Munis Xorazmiy


SherMuhammad Avazbiy o’g’li Munis Xorazmiy



Yüklə 28,12 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü28,12 Kb.
#133167
1   2   3   4
MUNIS XORAZMIYNING SAVODI TA\'LIM ASARINING DIDAKTIK AHAMIYATI

SherMuhammad Avazbiy o’g’li Munis Xorazmiy (1778-1829) XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida Xorazmda yashab ijod etgan yirik o’zbek shoiri, mohir tarjimon, iste’dodli tarixnavis va husnixat maktabini yaratgan olimdir. U “Munisul-ushshoq” devoni, ma’rifiy-tarbiyaviy “Savodi-ta’lim” risolasi, “Firdavs-ul-iqbol” solnomasi hamda o’zbek tiliga o’girgan “Ravzat-us-safo” (Mirxond) asari bilan o’zbek xalqi madaniyati tarixi xazinasiga munosib hissa qo’shdi.
SherMuhammad Munis 1778 yili Xeva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida tug’ildi. Munis uning adabiy taxallusi bo’lib, “ulfat”, “hamdam”, “do’st” demakdir. Munisning otasi Avazbiy mirob o’z zamonasining fozil va ma’rifatga mayl bildirgan ilg’or fikrli kishilaridan edi.
Munis boshlang’ich ta’limni o’z qishlog’ida olganidan so’ng Xevadagi madrasalardan birida tahsil ko’rdi. “Firdavs-ul-iqbol”da ta’kidlanishicha, madrasada “ilmu fazl”ga chanqoq Munis tengdoshlari bilan “bazmi kitob” qilardi. Chunonchi, Muhammad Xoksor tomonidan yozilgan (1798 y) “Muntahaballug’at”dan foydalanilgan o’nlarcha dunyoviy ruhdagi asarlar ana shu “bazmi kitob”larda munozara va mushohadalarning asosiy mavzusi va manbasi bo’lganligi to’g’risida Munis o’zining “Firdavs-ul-iqbol” asarida “…she’rshunoslar va latifago’ylikdan o’zga so’z joriy bo’lmas edi”, deb yozadi.
Shuningdek, Munis “Firdavs-ul-iqbol”da o’z ustozi, madrasa mudarrisi Saideshonxo’janing etuk shoir, dunyoviy fanlarni chuqur bilimdoni bo’lganligi to’g’risida ham to’xtalib, murabbiy huzuridagi fozil kishilar suhbati, she’riyat kechalari uning zehnida ta’sirchan iz qoldirganligini ta’kidlaydi. Munis madrasa dasturi bo’yicha ta’lim olibgina qolmasdan, balki bo’sh vaqtlarida ilm va ma’rifat ahllari bilan bo’lgan aloqalari va dunyoviy kitoblarni mustaqil mutolaa qilishga berilganligi to’g’risida “Munisulushshoq” devoniga yozgan so’z boshisida bunday deb yozadi: Madrasa sari aylab xirom, Qayu erda ahbob bazm aylasa. 
Tarab irtikobig’a azm aylasa, 
O’zimni alar ichra solur erdim, Ko’ngul qonguncha bahra olur erdim.
Tabiati jibilliy va kayfiyat iqtizosi bilan ahyonan fuzolo xizmatig’a moyil va kitobxonlig’ suhbatig’a dohil bo’lar erdim. Sharafi xizmat natoyiji va asari suhbat mayomini bila tab’imga kayfiyatlar yuzlanib va holatlar dast berib, nazm musiqida mubayyan va vazn zevari bilan muzayyan bo’lur erdi” (“Munisul-ushshoq”, 6-bet).
Munis Xorazmiy o’z ijodining dastlabki davrlarida zamona ahllaridan adolat, xalq haqida g’amxo’rlik kutadi, ularni insof va diyonatga, rahm-shafqatga chaqiradi, hatto ularga bag’ishlab qasidalar yozadi. Saroy hayoti bilan yaqindan tanishish uning umidlarini puchga chiqaradi. Lekin shunga qaramasdan Munis adolatparvarlik, xalqparvarlik va haqgo’ylik g’oyalarini o’z zamonasi hukmdorlari ongiga singdirishga harakat qiladi.
Mutafakkirning fikricha, odamlarni rahm va shafqatga, ehson va sadoqatga, himmat va javonmardlikka da’vat etishni insonparvarlikning ko’rinishlari deb qaraydigan bo’lsak, unda adolat insonparvarlikni yuzaga chiqaruvchi vositalardan biridir.
Adolat insonparvarlikka nisbatan torroq tushuncha bo’lib, zero insonparvarlikda umuman shaxslarning manfaatlari va insoniyat haq-huquqlari himoya qilinadi. Adolat qilish oqni-oq, qorani-qora deyishdan iborat. Adolatning nihoyasida har kim qilmishiga yarasha yo taqdirlanishi kerak yo jazolanishi lozim. Mana shu jihatdan adolatparvarlik va insonparvarlik qisman farqlanadilar.
Munisning fikricha, mamlakat osoyishtaligi va erkinligini ta’min etishning muhim vositalaridan biri-adolatdir. Adolat xalq manfaatini nohaqlik, adolatsizlik, zo’ravonlikdan himoya qiluvchi vosita sifatida xizmat qilishi kerak. Adolat podshoh bilan uning fuqarolari o’rtasidagi munosabatni belgilovchi mezondir. Adolat va odil sudlov ishlari yo’lga qo’yilgan mamlakatning podshohigina xalq hurmatiga sazovordir. Ana shunday davlat boshlig’igagina fuqarolar chin ko’ngildan xizmat qiladi. Fikrimizning isboti uchun quyidagi baytni keltiramiz:

Yüklə 28,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin