* – kontsentrlangan nurlanishdagi. Kombinatsiyalashgan qurilmalardan quyidagi obhektlarda foydalanish mumkin: futbol madonlarini yoritishda, chekka axoli punktlarni zaxira yoki avtonom energiya tahminotida; konlar, vaxtali qurilish obhektlari; xarbiy obhektlarni avtonom energiya tahminotida.
3.3-rasm. Rezerv tahminot manbasini kombinatsiyalashgan tizimini sxemasi [8]
Kombinatsiyalashgan qurilmalarni ishlash printsipi quyidagi ketma ketlikda qurilgan: asosiy manba sifatida, doimiy rejimda quyosh - shamol energiyasini elektr energiyaga o’zgartirib beruvchi quyosh batareyasi yoki shamol generatori, hamda dizel generatori qo’llaniladi. Invertor yordamida doimiy tok o’zgaruvchan tokka o’zgartirilib istehmolchiga uzatiladi. Invertor tiklanuvchi energiya manbalari qo’llaniluvchi tizimlarda ishlash uchun mo’ljallangan qurilma hisoblanadi.
Ushbu bo’limda yuklamani elektr tarmoqqa yoki kuchlanish o’zgartirgichiga avtomatik ulanishini tahminlovchi qurilma taxlili qo’rib o’tilgan.
Zahira tahminot manbasining sinalgan sxemasi doimiy kuchlanish (12-15 V) ni o’zgaruvchan 240 V 50 Gts kuchlanishga o’zgartiradi va 1500 Vt chiqish quvvatini tahminlab berib, avtomatik zaryadlash qurilmasi, akkumulyatorni to’liq razryadlanishdan ximoyalash, akkumulyator batareyadagi kuchlanishni oshib ketishidan himoyalash, tarmoqdagi kuchlanish yo’q bo’lib qolganda zahira tahminotga o’tish va tarmoqda kuchlanish paydo bo’lganda tarmoqqa o’tish avtomatiga egadir. Kunni yorug’ vaqtida akkumulyator batareya quyosh modulidan va shuningdek tarmoqdan xam to’yinishi mumkin. [6]
Zahira tahminot manbaining blok sxemasi 3.4-rasmda ko’rsatilgan. Elektromagnit relelar K1 va K2 qurilmaniK 1.1, K 1.2, K2.1 kontakt guruxlarga avtomatik ulanishini tahminlab beradilar. Nuqtalar 1 va 2 bilan tahminotni uzib ulovchi avtomatni ulanish tugunlari belgilangan.
Uzib ulagich o’zgartirgichni tarmoq kuchlanishidan va akkumulyator batareyadan uzish uchun hizmat qiladi. Bunda, teskari ulangan diod VD1 akkumulyatorni razryadlanishdan himoya qiladi va natijada quyosh moduli akkumulyator batareyasiga kunning tungi qismida ham ulangan holda qoldirilishi mumkin
3.4 - rasm Zahira tahminot manbaining blok sxemasi [6]
. Kuchlanishi 220 V, quvvati 800 Vt bo’lgan qurilmani energiya tahminoti uchun avtonom energetik tizim komplekti 3.2 jadvalda ko’rsatilgan.