Jismoniy madaniyat jarayonida axloqiy madaniyat
Jismoniy madaniyat jarayonida o`quvchilar o`zaro bir-biri bilan va jamiyatning boshqa a`zolari bilan mulokatda bo`ladilar. Jismoniy mashq lar bilan shug`ullanish uchun ma`lum moddiy va ma`naviy kimmatga ega bulgan anjomlar, jixozlardan foydalanadilar. Jismoniy madaniyat chilarning, sportchilarning o`zaro bir-biri bilan munosabati, muomilasi va uni urab olgan ijtimoiy muhit, tabiat omillarining ta`siri bilan ular oldiga muvjud jamiyat axloqi talablariga javob berish muammosini quyadi.
Mamalakat sportchisining, jismoniy madaniyatchisining axloqi - bu millat vakili, mavjud jamiyat kishisining axloqidir. O`zbek sportchi sining maxsus axloq normalari yukki u mazkur jamiyatning oddiy a`zosi axloqi normalaridan farq kilsa.
"Sportchining axloqi" degan axloqni to`zushga urinish bu bizning shark xalklari axloq normalaridan uzoq lashishga olib kelar edi. Biz kiska fikrli, tor uyli sportchini tayyorlamasligimiz, bakuvvat, faqat yaxshi xazm qilish organlariga ega bulganlarni emas, fikrlash doirasi keng, ma`naviy boy, kirishuvchan, yaxshi tashkilotchi bula oladigan individni madaniyatlashni nazarda tutmogimiz lozim. Bu fikrlar ayniqsa navkiron mamlakatimiz yoshlari uchun taaluklidir.
Sportda birlik va umumiylik yagona qonuniy xususiyatdir. Ushbu xususiyat jamoada gavdalanadi. Jamiyat jismoniy madaniyati tarixi millat va jamoaning kuchini ifodalaydi. Mamlakat sportchisi xalkaro maydondagi galabalarning xal kiluvchi omili, o`z xalki, Vatani oldvdagi javobgarlik burchinini xis qilishi lozim. Garbning proffesional sporti esa o`zining vakillariga: shaxsiy manfaatingiz jamiyat manfaatiga mos kelishi shart)mas, o`z nshnngi shi vujudga kelgan holatni xisobga olib xech kanday burch va prinsip bilan boglamay xal kiling deb urgatadi.
2.Jamoat mulkiga ijtimoiy munosabatda bulishni jismoniy tar biya darsida madaniyatlash, shug`ullanuvchilardi jixoz, anjomlar, ishlati layotgan inshoatga yaxshi munosabatda bulishga urgatish, sport maydon larini talab darajasida qayta jixozlash ishida ishtirok etish bilan madaniyatlanadi.
3.Mehnatga ijtimoiy munosabatda bulish jamiyat a`zolari axloq normalarining eng asosiysidir jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish shug`ullanuvchini mehnatda, yuqori ishlab chikarish jarayonida ishtirok etishga va o`zning har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshi rish imkoniyatini yaratadi.
Sportchida esa sport natijasiga erishish mashakkatli va ogir bo`lib, chidam bilan mehnat qilishni talab kiladi. U bilan rekordlarni ngina yangilab kolmay, o`zida mehnat jarayoni uchun kerakli iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni kadrlashga urgatadi.
4.Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga buysunishni urgatadi. Gimnastika, uyinlar,sport, turizm va boshqa jismoniy mashq bilan shu gullanish madaniyatlanuvchilardan urnatilgan qoidani, tartibni katiyyan talab kiladi. Ularni bajara olmaslik sportchini yoki madaniyat lanuvchini maqsaddan uzoqlashtiradi. Sportchi hayotini xavf ostida koldiradi. Sport jarayonida uning axloqiy madaniyatsining iatijasini kurib utishgina kifoya. Masalan, tup uchun kurashayotganda uyinchi tuknashib ketdi deylik. Kimdir aybdor. Ko`pollikka Siz xam javob kilgingiz keladi. lekin sportchi axloqi normalari o`z - o`zini kulga olish va nizoli holatni tinch yul bilan xal qilish uchun axloqiy norma talablari ustun kelishi kerak ligini takazo etadi.
5. Gumanizm normasi insonni xurmat qilishga, kelajak uchun tinch lik uchun kurashishga chakiradiki, bir-birini qullash, yordam berish, ayniqsa musobakalar davomida o`zaro urtoklik yordami tarzida ifodalanadi. SHark xalklarida o`z rakiblariga nisbatan gumanizm ruxi uta yuqoridir. Demak mustaxkam soglomlik va jismoniy tayyorgarlik ja miyat a`zosining axloq pormalarinn, iroda sifatlarini madaniyatlaydi.
Ko‘rsatilib utilganidek, jimoniy tarbiya jarayoni, boshqa jarayen larday doiim harakatda bo‘lib, mashg‘ulotdan – mashg‘ulotga, etapdan-etap ga uzluksiz o‘zgarib boradi. Bundagi xarakterli belgi – mashqlar murak kabligini, ular ta’siri davomiyligi va kuchini oshirishdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga utishi aytarli darajada qiyin bo‘lib, birinchi navbatda, ma’lumot, bilim berish vazifalarini hal qilish uchun zarur: tabiiy ki, mashqni yangilamay turib, hayot uchun katta ahamityali zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalarini egallash qiyin. Bu keyinchalik takomillashtirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, harakat malakasi va bajara bilish zaxirasi shuncha boyidi, shu sababli yangi harakat faoliyatlari shaklini o‘zlashtirish, egallash, avvaldan egallangan malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish osonlashadi. Undan ham ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayonida, buning natijasida sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengishda (harakat vazifalari), harakat faoliyatini o‘z-o‘zidan koordinatsiya lash kobiliyati rivojlanadi va takomillashtirishning bepoyon ufklari ochiladi.
Harakat faolityalari shaklini qiyinlashtirish bilan bir qatorda jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy yukning (nagruzkning) barcha komponentlari oshib borishi kerak. Bu quyidagi jismoniy sifatlar-kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirish qonuniyatlari asosida hal kilinadi.
Ahamiyatli holatlardan biri shundaki, jismoniy mashqlar ta’si ri dan organizmda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar darajasi (ma’lum darajadagi fiziologik chegarada) yuklamalarning xajmi va intensivli giga proporsionaldir. Agarda lozim bo‘lgan barcha sharoitlarga rioya ki linsa, shu qatorda yuklama meyoridan, yangi tolikish chegarasi boshlana digan joydan oshmasa - yuklama qancha yuqori bo‘lsa, adaptatsiya davri nag ruzka uchun shunchalik ahamiyatli va puxta bo‘ladi; yuklama qanchalik intensiv bo‘lsa, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik bakuvvat bo‘ladi. Bu muskullar energiyasi resurslarinig tiklanishi misolida taj ribada isbotlangan.
Organizmning javobi bir turdagi yuklamalarga o‘zgarmas bo‘lib ko lavermaydi. Shu yuklamaga moslashgan sari u keltirib chiqargan orga nizmdagi biologik o‘zgarishlar karib boradi, tashki ish birligiga sarf langan energiya ozayadi, upka ventilyatsiyasi, yurakning minutli urish chasto tasi va kon bosimi kamayadi: kon tarkibidagi bioximik va miorfologik o‘zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazari dan “funksiyani tejamlashtirish» sodir bo‘ladi. Organizm funksional imkoniyatining o‘zgarmas ishlariga moslashishining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iktisod qilish, qisman oz zuri kish bilan bajarishga olib keladi. Yuklamalarga biologik moslanishning ma’nosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining yetakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish organizmda sodir bo‘lsa, o‘zgarish – jismoniy sifatlarning rivojlanishi tuxtaydi. Bu, o‘z navbatada, yukla mani sistemali o‘zgartirib uning xajm va intensivligini oshirib boradi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruxiy sifat larni ham tarbiyalashga ham taalukli ekanli gini ko‘rsatadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishdek ruxiy sifatlar shu sifatni talab kiluv chi faoliyatlarni bajarish orkali rivojlantiriladi. Ruxiy sifatlarni namoyon qilish darajasi psihologik qiyinchiliklarning ulchovi va uni yenga olishga bog‘liq. Shunga kura, ruxiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamlar va topshiriklarni asta-sekinlik bilan oshirib borish va uni yenga olish orkali tarbiyalanadi.
Topshiriklarni qiyinlashtirish shartlari va yuklamalarni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemalilik prin siplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ay rim shartlari ustida tuxtaldik. Talablarni oshirish ijobiy natija larga - yangi vazifalar va unga bog‘liq bo‘lgan yuklamalarning shug‘ullanuv chilar uchun kuchiga yarasha bo‘lsagina, organizmga keragidan ortik talab kuymasa, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shart laridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o‘zaro bog‘liqlik), mashg‘ulotlarning muntazamliligi va yuklamani dam olish bilan optimal navbatlash tirish xisoblanadi.
Shu o‘rinda puxtalilikning ahamiyatini ham e’tibordan chetda kol dirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikmalarning puxtaligi va orga nizmning moslashuvi (adaptatsiyasi) puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va ogir mashqlarga utish shakllangan malakalar ning mustaxkamlanish darajasi va yuklamalarga moslashu vi orkali borishi lozim. Mustaxkamlanmagan malaka yuklamaning kattaligidan tez bo‘zilishi mumkin (shuningdek, interferensiya ta’siridan ham). Chunki yangi mashqlarga utish paytida ham shunga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga tusik bo‘ladi, sababi ular (malaka lar) oyokka turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, yuklama dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasida xavfli muvofiklik vujudga keladi.
U yoki bu yuklamaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’ lum dakikalarda) moslashmaydi. Shug‘ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilish imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib utilgadek, bir xil vaqt (muddat) talab kilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funksiyasida ham ma’lum o‘zgarish bo‘ladi. Nerv muskul sistemasining almashinuvi-aktiv xujayralarida funksional va struk tura uzga rish lari uchun nisbatan uzoqrok (kamida bir xafta) vaqt kerak bo‘ladi. Eng ko‘p vaqt esa, bir oycha, tayanch boglov apparati xujayra laridagi uzga rishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi muddatla ri albatta nagro‘z kalarning xajmiga ham bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, yuklamalar dinamikasi asta-sekinlik bi lan xarakterlanishi lozim. Bunda yuklamalarni asta sekin oshirishning turlicha shakillaridan foydalanidi: to‘g‘ri chizik bo‘ylab, pogonasi mon, to‘lqinsimon;
Birinchi holda (to‘g‘ri chizik bo‘ylab) yuklama dinamikasi ning oshirilishi xaftadan - xaftaga bir xil ulchamda (razmerda) sodir bo‘ladi. Yuklamalarni nisbatan yuqori bo‘lmagan tempda oshirish va mashg‘ulotlar orasidagi (ahamiyatli) intervallarni ta’minlash asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi.
Yuklama dinamikasini popgnama-pogona oshirish qatorasiga utka zilgan bir necha mashg‘ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagisiga utiladi. “Sakrash» paytida (navbatdagi pogonaga) to‘g‘ri chizik bo‘ylab oshirishga nisbatan yuklama dinamikasi keskin oshiriladi; lekin bunda moslanish jarayonlarining borishi yengillashtiruv chi stabillashuvi xodisasi nisbatan sezilarli ifodalangan. Yuklamaning ana shunday dinamikasi shakli nisbatan ahamitli bo‘lganlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Tulqinsimon dinamika shunday xarakterlanadiki, bir muncha sekin, bir tekisda yuklama berib borilib, birdaniga keskin ko‘tarish kilinadi. Lekin uni asta-sekin yana pasaytiriladi. Chunki funksional moslashuv orkada kolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach nag ruzka yanada katta “to‘lqin» bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlik bo‘zilmasligi muximdir. Shunday qilib yuklama xajmi va intensivligini eng katta mikdoriga olib chiqish mumkin.
Umuman, uzoq muddat davom etgan mashg‘ulotlarda yuklamaning dina mikasi haqiqatdan ham to‘lqinsimon yoki uxshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo‘lsa, yuklamaning to‘g‘ri chizik bo‘ylab va pogonasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi xajmi va intensivligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bu qator tabiiy sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar sabablari, bilan belgilanadi va ular moxiyat jixatidan yetakchi rol o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchi dan, yuklama xajmi va intensivligini oshirishdagi karama-karshiliklar.
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (forma si) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, tur li organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘l may, kayta kurishga moslashish dinamikasi, yuklama dinamikasidan “orkada» kolgandek bo‘ladi: avvaliga yuklamalar oshiriladi, so‘ngra yangi oshiril gan talablar orkali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashg‘ulotdan mashg‘ulotga yoki xatto bir mashg‘ulotning bir seriyasida boshqa seriyasi yuklama orttiraverilsa yuklamaning umumiy xajmi yuko riligiga kura, ertami - kechmi baribir organizm ning imkoniyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l kuymaslik uchun yuklamani umumiy xajmining to‘lqinsimon» ko‘tarish” va “pasaytirish» larni kullab nisbatan kechrok mosla shuvchi organizmdagi uxshash holatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning xajmi va intensivligi, boshqachasiga ayt ganda, jismo niy ishning mikdoriy yig‘indisi va uning zurikish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma’lum chegaraga egaligi bilan ifodalanadi.
Xajmning keyinchalik oshirilishi intensivlik, stabilla shuvi, so‘ngra uning pasayishi bilan bog‘liq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va xajmini oshirishga olib keladi.
Birok jismoniy tarbiya jarayonida xajm hamda intensiv likni umu miy tendensiyasini oshirib borish bir oz ushlani shi kerak bo‘ladi, bo‘lma sa, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta’ minlab bo‘lmaydi.
Bu karama-karshilik yuklama dinamikasi yordami bilan hal kilinadi.
Har bir to‘lqin vaqti bilan bir biriga tushmaydi gan xajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo‘laklari xususida gapirilganda (xaf ta yoki oy nazarda tutiladi) yuklamalarning xajmi nisbatan ko‘pay tirilishi sodir bo‘ladi; bunda intensivlikning tempi unchalik oshiril maydi. So‘ngra ma’lum darajadagi stabillashuvda so‘ng xajm qisqartiri lib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqin larning xajm va intensivligi pasayishi” - yengillashgan yakunlovchi daki ka xisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin nag ruzka usishining umumiy tendensiyasi yuqori darajada utadi.
Bu tendensiya ko‘p yilik mashg‘ulotlar davomida saklanadi, ma’lum vaqt utishi bilan u umumiy tendensiya bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishining kuchayishi xisobiga) va yillik mashg‘ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. Shun day qilib shu kungacha yuklamaning umumiy dinamikasi ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi kuzatilmokda.
Dostları ilə paylaş: |