Eslatma:Har bitta soch tolasida va teri tangachasida zamburug’ elementlari o’lavermaydi, shuning uchun zararlangan soch tolalari teri va timoq tangachalarini tanlay bilish zarur.
O’ng qo’lga skalpel ushlanadi va zararlangan terining har yer haryeridan periferiyasi tomon skalpelda 36 – 45 gradus burchak ostidaog’dirilgan holda ortiqcha bosmasdan, yengil harakatlar bilan zararlanganteri qirib olinadi va buyum oynasiga tushiriladi.
Ayollarning siydik chiqarish kanalidan, bachadon bo’ynidan va qindan surtma olinadi. Buning uchun avval siydik chiqarish kanalining kirish qismi quruq doka tampon bilan artib tozalanadi.
Qo’l sovun bilan yuviladi, rezina qo’lqop kiyiladi.
Bemor akusherlik stoliga yotqiziladi.
Avval jinsiy lablar kerilib, siydik chiqarish kanalining kirish qismi quruq doka tampon bilan artib tozalanadi va siydik chiqarish kanalidan surtma olinadi, buyum oynasiga surtiladi. Keyin tabaqasimon ko’zgu qinga qo’yiladi. Bachadon bo’ynidan surtma olinadi va buyum oynasiga surtiladi. Qin devorlaridan surtma olinadi va buyum oynasiga surtiladi.
Eslatma: har bir joydan surtma olinayotganda qoshiqchalar almashtiriladi. Ishlatilgan buyumlar zararsizlantiriladi.