Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja



Yüklə 197 Kb.
səhifə1/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Musiqa metodikasi majmua


MUSIQA METODIKASI

fanidan

O’QUV USLUBIY

MAJMUA

Mavzu:MTMdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri.

Reja:

1. Musiqa mashg’ulotining maqsadi.

2. Musiqa mashg’ulotining asosiy vazifalari.

3. Musiqa tarbiyasining aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya va nafosat bilan bog’liqligi.

Maktabgacha ta’lim mussasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didni o`stirib, bolalarga musiqani o`rgatish jarayonida unda hayot o`z aksini topishini anglatishdir. Musiqa mashg`ulotlari oldiga qo`yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda o`stirib borish lozim. Kichkintoylarning musiqiy uquvi va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:

-musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati)

-tembr uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish)

-ritm tuyg`usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlash, chapak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash).

Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqa mashg`ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.

Bolalar bog`chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim –tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-kichkintoylarni musiqaga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish;

-musiqiy asarlar bilan tanishish jarayonida emotsional his-tuyg’ularni hosil qilish yo’li bilan ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;

-bolalarni musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobilyatlarini shakllantirib borish;

-bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo’shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o’rgatish va odatlantirish;

-musiqiy asarlardan zavq olishi, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr yuritishni rivojlantirish;

-musiqa mashg’ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlarni o’yin va raqs shaklida ifoda etishga o’rgatish;

-musiqa mashg’ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg’u sozlarimiz jo`rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o’rgatish;­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­

-musiqa mashg’ulotlari mazmunini bog’cha hayoti bilan bog’lash, bog’chada o’tkaziladigan tadbirlarda o’rganilgan kuy va qo’shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil etish.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin