2.2. Energotejamkor yoritish tizimining blok sxemasini loyixalash. Energotejamkor yoritish tizimi nur svetodiodlari orqali ishlab chiqildi. Nur svetodiodlarini tanlashdan maqsad uni isthmol tokini judayam kam ekanligidir. 2.5-rasmda energotejamkor yoritish tizimining blok sxemasi keltirilgan.
Bu yerda: Tarmoq – kundalik yextiyojlarni qondirish maqsadida stemol uchun elektr energiyasini oladigan tashqi elektr manbai.
Avtomatik uzib-ulagich sifatida bizda kuchlanish puskateli ishlatilgan. Bunda puskatelni ikkita yopiq kantakti va ikkita ochiq kantakti ishlatilgan. Ochiq kantaktining birinchisini kirishiga tarmoqning fazasini, ikkinchi kirishiga nolini ulangan. Puskatelni boshqaruvchi chug’amiga (katushkasiga) tarmoq ulab qo’yilgan. Ochiq kantaktining chiqishlariga esa Energotejamkor yoritish tizimi ulangan bo’lib, tarmoqda tok mavjudligida puskatel ochiq kantaktlari ulangan, yopiq kantaktlari esa uzilgan xolatda bo’ladi. Demak, tarmoqda tok borlik vaqtida biz tokni to’g’ridan to’g’ri tarmoqdan olamiz. Puskatelni yopiq kantaktiga invertorimizni o’chirib – yoqish vazifasi yuklatilgan. Tarmoqda tok borligi vaqtida yopiq kantaktimiz ulib qolgan edi. Agar tarmoqda tok mavjud bo’masa yopiq kantaktimiz invertorni ishga tushiradi va aksincha tarmoqqa tok kelsa invertorimizi o’chirib Energotejamkor yoritish tizimini tarmoqqa ulab beradi. Natijada tarmoqda tok bo’lgan vaqtda tormoq tokidan, aks xolda zaxira tokidan foydalanib uzluksiz Energotejamkor yoritish tizimiga erishamiz.
Zaryad qilish blogi – tarmoqdan foydalanib zaxira energiya manbaini to’yintirish blogi. Bu bloni vizifasi tormoqdagi 220 V kuchlanishni 12 V o’zgarmas kuchlanishga aylantirish. Blokning chiqish qismi zaxira energiya manbai asosi akkumlyatorga ulanadi.
Akkumulyator – elektr energiyasini saqlab, kerakli vaqtda elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini beruvchi qurilmadir.
Invertor – o’zgarmas 12 V kuchlanishni o’zgaruvchan 220 V kuchlanishga o’zgartirib beruvchi qurilma. Invertor yuqori chastotali generator, ferritli transformator, ko’prikli to’g’rilagich va past chastotali generatorlardan tashkil topgan. Invertorning blok sxemasi 2.6 – rasmda keltirilgan. Dastlabki generatorni yuqori chastotali qilishga sabab transformatorni o’lchamlarini kichiklashtirish. CHastotasi qancha yuqori bo’lsa transformator o’lchami shuncha kichiklashib boradi.
Ferritli transformator tanlanganligi sababi yuqori chastotali generatori chiqish signali impulg’sli bo’lganligi. Oddiy transformatorning impulg’sli signalga qarshiligi o’ta yuqori. SHuning uchun uni qo’llash maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Ko’prik qilib ulangan diodli to’g’rilagich transformatordan chiqayotgan yuqori chastotali 220 V o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirib beradi. O’zgarmas qilishdan maqsad foydalanish uchun olinayotgan tokni chastotasini 50 Gts qilish. Bunga sabab istemolchilarimiz shu chastotada ishlaydi.
2.7-rasmda. Yoritgichning blok sxemasi keltirilgan bo’lib quyidagi qismlardan tashkil topgan: Tahminlash manbai – tarmoqdan kelayotgan o’zgaruvchan 220 V kuchlanishni o’zgarmas 12 V kuchlanishga o’zgartirish blogi. Generator – Energotejamkor yoritkichni boshqaruvchi P simon tog’ri burchakli impulg’s ishlab chiqaradi. Hisoblagich – Energotejamkor yoritkichlarni birin ketin navbatma navbat yonib o’chishini taminlaydi.
Yoritgich – svetodiodlardan paralel va ketma – ket qilib terilgan yoritgich.
2.5-rasm. Energiya tejamkor yoritish tizimining blok sxemasi