Vaksina birinchi bor yuborilganda 0,9 % li NaCl eritmasiga 1:10 da yoki 1:100 nisbatda suyultiriladi.
3.0,05 – 01 ml teri ostiga yuboriladi. Bemorning adekvat reaksiyasi kuzatiladi.
Yuborilgan joyda qizarish, shish paydo bo’lib, harorati 37,5 C ga ko’tarilganda vaksina miqdori oshirib boriladi. (0,2-0,3-0,4-0,5 ml)
Davolash kursi: 10 – 12 inyeksiyani tashkil etadi.
Eslatma:Stafilokokk vaksinasi 1 ml dan ampulada chiqariladi, har bir
ampulaning ichida 2 milliard mikrob bor. Vaksinaning bir martalik maksimal
miqdori 1 ml.
MUOLAJALAR ALGORITMI
STAFILOKOKK ANATOKSININI YUBORISH
KO’RSATMA: Terining yiringli kasalliklari.
MONELIK: Allergik holat.
KERAKLI ANJOMLAR:
l.Spirt.
2.Paxta.
3.Shprits.
4.Stafilokokk vaksinasi.
5.Stafilokokk anatoksini.
6.Stafilokokk antifagini.
7. NaCl eritmasi.
MUOLAJANING BAJARILISHI
Qo’l sovun bilan yuviladi, rezina qo’lqop kiyiladi.
Stafilokokk anatoksini kuniga 1 marta, chuqur teri ostiga 0,1 ml dan yuboriladi.
Uch kun oralab anatoksin 0,2 ml dan ko’paytirilib yuboriladi (0,1-0,3-0,5-0,7-1-1,3-1,5-2ml).
Davolash kursi 9 inyeksiyani tashkil qiladi.
Eslatma:Anatoksin organizmga antibiotklar va umumiy davolash vositalari bilan birga yuboriladi. Davolash kursi 1 oydan so’ng takrorlanishi mumkin. Bemorda kuchli mahalliy va umumiy reaksiya kuzatilganda, vaksina suyultirilib bir xil miqdorda yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |