Muqobil energiya manbalari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə6/22
tarix23.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#80353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Muqobil energiya manbalari (1)

Rezerv tizimlar: Markazlashtirilgan elektr ta‘minot tarmoq bilan bog‗langan bo‗lsada, lekin ishonchli bo‗lmasa bunday holatlarda rezerv quyosh tizimlaridan foydalaniladi. Tarmoqda kuchlanish bo‗lmagan vaqtlarda ham mavsumiy vaqtlarda elektr ta‘minot uchun rezerv tizimlar qo‗llaniladi. Kichik rezerv quyosh tizimlari aloqa vositalari, kompyuterlar (telefon, radio, faks va hokazo) elektr ta‘minoti uchun foydalaniladi. Yirik quyosh rezerv tizimlari tarmoqda uzulishlar bo‗lgan vaqtlarda muzlatgichlarni ham energiya bilan ta‘minlash mumkin. Yuklanmani zaruriy oziqlantirish uchun, ayniqsa tez-tez tarmoqda uzulishlar bo‗lgan vaqtda fotoelektrik tizim katta quvvatga ega bo‗lishi zarur.

3-rasm. Rezerv fotoelektrik tizimlar


1 – quyosh paneli; 2 invertor; 3 – AB; 4 – elektr tarmoq; 5 –
yuklama
Agar tarmoq mavjud bo‗lsa, tizim odatdagidek u bilan bog‗langan holda ishlaydi.
Tizim quyosh paneli, kontroller, akkumulyator batareyasi, kabellar, invertor, yuklama va tayanch strukturadan iborat (3-rasm).
Zaryad-razryad kontrollerlari: Avtonom fotoelektrik tizimlarda zaryad-razryad kontrollerlari ortiqcha energiya sarfi bo‗lganda akkumulyator batareyasini (AB) chuqur razryaddan himoya qilish va AB to‗liq zaryad holatida quyosh paneli elektr energiya generatsiya vaqtida AB ni qaytadan zaryadlanish holatidan asraydi. (4-rasm). Zaryad-razryad kontrolleridan foydalanishda afzalliklaridan biri shuki, AB razryad holatida yuklamani darhol uzadi.

4-rasm. Zaryad-razryad kontrolleri


Odatda fotoelektrik tizimlar zaryad-razryad kontrollerlari bilan ta‘minlanadi. Shuning uchun yuklama hech qachon to‗g‗ridan to‗g‗ri AB ga ulanmaydi, bunda AB ishdan chiqishi mumkin.


Keng –impulsli modulyatsiyali zaryad tokiga ega kontrollerlar: Oddiy kontrollerlar AB kuchlanish 14,4 V ga etganida energiya manbai (quyosh batareyasi) ni uzadi (AB nominal kuchlanish 12 V). AB da kuchlanish ≈ 12,5− 13 V ga kamayganida quyosh paneli qaytadan ulanadi va zaryad AB da tiklanadi. Shuning uchun AB maksimal razryadlanish darajasi 60−70% ni tashkil etadi. Muntazam ravishda to‗liq zaryadlanish bajarilmasa, AB ning yaroqlilik muddati kamayadi.
Zamonaviy kontrollerlar zaryadning tugash bosqichida keng impuls modulyatsiyali zaryad toki (KIMZT) deb nomlanadigan jarayondan foydalaniladi. Bunda AB zaryadi 100% gacha zaryadlanadi. 5-rasmda quyosh paneli yordamida AB zaryadlashning 4 ta bosqichi ko‗rsatilgan.

  1. Maksimal tok bilan zaryadlash. Bu bosqichda AB quyosh panelidan kelayotgan hamma tokdan foydalanadi.

  2. KIMZT dan foydalanish. AB da kuchlanish aniq sathga chiqqanida kontroller doimiy kuchlanish bilan KIMZT hisobiga ta‘minlay boshlaydi. Bu AB da gaz ajralib chiqishi va o‗ta qizishni oldini oladi. AB zaryadlanish sathiga qarab tok kamayib boradi.

  3. Tenglashish. Ko‗pgina suyuq elektrolitga ega AB gaz hosil bo‗lishigacha davriy zaryadlanish davomida ish jarayoni yaxshilanadi, elektrolit aralashib plastinalar tozalanadi, AB har xil bankalarida kuchlanish tenglashadi.

  4. Tayanch zaryad. AB to‗liq zaryad holatida bo‗lsa ham, zaryad kuchlanishi batareyada gaz ajralib chiqqanda yoki uning qizishi vaqtida kamayadi, bu vaqtda AB zaryad holatida ushlab turiladi.






5-rasm. Quyosh panelidan akkumulyatorni zaryadlashdagi bosqichlar.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin