Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


87 
III BOB 
O‘RTA SINFLARDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASI 
3.1 BESHINCHI SINFDA MUSIQA O‘QITISHNING 
MAZMUNI VA METODIKASI 
Beshinchi sinfda o‘rta ta’lim etapi boshlanadi. 5-sinf o‘quvchilari 
psixologik-fiziologik jihatdan ancha o‘zgargan bo‘ladilar. Vokal-xor ko‘nikma va 
malakalariga ega bo‘ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlarni 
kuylashga, ansamblda kuylash malakalariga ega bo‘ladi. Qo‘shiq haqida, 
tinglangan asar haqida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar. Ovoz 
diapazoni (Do1 – Fa2) ma’lum miqdorda rivojlangan bo‘ladi, ular hayotiy tajribaga 
boy bo‘ladilar. Fanlarga qiziquvchan va o‘zlarining sevgan mashg‘ulotlariga 
astoydil mehr bilan qaraydilar. Bolalarning diqqat-e’tibori ancha turg‘unlashgan 
bo‘ladi. Hajm jihatdan kattaroq musiqani tinglashga va kuylashga qodir bo‘ladi. 
Musiqa darsida ko‘rgazmalilik asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchi o‘zi qo‘shiqni 
ifodali qilib kuylab berish va o‘quvchilarga qo‘shiqni quyidagi metodlarga asosan 
o‘rgatishi lozim: 
1. Sof unisonga erishishi. 
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to‘la idrok etishi.
3. Notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi o‘lchovlar, ansambl, xor, 
orkestr haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Musiqa darslarida 
iloji boricha, o‘qituvchi ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan ko‘proq 
foydalanishi kerak. O‘quvchilar musiqa fanini boshqa fanlar bilan bog‘liq 
ekanligini
ongli ravishda anglashi kerak. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiziqishi, qobiliyatiga 
qarab to‘garaklarga jalb etilishi lozim. Beshinchi sinfda bir ovozda qo‘shiq kuylash 
ustida ish olib borish davridayoq o‘quvchilarni ikki ovozda kuylashga asta-sekin 
tayyorlab borish lozim. O‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nihoyatda oddiy 
mashqlardan, qo‘shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qulay bo‘lgan ladlardan 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham asosan 
solbfedjio qilish yo‘li bilan o‘rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda 


88 
notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda 
kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko‘rsatib notalar 
nomini 
va tovushining balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab, 
so‘ng kuylash zarur. Bunday savollar o‘quvchilarni garmonik o‘quvini 
kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o‘zlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ikki 
ovozlik qo‘shiqlarni avvalo (aks sado) shaklidan boshlab kuylash kerak, so‘ng 
kichik kanonlardan boshlab kattaroq hajmdagi jo‘rsiz (akapella) asarlarga o‘tish, 
o‘quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o‘stiradi. Ikki 
ovozli qo‘shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlarni 
tanlash maqsadga muvofiqdir. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiz bolalar, o‘g‘il 
bolalar ovozlar o‘rtasida deyarli farq bo‘lmayda. Har qaysi ovozning ohangi aniq, 
ravshan, mustaqil bo‘lishi kerak. Pastgi ovoz shirali, xushohang, yaxshi esda 
qoladigan bo‘lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni seksta, 
septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo‘shiqlar aytishga ayniqsa qulaydir. 
Qo‘shiqlar o‘rtacha tempda yozilgan bo‘lishi kuylash uchun foydali va 
osondir. Ikki ovozli qo‘shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatdan shakli yengil va oson 
bo‘lishi kerak. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab 
o‘rgatishi o‘quvchilarni talaffuzi, intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki 
ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho‘zib, ikkinchi ovoz harakatlanishi ham bolalarni 
eshitish qobiliyatlarini o‘stiradi. Keyinchalik esa ovozlarni parallel bir tomonga 
yo‘nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo‘nalishi va har xil murakkabroq holatida 
ham kuylash mumkin bo‘ladi. Musiqa darsi jarayonida ikki ovozda kuylash uchun 
bolalar ovozini diskant va altga bo‘lish shart emas, balki taxminiy bo‘lishi ham 
mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o‘quvi 
ko‘proq o‘sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. 
Buning uchun albatta dastlab sof unisonga erishiladi. So‘ngra, ikki ovozli asarlarga 
o‘tiladi. 
Beshinchi sinf bolalarining ovozlari yangroq, ovoz apparatlari shakllangan, 


89 
qo‘shiq kuylash ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganligi sababli ikki ovozli 
qo‘shiqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi sinfda quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi: «O‘zbekiston Davlat 
madhiyasi», A. Oripov she’ri, M. Burxonov musiqasi. «Bolalarning ko‘zlari», 
Qambar Ota she’ri, M.Otajonov musiqasi. «Parvozdagi qushchalar», M. Mirzayev 
she’ri, R. Abdullayev musiqasi. «Sumalak», T. Bahramov she’ri, Sh. Yormatov 
musiqasi. Beshinchi sinfda quyidagi asarlar tinglaniladi: «Boychechak», Sh. 
Yormatov xor uchun qayta ishlangan. «Terimchilar qo‘shig‘i», vokal simfonik 
suita G‘. G‘ulom she’ri, S. Yudakov musiqasi. «Maysaraning ishi» operasidan 
parcha, S. Yudakov musiqasi. «Figaroning to‘yi», V.A. Motsart musiqasi. 
«Otmagay tong», «Tohir va Zuhra» musiqali dramasidan parcha, T. Jalilov 
musiqasi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin