“musiqa ta’limi” yo’nalishi falsafa fanidan mustaqil ish mavzu: yo‘non faylasuflari pifagor,arastu, suqrotlarning falsafiy qarashlari bajardi



Yüklə 191,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü191,94 Kb.
#125546
  1   2   3
Fanidan mustaqil ish mavzu



 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
________SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI__________________ 
“MUSIQA TA’LIMI” YO’NALISHI 
FALSAFA 
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:
 YO‘NON FAYLASUFLARI PIFAGOR ,ARASTU, 
SUQROTLARNING FALSAFIY QARASHLARI
BAJARDI: 22.07 guruh talabasi Mahmudova Visolaxon 
2023-yil 


MAVZU:YO‘NON FAYLASUFLARI PIFAGOR ,ARASTU, 
SUQROTLARNING FALSAFIY QARASHLARI 
Reja. 
I.Kirish. 
II.Asosiy qisim. 
1.Falsafa fani haqida tushuncha 
2.Falsafa faniga hissa qo’shgan olimlar.Pifagor
3.Suqrotning fasafiy qarashlari. 
4. Arastuning falsafa faniga qushgan hissasi 
III.Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar
 


Kirish 
Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — 
«sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), 
dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday 
yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati 
qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri 
(mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi. Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda 
tutgan oʻrni vadunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining 
bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning 
shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb 
atagan.Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq 
etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. 
Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr 
yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha 
"philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" 
deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa 
bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.Falsafaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot 
sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, 
"haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. Falsafa 
haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. 
Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal 
qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va 
predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz 
bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan 
barcha bilimlar Falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi.Falsafani 
fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni 
bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" 
deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar 
unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. ForobiyFalsafani 
"hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian 


Falsafasida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya 
esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.F. Bekon 
va R. DekartFalsafani "tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan" deb 
hisoblashgan. X. Volf F.ni "barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va 
nega mumkinligi haqidagi fan" desa, Kant F.ga "dunyoni qanday tushunish 
haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi 
fan" sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga "qalb maʼrifati, maʼnaviy 
maʼrifat" deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini 
oʻz tajribasiga kura bilib olishni Falsafa deb hisoblangan. Gegel predmetlarni 
fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga "oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan" 
sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi 
umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash Falsafaning asosiy vazifasi 
deb bildi. 
Falsafa faniga hissa qo’shgan olimlar.Pifagor
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad.turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish 
tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini 
topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, 
havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va 
Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari 
xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — 
Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. 
Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro 
zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda 
dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz 
taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib 
ketmaydi.Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik 
taʼlimoti paydo boʻldi.Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi 
boʻlgan.Yunonistondagi falsafiy maktablar, asosan, miloddan avvalgi 6—5-
asrlardan vujudga kela boshladi va uning taraqqiyot bosqichlari klassik ellinizm va 


rimellinizm davrlariga boʻlinadi. Ellinistik Falsafa davri sokratgacha davr (Milet 
maktabi, Eleya maktabi) va klassik (attik) Falsafani (Sokrat, Platon, Aristotel) oʻz 
ichiga oladi. Sokratgacha davr Falsafasi kosmologik (gilozoistik) F. va 
antropologik davrlarni oʻziga qamrab oladi. Dastlabki kosmologik falsafiy taʼlimot 
Falesga tegishli.U Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen bilan birgalikda 
Ioniya naturfalsafa maktabiga mansub.Ulardan soʻng borliq haqidagi taʼlimot bilan 
Ksenofan, Parmenid, Zenon (Eleyalik), Meliss shugʻullanganlar.Ular bilan birga 
Pifagor maktabi (Pifagor, Fillolay, Alkmeon, Arxit; miloddan avvalgi 6—4-asrlar) 
faoliyat koʻrsatgan.Bu davrda antropologik sofistika maktabi vakillari Protagor, 
Gorgiy, Gippiy, Prodik ijod qilishgan.Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda stoiklar 
(Zenon Kitionlik), epikurchilar (Epikur, Lukretsiy), neoplatonchilar (Plotin) yunon 
Falsafasiga oʻz hissalarini qoʻshishgan.Ayniqsa, Sokrat, Platon, Aristotel F.si 
yunon F.sining shuhratini oshiradi. Yunon F.sidagi asosiy qarashlar Aleksandr 
Makedonskiy (Iskandar Makduniy)ning Sharqqa istilochilik yurishlari davrida 
Markaziy Osiyoga ham kirib keldi.Islom dini yoyilgan mamlakatlardagi falsafiy 
taʼlimotlar quyidagicha oʻrganiladi: ilk islom F.si (6—8-asrlar), sharqiy islom 
Falsafasi (Movarounnahr va Xurosondagi falsafiy taʼlimotlar), gʻarbiy islom 
Falsafasi (Shim. Afrika va Ispaniyadagi falsafiy taʼlimotlar).Ilk islom Falsafasi 
davri yunon F.sining arab va suryoniy tillariga tarjima etilishi, bu tarjimalarda 
yahudiylik va xristianlik aqidalarining ustuvorlik qilishi bilan ajralib turadi. Bu 
davrda islomdagi jabariylar bilan qadariylar, moʻʼtaziliylar bilan mutakallimlar 
oʻrtasida falsafiy qaramaqarshiliklar boʻlgan. Sharqiy islom F.sida dunyoviy va 
islomiy gʻoyalarning , turli xalq va sivilizatsiyalarning tafakkur tarzi sintezlashgan. 
Shuningdek, tabiatshunoslik ilmlaridagi yirik kashfiyotlarni (mas, kimyo ilmining 
vujudga kelishi) falsafiy asoslash, hisoblash madaniyatining tubdan uzgarishi 
(Xorazmiy sistemasi) bilan bogʻliq belgilar kuzga tashlanadi. Sharqiy islom 
Falsafasi (Muso Xorazmiy, Fargʻoniy, Kindiy, Abu Bakr Roziy, Abu Mansur 
Moturidiy, Ashʼariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Yusuf Xos Xojib, 
Umar Xayyom, Gʻazoliy, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, 
Faxriddin Roziy, Bahouddin Nakshband, Ibn Xaldun va boshqalar) va gʻarbiy 


islom Falsafasi (Ibn Tufayl, Ibn Boja, Ibn Rushd) faylasuflarining musulmon 
olimlari tomonidan qayta ishlangan, tarjima qilingan asarlarining Yevropaga qayta 
takdim etilishi bu yerda Uygʻonish davrining boshlanishiga taʼsir koʻrsatgan. 
Falsafaning keyingi ravnaq topishi Markaziy Osiyoda temuriylar davri bilan 
boshlanadi.Amir Temur falsafiy gʻoyalarning mamlakat istiqboliga xizmat qilishini 
bilgan holda ilmfan ravnaqiga rahnamolik qildi. Bu davrda Markaziy Osiyoda 
tasavvuf Falsafasi, tabiatshunoslik Falsafasi, mantiq Falsafasi va axloqiy 
taʼlimotlar rivojlandi (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jaloliddin Rumiy
Taftazoniy, Jurjoniy, Ulugʻbek, Xoja Ahror, Fuzuliy, Nasimiy, Jomiy, Navoiy, 
Muhammad Qozi, Maxdumi Aʼzam, Bobur, Mashrab, Bedil va boshqalar). Shuni 
qayd etish lozimki, islom Falsafasi oʻzidan ilgari oʻtgan barcha dinlar bilan bogʻliq 
ilmiy anʼanalarni qabul qilgan. Islom Falsafasi rivojiga iudaizm, xristianlik, 
buddizm va boshqa diniy taʼlimotlar taʼsir koʻrsatgan.
Pifagor
Pifagor (taxminan miloddan avvalgi 580, Samos — 500, Metapont) — yunon 
matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan 
Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. 
Krotoneda 
falsafiy 
maktab, 
siyosiy 

Yüklə 191,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin