Musiqa tarixi fanidan


XVII asr o'rtalarida opera san'atining markazi Venetsiyaga ko'chdi



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə6/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
XVII asr o'rtalarida opera san'atining markazi Venetsiyaga ko'chdi.
Venetsiya operasining o'ziga xosligi, uning shahar aholisining asosiy qismiga
mo'ljallangan ommabop teatrlarga ko'chirilishi bo'Idi. Venetsiya opera
maktabining buyuk namoyandalari — Franchesko Kavalli (1602—1676), Marko
Chesti (1623—1669)lardir. Franchesko Kavalli Monteverdining jiddiy, dramatik yo'nalishdagi uslubiga tayanardi. Marko Chesti Yevropada hukm surgan nosog'lom turdagi saroy operasining muallifi bo'Idi. Uning «Paris va Yelena» haqidagi afsona asosida yaratilgan «Oltin olma» operasi musiqiy dramadan «opera-konsert»ga, virtuoz (mohir ijrochi)lar operasiga burilishni boshlab bergan yangi yo'nalishga turtki bo'ldi.
Neapol operasi italyancha seria operasining umummilliy turi bilan
tenglashtirilgan. Neapol operasi rivojlanishining birinchi bosqichi Franchesko
Provetsale va Alessandro Skarlatti ijodi bilan bog'liq. Alessandro Skarlatti
Monteverdi, Kavalli, Chesti asarlaridan ta'lim oldi. Uning ijodida Venetsiya
maktabi vaqillari operalarida kuzatiluvchi musiqiy yo'nalishlarni ko'rish mumkin.
Uning operalarida «da capo» ariyasi turi ustunlik qilardi, unda birinchi qismni
takrorlovchi uchinchi qism yozdirilishi to'xtatilgandi.Skarlattidan boshlab
neapolliklar operalarga maishiy janrlarni kirita boshladilar, keyinchalik esa Gendel
o'z oratoriyalarida foydalangan sitsiliyaliklar ohangi odat tusiga kirdi. Skarlatti
ijodida rechitativning ikki turi shakllangan: biri secco («quruq »} nomini oldi, unda
klavesin akkordlari bilan jo'rsozlik qilinadi, boshqasi, accompagnato («jo'r
bo'lish»), orkestr jo'rligida o'tkaziladi. Monteverdi va Skarlatti tomonidan
yaratilgan virtuoz-patetik vokal uslub Italiya operasining milliy o'ziga xosligi
sifatida qabo’l qilindi va operaning eng yaxshi namoyandalari musiqasida, ya'ni
Rossini, Verdi, Puchchinining asarlarida rivojlantirildi. Skarlatti ijodida klassik
simfoniya «darakchisi» bo'lgan uch qismli italyancha uvertura o’zil-kesil
shakllandi
Zamonaviy musiqali teatr, ya’ni musiqali drama, opera, musiqali komediya, operetta kabi janrlar qachon va qayerda bunyodga kelgan degan savol doimo hammani qiziqtiradi. Ma’lumki, Italiyada XIV asr oxirlarida Florensiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vemioni tashabbusi bilan, uning saroyida, bir guruh shoirlar, sozanda va xonanda musiqachilar, aktyorlar, rassomlar doimiy ravishda yig‘ilib o‘z san’atlari bilan o‘rtoqlashar edilar. Ular qadimgi yunon teatrini qaytadan tiklash niyatida Esxil, Sofokl va Yevripidlaming drama va tragediyalariga murojaat qildilar, lekin bu dramaturglaming asarlariga o‘z davrida kiritilgan musiqalar XVI asrga qadar yetib kelmagani sababli, yangi musiqa bastalaydilar
Italiyada XIV-XVII asrlarda yangi uslubli musiqali sahna janri paydo bo‘ldi. Uni avval “Musiqali drama” va kelgusi asrdan boshlab “OPERA” (italyancha- OPERA - so‘z, harakat, ijod) deb atadilar. Bu ikki atamani ma’nosi bir bo‘lsa ham, lekin ulami birbiridan asosiy farqi quyida: “Musiqali drama”da ishtirok etuvchi personajlar spektakl mazmunidagi dialoglami oddiy so‘z iboralari bilan, monologlar: ariya, ariozo, qo'shiq, romans va boshqa ovozli musiqa sadolari orqali ijro etadilar. Shunda, ba’zi bir asarlarda ishtirok etuvchi erkaklar va xotin-qizlar ovozlarining farqlanish turlarini oldindan partituraga kiritiladi, ba’zi bir asarlarda umuman bular ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun xonandalar qanday tabiiy ovozga ega bo‘lsalar, shu ovozda ijro etadilar. “Opera”da ishtirok etuvchi personajlar, asosan, dialoglami - RECHITATIV (ital. gesyao yoki gesyage - ifodali o‘qish san’ati) orqali ijro qiladi. Rechitativ ikki xil bo‘ladi: 1-si rechitativ zesso - quruq, tez, musiqa jo‘rligida so‘zlami burro-burro aytish. 2-si rechitativ assot - ohangli, ya’ni musiqa jo‘rligida so‘zlami ohang (cho‘zib) bilan aytish. Bulardan tashqari musiqali drama bilan opera janrlari farqlarini ajratish qoida uslublari, albatta, ko‘p. Lekin, yana bir asosiy farqlardan biri shundaki operada ishtirok etuvchi xotin-qizlar ovozi: koloroturali soprano, soprano, messo-soprano, alt; erkaklamiki: tenor, bariton, bas va bas-profundo kabi ovozlarga bo‘lingan holda operani partiturasiga yoziladi va musiqa asami har bir ko‘rinishida yoki pardasida ariya, ariozo, qo‘shiq, xor, balet va rechitativlar to‘xtovsiz ijro etiladi. Bulaming hammasini operada musiqali dramaturgiya birlashtiradi. Musiqali dramada esa ishtirok etuvchi personajlami so‘z-dialoglari musiqa bilan almashtirilgan holda ijro etiladi. Aytish mumkinki, “Musiqali drama” va “Opera”lami bir-biridan farq qiluvchi, ko‘rsatilgan ayrim alomatlari bo‘lsada, lekin ulaming tuzilishlari bir xildir. Shuning uchun bu uslubdagi musiqali teatr va janrlami tuzilishi hamma davlatlarda bir xil, lekin ulaming ichki hayoti, musiqiy til iboralari, ishtirok etuvchi personaj laming xarakterlari, tafakkuri, milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘ladi
Musiqali teatrlar Yevropa mamlakatlarida va Rossiyada aw al podshohlar, gertsoglar, dvoryanlar, knyazlar va yirik boylar saroylarida pay do bo‘ldi va saroy ahliga xizmat qildi. XVIII asrdan boshlab katta shaharlarda ham musiqali teatrlar qad ko‘tara boshladi. Bu teatrlarda “Musiqali drama”, “Opera-seria”, “Opera-buffa”, “Opera-balet”, “Musiqali komediya” kabi janrlardagi musiqali sahna asarlari paydo bo‘ldi. XIX asrda esa Yevropa davlatlarida va Rossiyada opera, balet va operetta san’ati avj oldi. Klassik asarlar va ulami yaratuvchi kompozitorlar yetishib chiqdi. XX asrdan bu an’ana davom etib kelmoqda. Umuman, teatr san’ati - insoniyat madaniyatining eng ulkan yutuqlaridan biridir.


Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin