Мундарижа


II BOB Kichik futbol maydonlarini yoritishni energiya tejamkor fotoelektrik quyosh batareyali elektr tag’minoti tizimini yaratish va tadqiq qilish



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə5/14
tarix28.03.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#90823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Fozilov O Kichik futbol maydon (3)

II BOB Kichik futbol maydonlarini yoritishni energiya tejamkor fotoelektrik quyosh batareyali elektr tag’minoti tizimini yaratish va tadqiq qilish.
2.1 Svetadiod yoritkichlari va ularning ishlash printsipi.

Svetodiodlari elektr orqali boshqariladigan yarim o’tkazgich elementdir. Svetodiodlari elektr va yorug’lik xossalari to’g’ri va teskari yo’nalishlarga o’tishlarning siljishdagi zaryadlar ko’chishi mexanizmi xamda yarim o’tkazgichlardagi nurlanishli va nurlanishsiz rekombinatsiya qonunlariga bog’liq.


Svetodiodlari ishlash printsipi asosini elektr energiyasini elektromagnit nurlanishiga aylanishi tashkil etib, uning spektri ko’rinuvchi va infraqizil (IQ) soxalarda yotadi. Yorug’lik diodili struktura elektron-kovak o’tishdan iborat bo’lib, uning bir soxasi, masalan n, emitterli, boshqasi esa -r- bazaviy bo’lsin. Bazaviy soxaga qo’shimcha ravishda neytral aralashma kiritiladi, masalan kislorod yoki azot. Bunday aralashma kiritilishi yarim o’tkazgichlarda qo’shimcha zarad tashuvchilarni xosil bo’lishiga olib kelmaydi, ammo yorug’lik generatsiya qilinishiga ko’maklashadi.

2.1-rasm . Yorug’lik diodining bazaviy soxasida elektronlar rekombinatsiyasining energetik diagrammasi. ( -erkin valentli zonalarni chegaralari; chegaraviy, aralashmali va aralashma oralig’dagi nurlanish [13]).

To’g’ri siljish kuchlanishi o-n o’tishga berilganda emitter soxasidan baza soxasiga elektronlar injektsiyasi boshlanadi (2.1.2-rasm). SHu bilan birgalikda baza soxasidan emitter soxasiga kovaklarni injektsiya protsessi muvofiq ravishda yuz beradi xamda zaryad tashuvchilar rekombinatsiyasi xam baza soxasida va shuningdek emitter soxasida zaryad toshuvchilar rekombinatsiyasi amalga oshadi, lekin baza soxasi yarim o’tkazgichli strukturaning injektsiya qilingan elektronlar energiyasi nurlanish energiyasiga aylanishi samarali sodir bo’ladigan qismidir. O’tish orqali o’tayotgan to’g’ri tok nurlanishli (r-soxada) va nurlanishsiz (n-soxada) rekombinatsiya aktlari sonini belgilab beruvchi elektron va kovaklar toklarini qo’shilishidan xosil bo’ladi. Nurlanishli rekombinatsiyalar sonini ko’paytirish uchun bazaga nisbatan emitterni kuchliroq legirlaydilar. n-soxadan r-soxaga elektronlar oqimi n-soxaga kovaklar oqimidan ko’p bo’lishi nurlanishli rekombinatsiya aktlari sonini ortishiga olib keladi.


Rasm 2.2 Yorug’lik diodining o-n o’tishi tuzilishlari [13]


Qo’zg’olishning kvant nazariyasiga asosan, baza soxasiga injektsiya qilingan elektron kovak bilan rekombinatsiyalashib, nurlanish energiyasi kvantini chiqaradi. Bunda, rekombinatsiya natijasida ajraladigan energiyaning maksimal qiymati berilgan yarim o’tkazgichning tahqiqlangan zonasi kengligiga teng:



bunda h- Plank doimiysi; ­-elektromagnit tebranishlar chastotasi

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin