partiya
va
diniy
birodarlikni
mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son
barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning
garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.Matematika tarixida Pifagor
geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga
koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geometriyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi
taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak haqidagi teoremani isbotlagan
(bu teorema Pifagordan 1500 yil ilgari Misr va Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan),
ayrim muntazam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda,
juft va toq, tub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik
proporsiyalar Pifagor nomi bilan bogʻlanadi. Pifagor maktabining matematikani
sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan. Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va
odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi,
o'zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning
mazmuni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday
ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchiliknio‘ylantiradi.
Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday masalalar, olam va
odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi
o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik hamda taraqqiyotning umumiy
qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha zamon faylasuflari shug‘ullanadigan
asosiy mavzulari hisoblanadi.Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi
fanlardan biri, odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yo’ldoshi
bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar
merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar orasida muhim
o‘rin egallaydi. 0 ‘z zamoni, yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-
intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etgan buyuk donishmandlar o'rtaga
tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan.
Odamlarni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va
xalqlarning
maqsad-muddaosiga,
ularning
mualliflarini
esa
insoniyat
qadrlaydigandonishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta
ahamiyat kasb etgani shubhasiz.Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning
yutuqlaridan oziqlanadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi.
Uning hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga
nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada aks ettira
olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umuminsoniyligi va milliyligi,
muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tarzining mohiyati va ahamiyatiga
nisbatan xolisona qarashni taqozo etadi, falsafani zamonaviy mazmun bilan
boyitib, bugungi talablar asosida rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa
haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero,
umuminsoniylikni milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning
mohiyatini ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi. Ushbu
masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy
ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining ahamiyatini kamsitish yoki yo‘qqa
chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi davr talablariga javob bermasligi shubhasiz.
Aksincha, ularning barchasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-
mohiyati, jamiyat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy
oqimlar, faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy
tasavvurnishakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi
yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi. Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar,
ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U
jamiyat uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-
tuman falsafiy yo‘nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki
zavoliga ko‘p bora guvoh bo’magan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlarni
taraqqiyotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari
tanazzulga
sabab
bo‘lgan,
odamlarni
qabohat
va
jaholat
tomon
boshlagan.Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan.
Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka
hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlarda unutilishga, ikkinchi darajali fanga
aylantirishga mahkum qilingan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima
o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb
etgan.Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo'ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati
qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda kishilar
falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat
qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar
o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy
kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.Shu
bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bilan anglagan, hayot
qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham
bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli
uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu
boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini
eslash va ularni sahifalarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kirn ekani
haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya
qoladi. Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy
etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar
farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan.Muayyan jamiyat
taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or
falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa buyuk falsafiy ta’limotlar, bir
tomondan, madaniy-intellektuat rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub
ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi. Bu masalaning
falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g‘oya va
mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog'liqyana bir muhim jihati ham bor.
Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y
berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan
ushbu mavzuning tarixi,tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va
nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana
shuazaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor bo‘lishi
targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish hamma vaqt ham oson
kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab
kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga molik bunyodkor g‘oyalar bilan birga,
mazmun-mohiyati buzg'unchilik va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor
mafkuralar, shaxsiyatparastlik mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon
bo‘lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo‘lgan
necha-necha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz
jarayon sifatida davom etib kelmoqda. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat
barpo etilayotgan hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va
bag‘rikenglikka rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini
o‘z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshirishga
qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo'lish bu boradagi
faoliyatimizning asosiy mezonidir. Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat
rivoji bilan uzviybog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda,
xususanfalsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr
o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va
falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon faqat stixiyali tarzda,
o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson tafakkurining yangi davrga xos
o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom
etadigan murakkab jarayondir. Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bunday holat
hozirgi davrda ham yaqqol namoyon bolmoqda. Shu ma’noda, bugungi kunga mos
dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy
vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani shubhasiz.
okrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi.
Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini
ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi
kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga
koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy
va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni
demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning
hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va
demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi
tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S.
yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi
xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm
qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. S.ning
falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird boʻlgan
Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib,
doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, soʻzlari va
suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uygʻotardi. Faylasuf koʻp vaqtini odam
gavjum maydonlarda, xiyobonlarda oʻtkazgan. Oʻzining suhbatidan bahramand
boʻlish niyatida yurgan istalgan kishi bilan savol-javob qilgan. Ushbu
muloqotlarning uslubi va xarakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida
oʻz ifodasini topgan. S. oʻz falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib
olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini oʻrganish zaruratini rad etib, bu
masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. S. taʼlimoti ga
koʻra, falsafaning maqsadi oʻz-oʻzini bilish boʻlib, bu esa chin ezgulikka erishish
yoʻlidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1-dan, oʻrta miyonalik,
moʻʼtadillik (yaʼni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan, dovyuraklik (yaʼni, xavf-
xatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (yaʼni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga
rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan.
Zamondoshlari va shogirdlarining guvohlik berishicha, S. oʻzining chuqur
dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi
ziddiyatlarni ochish orqali oʻsha predmetni bilish sari yetaklay olish sanʼati,
induktiv taʼlimotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uygʻotgan. S.
taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi.
Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali
haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai
nazarlarning hech biriga qoʻshilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama
qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori
boʻlgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi
keyingi davrlar uchun donishmand timsoli boʻlib qolgan.
Aristotel qadimgi buyuk yunon faylasufi, qomuschi, o’z davrida mavjud
barcha fanlar bo’yicha qalam tebratgan allomadir. Uning yashab o’tganiga ikki
ming yildan ortiq vaqt bo’lganiga qaramay, hamon o’z ta’limoti bilan jahon ahli
orasida yashab kelmoqda. Aristotel dunyoqarashi iz qoldirmagan biron-bir fan
sohasini ko’rsatish qiyin.
Alloma haqida bizning fikrimiz qanday bo’lmasin, uning aql-zakovatini,
jasoratini tan olishimiz kerak. Aristotel yashab, ijod qilgan davrda Yunoniston na
faqat Yevropada, balki butun jahonda iqtisodi, madaniyati, fani rivojlangan davlat
sifatida tanilgan edi.
Sharqda Aristotelni “muallimi avval” deb atashgan. Uning ta’limoti o’nlab
asrlar davomida Bog’dod va Kordovada, Misr va Buyuk Britaniyada ilm-fan,
ayniqsa falsafa va mantiq ilmining gurkirab o’sishiga katta ta’sir ko’rsatib kelgan.
Xulosa
Falsafa tarixini o’rganish falsafaning ijtimoiy ong shakllari o’rtasidagi
o’rnini aniqlash va u jamiyat moddiy hayotining ijtimoiy amaliyotga bog’liqligi,
nisbiy mustaqilligi, shuningdek, ichki taraqqiyotida, ichki mantiqqa egaligini
aniqlashni taqozo etadi. O’tmish falsafiy ta’limotlar tarixi bosib o’tilgan bosqich
sifatida qaralib, uni o’rganish hozirgi davrda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtboshimiz «Fidokor» gazetasi muxbirining savollariga javob berar ekan,
quyidagilarni ko’rsatib o’tgan edi: «Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning
asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar,
xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Sokrat
va Platon, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarining
kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etish
nahotki mumkin bo’lmasa? … Mana, misol uchun Freydning nazariy qarashlari,
pragmatizm va ekzistensializm g’oyalari, Berdyaev va boshqalarning falsafasini
o’rgansak, foydadan xoli bo’lmaydi… Biz ko’p masalalarda g’arb faylasuflarining
fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlarini ilohiylashtirish bilan
kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraqlisini e’tirof,
Dostları ilə paylaş: |