Мундарижа


III BOB. Kichik futbol maydonlarining avtomatlashtirilgan uzluksiz tahminot manbaini loyhalash



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə9/14
tarix28.03.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#90823
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fozilov O Kichik futbol maydon (3)

III BOB. Kichik futbol maydonlarining avtomatlashtirilgan uzluksiz tahminot manbaini loyhalash.
3.1. Quyosh energiyasi yordamida elektr energiya oluvchi qurilmalarining tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari.
Quyosh energiyasini o’zgartirishning ikki usuli mavjud:

  1. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish (fotoo’zgartirgichlar yordamida).

  2. Quyosh nurlanishini issiqlik energiyasiga o’zgartirish (quyosh kollektorlari yordamida).

Quyosh nurlanishini to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish uchun yarim o’tkazgichli materiallardan foydalaniladi.
Quyoshni issiqlik yoki elektr energiyaga o’zgartirish quyosh bateriyalari va kollektori hisobiga amalga oshiriladi. Quyosh batareyalari yordamida elektr energiya olish, atrof muhitga yomon tahsir ko’rsatmaydi, quyosh elektrostatsiyalari jixozlariga xizmat ko’rsatish ko’p mablag’ talab qilmaydi.
Quyosh batareyalari tarkibida xarakatlashuvchi qismlar yo’qligi bois yuqori ishonchlilikka egadir. Bundan tashqari quyosh batareyalari uzoq muddat foydalanish davomida biron – bir jiddiy buzilish va nuqsonlar kuzatilmagan, ularga xizmat ko’rsatish esa fotoelement yuzalaridan zangini tozalashdan iborat.
Quyosh batareyalari FIK kichik, ammo modul tipi konstruktsiyasi hisobiga, turli kuchlanish va quvvatga qurilmalar yig’ish mumkin, zamonaviy akumlyatordan foydalanish esa hosil bo’lgan energiyani yig’ish va sutkaning tun vaqtlarida va bulutli kunlarda ishlatish imkonini beradi.
Qo’llanilish sohalari :

Quyosh batareyalarini bir necha turlari mavjud; monokristall, polikristal va yupqa plenkali qobiqlari mavjud. Eng ommaviy tarqalgan turi monokristal kremniy asosidagi qobiqlaridir. Bunday batareyalar – quyosh yorug’ligini elektr tokiga o’zgartiruvchi ko’plab kremniy uchlaridan tashkil topgan. Ushbu panellarni yana bir qulayligi shundaki ixcham va yengil, qolaversa monokristal asosidagi panellar, uncha katta bo’lmagan egiluvchanlikka ega bo’lib, ularni egri joylarga o’rnatish imkonini beradi.

3.1. -rasm Oddiy quyosh elementining konstruktsiyasi (a) va uning volt-amper xarakteristikasi (b) [6].

3.2.-rasm. Turli materiallardan tayyorlangan fotoelementlar:
a-monokristall, b-polikristall, v-amorf [6].
Monokristall panellari ishonchli va mustaxkam shisha – plastik korpusga joylashtirilgani bois, fotoelement zang va namlikdan ximoyalangan. Monokristall batareyalari turli sug’orish nasoslari, telekommunikatsiya, aloqa, qo’riqlash, signalizatsiya va ko’chalarni yoritish masalalarini hal qilishda muhim yechim bo’la oladi.
Yorqin ko’k rangga ega bo’lgan polikristall kremniy asosidagi quyosh batereyalari, monkristaldan bo’lgan batareyalarga nisbatan arzondir. Bunga sabab ularni ishlab chiqarish jarayoni kam mablag’ talab etadi va bunday quyosh panellari tartibsiz kremniy kristallardan tashkil topgan yahni turli xil shakl va orientatsiyaga ega.
Polikristall kremniydan tayyorlangan quyosh panellarini FIK, monokristal FIKdan kichik ishlash stabilligi ham past. Tannarxi arzon bo’lgani uchun polikristal panellar turli sohalarda keng foylanilmoqda. Ularni uy joylar, mahmuriy binolar, maktablar, shifoxonalar va boshqa joylarda yoritishda foydalanilmoqda [4].
Istiqbolli quyosh elementlariga foydali ish koeffitsienti 10 foizdan yuqori bo’lgan sulg’fid kadmiy asosidagi geterostrukturani kiritish mumkin. Yana bir istiqbolli yarim o’tkazgichli material arsenid galliy hisoblanadi. U nur energiyasini elektr energiyasiga o’zgartirishda yuqori samaradorlikka ega bo’lib, foydali ish koeffitsienti 27 foizgacha yetishi mumkin. Bu quyosh fotoelektrik o’zgartirgichlarining eng yuqori foydali ish koeffitsientidir. Bundan tashqari 100 0S dan yuqori haroratlarda barqarorlikka ega. Turli materiallardan yasalgan quyosh elementlarining foydali ish koeffitsientlari 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1- jadval

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin