Musiqa tarixi fanidan


Kurs ishining tarkibiy qismi



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə5/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kurs ishi , kirish, ikki bob, uchta band,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati va ilovalardan iborat tarzda bajarildi.
Ishning kirish qismida mavzuning maqsadi, vaifasi, ob`ekti, premeti, ilmiy ahamiyati asoslanadi.

I BOB JAXON MUSIQIY SAXNAVIY JANRLARI RIVOJLANISHI.
I.1. Opera janrining vujudga kelishi va rivojlanishi
XVII asrga qadar uzoq davom etgan dunyoviy va cherkov musiqasi bilan
chegaralanish jarayoni yakunlanib, opera vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar
yuzaga keladi. pera — bu teatr, she'riyat, raqs va musiqani birlashtiruvchi sintetik
janr. Uning badiiy ta'sir vositalari chegarasiz va shuning uchun ham u musiqa
sohasida yetakchi o'rinni egallaydi.Opera ta'siri XVII va XVIII asrlar musiqa
san'atining ko'plab ohalariga o'z ta'sirini kursatdi. Opera tufayli cholg'u
musiqasining yangi janrlari vujudga keldi: uvertura, orkestr, balet suitasi va
boshqalar. Oratoriya va qantata kabi cherkov musiqasi janrlariga operaning
kompozitsiya tamoyillari, vokal uslublari xususiyatlari kirib keladi. Operaning
katta sahna uchun, keng auditoriya bilan muloqot qilish uchun mo'ljallanganligida
uning alohida ijtimoiy ahamiyati namoyon bo'ladi.
Operaning vatani Italiya bo'lib, opera paydo bo'lishidan awal, musiqa
ijrochiligining rivojlangan dunyoviy shakllari, musiqiyteatr pastoral janrning
tarqalishi, qo'shiq janriga bo'lgan qiziqishning ortishi bilan tavsiflanuvchi XVI asr
musiqiy hayoti hukm surgan. Opera san'atining dastlabki o'chog'i Florensiya
hisoblanadi.
Shoirlar, musiqachilar va san'at ixlosmandlarini birlashtirgan to'garakda
(kamerata) Mazkur san'at turi tamoyillari ishlab chiqilgan va asosiy qoidalari
shakllantirilgan.
Florensiya operasining asoschilari shoir Ottavio Rinuchchini (Torkvato
Tassoning o'quvchisi), musiqachilar Yakopo Peri va Julio qachchinilar edi.
Rinuchchini matni va Peri musiqasi bilan yozilgan birinchi Florensiya operasi —
«Dafna» 1594-yil Korsi uyida namoyish etilgan. Ikkinchi Florensiya operasi
Ottavio Rinuchchini va Yakopo Penning Orfey haqidagi antik afsonasi asosida
yaratilgan «Evredika» operasi hisoblanadi. Mazkur Operaning yaratilishi fransuz
qiroli Genrix IV ning Mariya Medichi bilan 1600-yilda bo'lib o'tgan nikoh
marosimiga bag'ishlangan. Xuddi shu sujet asosida 1600-yilda Julio Qachchinining
«Evredika » operasi yozilgan. Italiya operasining yana bir markazi Rim edi. Rimda opera teatri Rim Papasi Urbanom VIII ning yaqin qarindoshlari bo'lgan Barberinilar oilasi tomonidan bunyod etildi, shuning uchun Rimkatolik vatanida opera klerikal harakterga ega bo'lgan. Rim operalari sujetida xristianlik dini g'oyalari targ'ib etilar, katolik cherkov arboblari ulug'lanardi.
«Muqaddas Aleksey» operasini yaratgan Stefano
Landining ijodi o'z davrida juda mashhur edi. Ushbu opera xristian itoatgo'yligi va
diyonatliligini madh etardi. Rim maktabining eng yaxshi asarlaridan bid Loretto
Vittorioning (1588—1670) «Galateya» operasi hisoblanadi.

Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin