Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə5/22
tarix23.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#80353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Muqobil energiya manbalari (1)

Avtonom fotoelektrik tizimlar: Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta‘minoti mavjud bo‗lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta‘minoti va quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur. Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta‘minoti uchun tez-tez qo‗llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta‘minlashi mumkin
(yoritish manbai, ba‘zan televizor yoki radio), o‗ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan (1-rasm).

1 – rasm. Avtonom fotoelektrik tizim


1 quyosh paneli; 2 kontroller; 3 AB; 4 yuklama


Tarmoq bilan ulangan quyosh fotoelektrik tizimlari: Markazlashtirilgan elektr ta‘minot manbalari mavjud bo‗lsa ham, gohida toza elektr energiya manbaidan foydalanishga hoxish bo‗ladi, bunda quyosh panellari tarmoq bilan ulangan bo‗ladi. Etarli miqdordagi quyosh panellari bir biri bilan ulanganda yuklamaning bir qismi uyda quyosh elektr energiyasidan ta‘minlanishi mumkin. Tarmoq bilan ulangan fotoelektrik tizimlar odatda bir yoki bir nechta panellardan va invertor, kabellar, qo‗llab quvvatlovchi tizim va elektrik yuklamadan iborat bo‗ladi.(2-rasm)

2-rasm. Tarmoq bilan bog‗langan quyosh fotoelektrik tizim


1 – quyosh paneli; 2 – tarmoq invertori; 3 –lokal elektr tarmoq;
4 – yuklama
Invertor quyosh panellarini tarmoq bilan bog‗lash uchun xizmat qiladi. Shuningdek AS-panellar ham mavjud bo‗lib ularning orqa tomoniga invertor o‗rnatilgan bo‗ladi.
Ortiqcha elektr energiyasi elektr tarmog‗iga uzatilishi mumkin. Agar quyosh elektr ta‘minoti uchun maxsus kuchaytirilgan tariflar foydalanilsa unda 2 ta elektr hisoblagichi, biri generatsiya uchun, keyingisi iste‘mol uchun o‗rnatiladi.
Bunda quyosh panellari tomonidan ishlab chiqilgan elektr energiyasi tarmoqqa yuqori tarif bo‗yicha sotiladi, uyning elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoji tarmoqdan odatiy narx bo‗yicha olinadi. Shunday qilib nafaqat elektr energiyaga bo‗lgan yil davomidagi nul chiqimlarni, balki yil ichida nul iste‘molni ham (yozda ortiqcha energiya tarmoqqa jo‗natiladi, qish oyida esa kun bulut vaqtlarida uy asosan tarmoq orqali oziqlanadi.)

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin