MUOLAJANING BAJARILISHI
Qo’l sovun bilan yuviladi, rezina qo’lqop kiyiladi.
Spirtda ho’llan ganpaxta bilan artiladi.
Bemorga qulay sharoit yaratiladi.
Tekshiriladigan moddaning kuchsiz 1-2%eritmasi yoki emulsiyasi tayyorlanadi.
Bilakning yozuvchi yuzasiga 2x2 sm kattalikdagi bir bo’lak doka to’rtga buklanib, shu eritma yoki emulsiyaga yaxshilab namlanadi va teriga qo’yiladi.
Qo’yilgan doka ustidan kleyonka to’shab, yopishqoq plastir bilan yopishtiriladi.
Eslatma: 24 – 48 soatdan, gohida 72 soatdan keyin teri sinamasi musbat natija bersa, o’sha joyda har xil darajada bo’ladigan yallig’lanish reaksiyasi topiladi.
MUOLAJALAR ALGORITMI
STAFILOKOKK VAKSINASI, ANATOKSINI VA
ANTIFAGININI QO’LLASH
KO’RSATMA: Terining yiringli kasalliklari.
MONELIK: Allergik holat.
KERAKLI ANJOMLAR:
Spirt.
Paxta.
Shprits.
Stafilokokk vaksinasi.
Stafilokokk anatoksini.
Stafilokokk antifagini.
NaCl eritmasi.
Stafilokokk vaksinasini yuborish
Qo’l sovun bilan yuviladi, rezina qo’lqop kiyiladi.
Vaksinani yuborish usullari: Teri ostiga, teri ichiga, mushak orasiga 2 – 3 kun oralab yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |