Musiqa metodikasi fanidan O’quv uslubiy majmua mavzu: mtmdа musiqа tаrbiyasining аhаmiyati vа vаzifаlаri. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 197 Kb.
səhifə3/41
tarix02.01.2022
ölçüsü197 Kb.
#41349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Musiqa metodikasi majmua

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. MTMda musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

2. Bolalarning musiqiy uquv va qobiliyatlari qanday faoliyatlardan iborat?

3. MTMda olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Topshiriq:

Bola tarbiyasida musiqaning ahamiyati” mavzusida referat tayyorlash.



Mavzu: Musiqа rаhbаrining mа’nаviy, аhlоqiy qiyofаsi vа ungа qo`yilgаn tаlаblаr.

Reja:

1. Musiqa rahbarining bog`cha hayotidagi o`rni.

2. Musiqa rahbariga qo`yiladigan talablar.

3. Musiqa rahbarining vazifasi.

Musiqa o`z tabiatiga ko’ra insonlar hayotini, ularning turli voqealarga nisbatan munosabati va ichki kechinmalari xilma-xil tovush orqali badiiy obrazlar vositasida tasvirlaydi. Musiqa bolalar hayotiga kuchli ta`sir eta olishi bilan birga ularni nafosat olamiga olib kiradi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma’naviy madaniyatli etib tarbiyalashda musiqa rahbarining vazifasi ustivordir. Zero, bog`chada o`tkaziladigan musiqa mashg`ulotlari va bayram ertaliklarining asosiy maqsadi go`zallik qonuniyatlari asosida barkamol shaxsni shakllantirish vazifalarini amalga oshirish uchun musiqa rahbarining musiqaviy o`rni juda kattadir. Musiqa rahbari, avvalo, bolalarni sevishi, bolalar fiziologiyasini, o`z kasbiga oid musiqa o`qitish metodikasini, musiqa nazariyasi, ritmika, vokal darsligi, solfedjio, dirijyorlik kabi fanlarni puxta bilishi lozim. Musiqa rahbarining bog`cha hayotidagi o`rni beqiyosdir. U o`z kasbiga mehr qo`ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega inson bo`lmog`i lozim.

Bolaning uch yoshidan yetti yoshgacha bo`lgan davrini maktabgacha davri deb hisoblaymiz. Bolalarda ushbu davrda paydo bo`ladigan taassurotlar izi umrbod saqlanib qoladi. Bu bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o`sishi va dunyoni bilish, atrof-muhitga o`z munosabatini bildirish istagi kuchayib boradigan davrdir. Shu sababli tarbiyachi va ota-onalar bolalarni har tomonlama yetuk bo`lib o`sishiga jiddiy e’tibor berishlari kerak.

Musiqa rahbari tomonidan yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalarni barkamol inson bo`lib yetishishlariga ijobiy ta’sir etadi. Bu ishda bolalar bog`chasi pedagogik jamoasining ishtiroki va faolligi juda muhimdir. Musiqa mashg`ulotlarini gigiyenik talablarga javob beradigan darajada olib borish musiqa rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Bayram ertaliklar bolalarni badiiy tarbiyalash shakllaridan biridir. Musiqa rahbari bu ishga ijodiy yondashib to`g`ri tashkil qilgan bayram va bayram shaklidagi tadbirlar bolalarni kichik yoshidan boshlab ma’naviy ozuqa olishga, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Musiqa rahbari bolalarni ajoyib dunyo-musiqa olamiga olib kiradi, san’atga qiziqtiradi va uni sevishga o`rgatadi. To`g`ri tashkil etilgan musiqiy tarbiya jarayoni bolalarni barkamol inson bo`lib ulg`ayishlariga ko`maklashadi. Musiqa rahbari zamon bilan hamnafas qadam tashlashi lozim. U zamonaviy texnik vositalardan foydalana olishi, korgazmali qurollar tayyorlashi bilan birga DTS dasturiga muvofiq milliy musiqamiz, qadriyatlarimiz, cholg`u sozlarimiz tarixi, mumtoz kuylarimiz, o`zbek xalq musiqasining ommaviy janrlari-lapar, terma, yalla, alla singari asarlarini mukammal o`rganib, kichkintoylarning yoshidan kelib chiqqan holda tushuntiradigan, qiziqtira oladigan, olijanob, mehnatkash inson bo`lishi kerak. Shuningdek, uning yangi pedagogik texnologiyalarni musiqa mashg`ulotlariga tatbiq etib, zamon bilan hamnafas qadam tashlamog`i ham muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa rahbari bolalarni tarbiyalashda quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:

1. Bolaning musiqiy qobiliyatini o`stirish.

2. Milliy qadriyatlar, urf-odatlarni musiqa orqali ifoda etish.

3. Musiqa orqali yosh avlod ongida o`rtoqlik, do`stlik hissini shakllantirish.

4. Ona vatanga bo`lgan muhabbatini musiqa orqali rivojlantirish.

5. Bolaning sog`lig`ini saqlash va uni mustahkamlash.


Yüklə 197 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin