Muqaddas burch izhori qalbdan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi


Ustoz: - Vatanparvarlik qanday tuyg’u? O’quvchilardan biri



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə4/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#112490
1   2   3   4
@Talim fidoiylari kanali 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga ssenariy

Ustoz: - Vatanparvarlik qanday tuyg’u?
O’quvchilardan biri: - Vatanparvarlik ota-bobolardan qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o’z ona Vatanini dushmanlardan, yot va begona g’oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslikdir.
2-o’quvchi: - Ba’zida Vatanparvarlik qahramonlik bilan egiz bo’ladi. Mustaqil ona – Vatanimiz sarhadlarini yovuz niyatli kimsalardan himoya qilishda mardlik va jasorat ko’rsatib, qahramonlarcha halok bo’lgan yigitlarning jasorati yuksak insoniy fazilatdir. Ularning nomlarini hech qachon Vatan, xalq unitmaydi. Ular yurtimiz tinchligini hamma narsadan aziz bilib, o’zlarini fido qildilar. Ularning buyuk jasorati biz yoshlarga bebaho ibratdir.
Ustoz : - Juda to’g’ri. Demak, bolajonlar nafaqat harbiylar, balki har birimiz vatanparar bo’lishimiz kerak.
Tadbir yakunida ustozning so’zi: - Tinchlik eng oliy va bebaho ne’matdir. Tinch yurtda yuksalish va bunyodkorlik rivoj topadi.
Azizlar, ona Vatan tinchligini asrash yo’lida o’z hissamizni qo’shish, har birimizning insoniy va muqaddas burchimizdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Vatanimiz sarhadlarining mudofaasi va himoyasi, xalqimizning tinch mehnati va osoyishtaligini ta’minlash ishonchli qo’llarda ekan, vatanparvar himoyachilarimiz baxtimizga hamisha omon bo’lsin. Yurtimizda tinchlik abadiy hukm sursin! Bayramingiz qutlug’ bo’lsin!
Tadbir so’ngida ishtirokchilar Zulfiya Mo’minova so’zi, Shuhrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “Vatan” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.

TELEGRAM KANALIMIZGA OBUNA BO’LING HAMDA BUNDANDA QIZIQARLI VA KERAKLI MA’LUMOTLARDAN BAHRAMAND BO’LING.
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin