xatti-

harakatlari,  to’yda  xirom  aylayotgan  «raqqosa»  ning  nojo’ya  qiliqlari,  unga 

mahliyo  bo’lganlarning  besharm  gaplari,  munosabtlari  qaysi  tomonga  egsangiz shu 

tomonga  egiladigan  tuyg’ularini  g’oyat  erta  so’ndiradi.  Hayot  ana    shunday  engil-

elpiliklardan  iborat  ekan-da,  degan  tasavvur  uyg’onadi.  Qlraversa,  oiladagi  muhit, 

ota-onasining  munosabatlaridagi  biryoqlamalik,  soxtalik,  mol-dunyoga  ruju’  va 

boshqa  salbiy  hodisalar  Asrorning  pokiza  tuyg’ular  bilan  juda  erta  xaryolashishiga 

olib  keladi.  Asror  bu  pokiza  tuyg’ular  endi  hech  qachon  qaytib  kelmasligini  bilib, 

“Alvido, bolalik!”  deydi. 

  

Hayotga,  odamlarga  beparvolik,  bepisandlik  tuyg’ulari  uning  yuksak  orzu-



umidlari  ustiga  tuproq  tortadi.  Asror  o’zi  istamagan  holda  jinoyat  ko’chasiga  kirib 

qoladi.  Adib  qissaning  bir  qator  o’rinlarida  Asrorning  jinoyat  yo’lini  tahlil  etar 

ekan,  bu  mash’um  taqdirda  uning  bir  o’zi  gunohkor  emasligini,  balki  oila, 

atrofidagi  kishilar,  ota-onasi  ham  birdek  aybdor  ekanini  ta’kidlashga  urinadi. 

Ayniqsa,  hikoyachining  temir  panjaralar  ortida  Asror  bilan  qurgan  suhbatlari, 

Asrorning  salmoqdor  savollari,  jo’yali  mulohazalari  vositasida  sog’lom  turmush 

tarzi  farzand tarbiyasida  etakchi  mavqe egallashiga  alohida urg’u beradi. 

 

Asrorning  jinoyat  yo’li  Qamariddin  bilan  boshlangani  qissaning  bir  necha 



o’rinlarida  ko’rsatiladi.  Zero,  qissaning  maxsus  bir    bobida  ta’kidlanganidek, 

Qamariddin  ismi  jismiga,  hayot  yo’liga  mos  yigitlardan  emas;  u  ko’cha  bolasi 

bo’lib  tug’ilgan,  ko’cha  bolasi  bo’lib  o’sgan.    Asror  va  uning  atrofidagi  bolalar 

Qamariddinni  ko’chadagi  jinoiy  uyushmaning  boshlig’i  va  rahnamosi  sifatida 

taniydilar.  Ammo  ular  «Qamariddining  armonini  bilishmaydi.  Qamariddining 

dardi  ichida.  Faqaqt  bir  marta,  kayf  qilib  o’tirib,    Asrorning  bo’ynidan  ushlab, 

peshonasini  peshonasiga  bosib  xo’rsingan:  «Mening  ham  o’qigim  kelardi,  student 

bo’lib  yurgim  kelardi.  Olim  bo’lib,  oq  «Volga»larda  kerilib  yurgim  kelardi»,  - 




 

23 


degan  edi.  Ana  shunda  Asror  uning qalbida katta dard, alam borligini sezgan edi»

7

   



iqtibosdan  sezilib  turibdiki,  har  bir  o’smirning  o’ziga  yarasha  orzu-armonlari 

bo’ladi.  Ashaddiy    jinoyatchi  hisoblangan  Qamariddin  ham  bunday  muqaddas 

tuyg’ulardan  bebahra  emas.  Biroq  uning  armonlari  ushulishiga  ishonch  yo’q. 

CHunki  Qamariddinning  hayoti  orzu  qilinmaydigan  hayot.  Qamariddin  otasi 

kimligini  bilmaydi. 

      U  zino  bolasi.  Onasini  uchinchi  sinfga  borgandagina  ko’rgan.  Bor  gapni 

keyinchalik  buvisidan  eshitgan:  «Tug’ilganingni  bilib  xursand  bo’ldim.  Onang 

chiqadigan  kuni  guldasta ko’tarib borsam, bir o’zi kelyapti. Maqsadini  tushundim. 

U yosh edi. Umrini  badnom qilgisi  kelmagan.» 

        SHu  kichkina  parchadanoq  Qamariddin  fojiasi  kitobxonga  ayon  bo’ladi.  

Qamariddin  tug’ruqxonada  ko’z  ochib,  bolalar  uyida  esini  tanigan.  Ota-ona, 

xonadon  degan  kimsa  ham  uning  uchun  yot.  SHu  sababdan    bo’lsa  kerak 

Qamariddin  hayotdan  bezgan,  odam  bolasiga  mehri  yo’q.  Har  qanday  kimsadan 

bo’lsin  o’ch  olishga  intiladi.  SHundan    ham  ko’rsa  bo’ladiki,  bola  tarbiyasida, 

uning  ma’naviy  kamolotida  oila,  ota-ona  va  atrof-muhitning  alohida  o’rni, 

muayyan  ta’siri  bor.  Insonning  mukammallashuvi  ayni  mana    shu  omillar  ta’sirida 

ro’y beradi. 

           Tohir  Malik  o’z qissasida mazkur masalalarni ochiq-oshkora aytmasa 

ham,  kitobxon  uning  nima  demoqchi  ekanini  ilg’ab  oladi.  Bu  esa  adibning  etuk 

iste’dodini,  zamonaning  dolzarb  muammolariga  beparvo  emasligini  ko’rsatib 

turadi.    

 

«Alvido,  bolalik!»  qissasining  muqaddimasida  shunday  tasvir bor. «Quyosh 



barchaga  baravar  nur  sochadi»,  deydilar.  Haq  gap.  Biroq,  uning  nuridan  hamma 

ham bir xilda  bahramand bo’lavermaydi.  

 

Tikanli  sim.  Temir  panjaralar,  baland  devorlar  ortidan  mo’ralagan  tonggi 



quyosh  ko’ngilga  ozod  hayotdagi  kabi  iliqlikni  bera  olarmikan?    Tikanli  simlar 

bilan  o’ralgan  qamoqxona  hovlisiga  ham  bahor  kiradi,  bu  erdagi  daraxtlar  kurtagi 

                                                 

7

 Тоҳир  Малик.   Жиноятнинг  узун йўли. «Алвидо,  болалик!»  1 китоб.  – Тошкент..  «Адолат», 2003.  39-бет 




 

24 


ham  ko’z  ochadi,    barg  chiqaradi.  Ammo,  bahor  gashti  tikanli  simlarni  oshib  bu 

erga o’ta olarmikan? 

 

Har lahza, soat, kun… ularni  ozodlikka  yaqinlashtiradi.   



 

 Har  lahza,  soat,  kun…  ularni  iskanjaga  oladi,  ular  o’ylamay  bosilgan 

qadamdlarini  lanatlab  yashashadi»

8

      



 

G’oyat  ta’sirchan  tasvir.  YOzuvchi  ana  shu  tasvir  orqali  o’quvchini 

voqelikka  to’g’ridan-to’g’ri  olib  kiradi.  Demak,  asar  o’smirlar  orasida  yuz  bergan 

jinoyatchilik,  bu  jinoyatchilikning  sabab  oqibatlarini  ko’rsatish,  bular  haqida 

o’quvchiga  o’git  berish  haqida  bo’lib,  birinchi  galda,  insonning  ma’naviy 

kamolotiga  xizmat  qiluvchi  hayotiy  unsurlarni  ta’kidlashni  e’tiborda  tutadi.    Xo’sh 

inson  ma’naviyati  bilan  bog’liq  masalalar,  ayniqsa,  yoshlar  tarbiyasi,  o’smirlar 

ahloqi  masalasi  qisasida  qay  tariqa  berilgan? Bu masalalarni adib qaysi mezonlarda 

turib  talqin  va  tahlil  qiladi?  Bu  muammolarni  hal  etish  o’zidan-o’zi  yuzaga 

kelmaydi.  Adib  har  bir  timsol  xrakterida  jinoyatga  moyillikni  yuzaga  kelish 

sabablarini  axtarishga,  jinoyat  paydo  bo’lgan  muhitni  ko’rsatishga,  ko’rsatibgina 

qolmay,  jinoyatchi  o’smirning  shu  yo’lga  kirishiga  sababchi  bo’lgan  kimsalarning 

qiyofasini  yoritishga  alohida diqqat qiladi. 

  

Asrordagi  muqaddas  tuyg’ular  butunlay  so’nib  ketmagan.  Aks  holda  Asror 



qotillik  yuz  bergan  kechasi  undan  keyin  ham  qilib  qo’ygan  ishidan  o’kinib 

pushaymon  bshlib  tashvishga  tushmas  edi.  Asror  kuchli  ruhiy  iztirobning 

iskanjasiga  qolib  ketadi.  Bundan  keyingi  tunlarini  bedor  o’tkazadi.  YUlduzli 

osmonni  bir  chetdan  yamlab  kelayotgan  qo’ng’ir  bulutlar  orasida  nifoq  chiqib, 

yashin  chaqnatadi.  Nur  ham  o’sha  ko’zlardan  chiqdi.  «Men  qotilimni  izlab, 

topdim»,  deya  shu  beshinchi  qavat  peshayvoniga  otildi.  Momaqoldiroq 

gumburladi.  Asrorning  nazarida  o’sha  odam  na’ra  tortdi.  «Qarang,  qotilimni 

topdim», deya shahar ahlini  uyg’otmoqchi bo’ldi.

9

  

 



Adabiyotshunos  Umarali  Normatov  detektiv-sarguzasht  turlar  haqida 

gapirib,  T.  Malikning  shu  mazmundagi  qissalari  haqida  bergan  bahosi  e’tiborga 

                                                 

8

 Тоҳир  Малик.   Жиноятнинг  узун йўли. «Алвидо,  болалик!»  1 китоб.  – Тошкент..  «Адолат», 2003.  3-бет.   



9

 Тоҳир  Малик.  Кўрсатилган  асар. 9-бет. 




 

25 


loyiq.:  «So’nggi  yillarda  bizda  ham  zamonaviy  jahon  adabiyotida  keng  tarqalgan 

detektiv-sarguzasht  tur  ancha  jonlandi,  bu  adabiy  turning  Tohir  Malikday  

iste’dodliligi  prfessional  sohibi  qalamlari  va  uning  iste’dodli  izdoshlari  etishib 

chiqdi…  eng  muhimi,  Tohir  Malik  o’zbek  adabiyotida  bu  turga  yuksak  madaniyat 

olib  kirdi,  bu  tur    mensimay  qarash,  ta’na-malomatlardan  xalos  etdi,  bu  turni 

rostakam  san’at  darajasiga  ko’tara  oldi»

10

.  Haqiqatan  ham  ,  Tohir  Malik  detektiv-



sarguzasht  turning  mazmunini  bir  jihatdan  yangilay  oldi.  Bu  jihat,  birinchi  galda, 

qahramonlar  sarguzashtlarning  ochiq  bayonida  emas,  balki  ularning  ruhiy 

kechinmalarini  shu  voqelik  bilan  uyg’unlikda  berishda,  biror-bir  jinoyat  yoki 

mash’um hodisaning  ildiz  va sabablariga  chuqur kirib borishda ko’rinadi. 

 


Yüklə 270,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin