Musiqa madaniyаti ta’limida darsdan tashqari ishlarni tashkil etish


To‘garak mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish



Yüklə 200,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix29.03.2023
ölçüsü200,91 Kb.
#90893
1   2   3   4   5
1ixcaC75Wqe0q5FelyVY1ioO9PV1Yt5uYsklFe0s

To‘garak mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish 
Pedagogikada sinfdan tashqari ishlar deganda ta’limiy va tarbiyaviy 
xarakterga ega bo‘lgan, sinfdan tashqari vaqtda tashkil qilinadigan va 
o‘tkaziladigan ishlarga aytiladi Demak, sinfdan tashqari ishlar ham o‘quv 
tarbiyaviy jarayonning bir qismi bo‘lib amaliy, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni 
ko‘zlaydi.
O‘rta maktabdagi musiqa madaniyati fanidan darsdan tashqari ishlarni 
samarali olib borish, asosan, 2 muhim vazifani o‘z ichiga oladi:
O‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, bilimlarini 
chuqurlashtirish hamda musiqiy tasavvurlarini rivojlantirish;
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish ularni madaniyatli qilib 
kamolotga yetkazishda va estetik tarbiyasini samarali amalga oshirish maqsadi 
asosida tashkil etish.
Sinfdan tashqari ishlar uchun xarakterli xususiyati quyidagicha:
U yoki bu to‘garak turini o‘zlari erkin holda tanlab olishlari;
Darsning strukturasiga nisbatan erkinlik (musiqa xonasida, parkda, muzeyda, 
hovlida o‘tilishi mumkin);
qat’iy nazoratning yo‘qligi.
Bularning barchasi o‘quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni o‘stirishga xizmat 
qiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni kontsert, ijodiy kecha, 
tadbirlar o‘tkazish va ushbu tadbirlarda yangi qo‘shiqlarni ijro qilish orqali olib 
borilishi mumkin. Bunda o‘quvchilardan ijodiylik va faollik talab qilinadi.



O‘rta sinflarda sinfdan tashqari ishlarni turli tillarda qo‘shiqlar kuylash, nota 
misollarini sol’fedjio qilish, musiqa o‘quv adabiyotlaridan foydalanib musiqa 
asarlarini chalish kabi ishlarni olib borish mumkin. 
Buning uchun quyidagi muhim jihatlar inobatga olinishi kerak: 
1. Dars va sinfdan tashqari ishlarning o‘zaro bog‘liqligi; -darsda hosil 
qilingan ko‘nikma va malakalar sinfdan tashqari ishlar vaqtida rivojlantiriladi. Bu 
jarayonda o‘quvchilarga yangi asarlar berish maqsadga muvofiq. Sinfdan tashqari 
ishlarda ishlatiladigan asarlar o‘quvchilar uchun qiziqarli va ularning yosh 
xususiyatlari hisobga olgan holda tanlangan bo‘lishi kerak. 
2. Sinfdan tashqari ishlarni bir maqsadga qaratilganligi va doimiyligi.
3. O‘quvchilarning ushbu faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otishda 
sinfdan tashqari ishlarning o‘tkazish joyi, vaqtining bolalar uchun qulay 
tanlanganligi. 

Yüklə 200,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin