Munis Xorazmiy


Sharaf ko’rki shahdin adolat chog’i, Erur xalq xushnud, xoliq dog’i



Yüklə 28,12 Kb.
səhifə4/4
tarix20.06.2023
ölçüsü28,12 Kb.
#133167
1   2   3   4
MUNIS XORAZMIYNING SAVODI TA\'LIM ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI

Sharaf ko’rki shahdin adolat chog’i, Erur xalq xushnud, xoliq dog’i.
Ham ozodavashlar bo’lib bandasi, Ham a’doyi sarkash sarofkandasi.
Ko’rinadiki, Munis avvaliga elning duosi, so’ng parvardigorning ko’ngliga yoqadigan gaplar bilan podshoh va uning hukmdorlarini adolatga chorlaydi. Zotan, adolatli hukmdorning ovozasi etti iqlimga ketadi, nomi shuhratga burkanadi. Podshoning asosiy vazifasi va burchi mamlakatda adolat bilan hukm yurgizish, xalqqa zulm qiluvchi amaldorlarni o’z vazifalaridan chetlatish yo’li bilan adolatni uzil-kesil o’rnatishdan iboratdir.
Jamiyatda adolatsizlik, zo’ravonlik, jabr-zulm, o’zaro nizolarning guvohi bo’lgan Munis, ba’zan podshoh va uning amaldorlariga o’ziga xos yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi va pand-nasihatlar qiladi. Masalan, bir o’rinda Munis podshoh saroy amaldorlarini tanlashda ham adolat bilan ish tutmog’i kerak, ya’ni jabr-zulmga moyil odamlarni amaldorlikka yaqinlashtirmaslik kerakki, buning natijasida bir kun dushmanlar bu ishdan foydalanadilar va davlat siyosatiga shikast etkazadilar:
Desang, a’lo shikasti davlatimga topmasunlar dast,
Yig’ atrofingga, ey shoh, adl birla pesha pas ahbob.
Insonga nisbatan rahm-shafqatsiz, mehr-muruvvatsiz kishilar qanday mansab yoki mavqe’da bo’lishlariga qaramasdan, jazo olishlari kerak bo’lgan kishilardir. Shuning uchun Munis podshoh, ya’ni mamlakatning oliy qozisini adolat bilan ish yuritishga, zolimlarni jazolashga chaqiradi. Agar bosh hakam-podshoh adolat qilar ekan, insonparvarlikni o’ziga shior qilib olar ekan, unda butun mamlakat unga ergashadi, ergashmaganlar esa o’z jazosini oladi. Shunday ekan, mutafakkir birinchi galda shoh ehtiyot bo’lishi va bilib-bilmasdan jabr zulm qilib qo’ymasligi kerak, degan g’oyani ilgari suradi.
Yüklə 28,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin