Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 197 Kb.
səhifə8/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Musiqa mashg’uloti qanday faoliyat turlaridan iborat?

2. Musiqaviy didaktik o’yin qanday faoliyat?

3. Musiqa rahbari mashg’ulot olib borishda nimalarga e’tibor berishi kerak?

Mavzu: Bоlаlаr musiqа аdаbiyoti.

Reja:

1. Bolalar uchun xalq musiqasi.

2. Bolalar uchun zamonaviy musiqa.

MTMda bolalarni o’zbek xalq kuylari, qo`shiqlari va o`yinlari bilan tanishtirish, ularni o’zbek musiqa madaniyatini, urf-odatlarini, an’analarini yanada chuqurroq bilishga, qiziqtirishga undaydi. O`zbek xalq kuylari jozibasi bolalar diliga yaqin. Xalq kuylari bolalar uchun tushunarli, chunki uning kuyi oddiy, kuychan, ifodali. Bolalar bog`chasida xalq kuylari musiqa tinglashda, raqslarda foydalaniladi. Masalan: “Do`loncha”, “Yallama yorim”, “Andijon polkasi”, “Asp bo’laman”, “Lazgi” kuylari shular jumlasidandir. Bolalar bog`chasida musiqa mashg’ulotlarida o`zbek xalq musiqa namunalaridan keng foydalanish bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ona Vatanga bo`lgan muhabbat hissini oshirishda yaqindan yordam beradi.

O`zbek bolalar bog`shasi uchun 1955 yilda yaratilgan “Kichkintoylar musiqasi” qo’llanmasi o`sha davrda bog`chada bolalarga musiqiy ta’lim-tarbiya berishda yordam berdi. Bu to`plamda o`sha davrda ijod qilgan bastakorlar: Ikrom va Ilyos Akbarovlar, M. Nasimov, A. Muhammedov, S. Abramova qo`shiq va marshlari hamda rus qo’shiqlari o’zbek tiliga tarjima etilgan asarlari bor edi. Bu asarlar oddiyligi, bolalarga o’rganish uchun osonligidan hozirgi kunda ham sevib o’rganilib kelinmoqda.

Zamonaviy o’zbek bolalar kompozitorlarining samarali mehnatlari natijasida bolalar uchun yaratilgan kuy-qo’shiq namunalari kundan-kun ko’payib bormoqda. Hozirgi kunda N. Norxo’jayev, Sh. Yormatov, D. Omonullayeva, A. Mansurov, L. Mujdaboyeva, M. Ikromova singari bolalar kompozitorlari o’zlarining serqirra asarlari bilan bolalar musiqasiga katta hissa qo’shib kelmoqdalar. Bu kompozitorlar musiqa mashg’ulotining turli faoliyatlari uchun ko’pgina asarlar yaratmoqdalar. Shuningdek D. Omonullayevaning “Binafsha”, M. Qosimova. “Bolalar bog`chasida o`zbek xalq milliy raqslari”, Sh. Yakubovaning “Bolalar musiqa asarlari ustida ishlash”, “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o’qitish metodikasi” to’plamlari musiqa rahbariga katta yordam bermoqda.




Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin