Musiqa tarixi fanidan


II. Bob. Mavsumiy marosimlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119069
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Masharipova Rayxona

II. Bob. Mavsumiy marosimlar


II.1 Oilaviy marosim qòshiqlari.
O‘zbek mavsumiy marosimlarining boshlanishi bevosita Navro‘z bayrami bilan aloqador. Navro‘z yangi yil, yilboshi deb ham yuritiladi. Ya'ni qish va yoz (ikki qutb)ning o‘zaro kurashuvi, qish tomonning yengilib, chekinishi natijasida kirib keladi, degan dualistik qarash ushbu marosimda eng tayanch tasavvur hisoblanadi. Navro‘zni kutib olish, tantana qilish jarayonida o‘tuvchi barcha marosim halqalarida ana shu kurashni tasvirlashga, ifodalashga yo‘naltirilgan. Ushbu o‘rinda Farg‘onada o‘tuvchi Navro‘z bayrami haqidagi xitoy manbasidan keltirgan ko‘chirma muhim ahamiyatga ega:
“Har yangi kelayotgan yilning boshida podsho va darg‘alar bosh xalq ikki guruhga bo‘lingan. Har bir guruh bittadan vakil saylab, unga jang kiyimlarini kiydirib o‘zaro jang qildirishgan, qolganlar esa raqib tamonga toshu kesaklar otib o‘z jangchilariga yordam berib turishgan. Jang tamonlarning biri halok bo‘lgunicha davom qilgan. So‘ngra jang natijalariga qarab yangi yilning qanday kelishini taxmin etilgan” (166. –S. 282–283).
S.P.Tolstov ushbu marosimni ibtidoiy xalqlar orasida keng tarqalgan ikki fratriyning marosimiy musobaqasi ekanligini yozar ekan, Sharqiy Turkistondagi Kuchi shahrida yangi yilni kutishda yetti kun davomida o‘tuvchi qo‘chqor, ot, tuya urishtirib yilning qanday kelishini aniqlash tantanalari va O‘rta Osiyodagi uloq (ko‘pkari) hamda turkmanlar orasidagi “ko‘k bo‘ri” to‘y marosimini ham ana shu tizimda tahlil etadi. (166. –S. 284).
Biz uchun e'tiborli jihat ushbu o‘rinda ko‘pkari (uloq) va ko‘k bo‘ri nikoh
to‘yi marosimidagi bo‘ri va uloq (echki) obrazlaridir.
Ko‘k bo‘ri marosimida uloq yoki qo‘zichoqni (aslida uloq varianti to‘g‘ri) otda o‘ngarib qochayotgan kelinni kuyov o‘z jo‘ralari bilan ta'qib qilib, undan uloqni olib qo‘yishi kerak (Qozoqlar o‘rtasidagi qiz quvdi marosimi ham ana shu tizimda turadi. Faqat u o‘rinda uloq unutilgan). Ushbu marosimning tub asoslari ham yil fasllari o‘rtasidagi qutblar holati, kurashi va birligiga ulanadi.
Uloq – ko‘klam, bo‘ri esa qish timsoli. Qiz – uloq – ko‘klam, yigit – bo‘ri – qish yaxlit tizimni tashkil etadi. Uloq (ko‘pkari) o‘yinining qish vaqti o‘tkazilish an'anasi ham bekor emas.
Boysun tumanining olis qishlog‘ida Navro‘z kuni ijro etiluvchi
“Gurgak” o‘yini ham bevosita ana shu tasavvurlarga bog‘liq (87. –B.148).
Respublikamizning bir qator viloyatlarida turli shakl-ko‘rinishlarda
hozirgacha amal qilib kelayotgan “Boychechak” marosimi ham ushbu tizimning o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanadi.
Marosimni nisbatan to‘laroq halqalarini Namangan viloyatining Chortoq
tumani hududida kuzatish mumkin. Bu yerda bolalar erta ko‘klam boychechakni topib, bir guruh bo‘lib, jo‘raboshi yetagida xonadonma-xonadon kezib chiqishadi.
Boychechakchilar har bir xonadon darvoza oldida to‘xtaganda, jo‘raboshi ushbu qo‘shiqni kuylaydi:
– Boychechak aytib keldik eshigingizga,
Xudoim o‘g‘il bersin beshigingizga,
– Guruh esa:
– Bota, bota-bo, boychechak,
Uyingizga choch tilla.
Iloyim o‘g‘il bersin,
Otginasi Rahmatilla,
Uy egasi ko‘rinish berganda:
– O‘tirib chiqing,
O‘tirib chiqing,
Yog‘och tovoqni to‘ldirib chiqing, – deydilar
Xonadon sohibi jo‘raboshi tutib turgan boychechakni ko‘rib, tavob qilib,
himmatiga yarasha ul-bul boychechakchilarga beradi. Uy egasi xasislik qilib hech narsa bermasa, boychechakchilar:
O‘qim, o‘qim,
Qozoningga ...! – deb yomon tilak bildiradi.
Biz ushbu marosimni dunyoning boshqa mintaqalarida yashovchi
xalqlaridagi ko‘klam marosimlari bilan qiyosan o‘rganib, uning qadimiy
ko‘rinishini tikladik (216. –B. 40–41).
Qadimda o‘tgan “Boychechak” marosimida qish va ko‘klamning kurashini
ifodalovchi sahnalar bo‘lgan. Boychechak tutgan jo‘raboshi ko‘klam siymosida o‘z sheriklari – aniqrog‘i, jangchilari bilan xonadonma-xonadon yurib qishni
haydagan. Qish siymosi va jangchilarini ifodalovchi tomon qattiq qarshilik
ko‘rsatgan. Bir-bir chekinib xonadonlarni va nihoyat butun qishloqni tark etgan.
Qish va ko‘klam o‘rtasidagi asosiy kurash katta dalada bo‘lgan. Bunda qish va yoz
tomon ramziy jang qilib, aytim-qo‘shiq kuylab bahslashganlar.
Xorazmda sumalak sayli bilan aloqador bo‘lgan “Ashshadarozi” o‘yini (169.
–B.43–44) va unda aytiluvchi laparning tub asoslarini qish va yoz munozarasi
sifatida baholash o‘rinli. Ushbu laparni marosimdan butkul ajralib sof san'at
namunasiga aylangan versiyasi sifatida Farg‘ona vodiysida keng yoyilgan
“Sochingni uzun deydilar” laparini keltirish mumkin. Ushbu lapar matnida
“qish”ning so‘rog‘i va “ko‘klam”ning javoblari asl mohiyatga yaqin turibdi.
Laparda yigit qizning sochi, qoshi, ko‘zi, yuzi, beli, qanday ekanligini so‘raydi.
Qiz esa ko‘klamdagi tabiat tasviri orqali o‘zini ta'rif etadi (27. –B.90–92). Bizning
nazarimizda, “Kichkinajon-kichkina” qo‘shig‘i ushbu aytishuv, bahsning so‘nggi
nuqtasi bo‘lgan. Ya'ni qo‘shiqni kuylab, o‘rtadagi raqqosni ma'lum obrazlarga
taqlidan kichrayib borishi barobarida tariq timsoliga kelishi, buni raqsda ko‘rsatishi
ko‘klamning qishni yengib urug‘ (tariq) holatiga keltirishini ifoda qilgan.
Xalqimizning yoz(ko‘klam) va qish(kuz) haqidagi tasavvurlar tizimini
quyidagi jadval orqali yanada aniqroq ifoda etish mumkin (... shaklga qarang)

Ushbu jadval yoz va qish marosimlar tizimi, ularning o‘tish tartibi, ijro
etiluvchi qo‘shiq raqslari va timsollarini aniq ko‘rsatadi.
S.P.Tolstov o‘zi keltirgan faktlarni tahlil etar ekan, ularning tub asosini
zoorastrizmdan ham ancha qadimiyroq bo‘lgan ibtidoiy odamning animistik
tasavvurlari zamirida an'analashganligini yozadi (166. –S. 291). Bu esa bizning
“Go‘ro‘g‘li” turkumi o‘zagidagi syujet, yetakchi motiv va asosiy obrazlarning
animistik dunyoqarash va e'tiqodlarga bog‘liq talqin etganimiz to‘g‘ri ekanligini
ko‘rsatish barobarida, turkumning tub manbalari qadim-qadimdan kelayotganligini
yana bir bor tasdiqlaydi.
YOMG‘IR YOG‘DIRISH MAROSIMLARI – Bahorda o‘tuvchi mavsumiy marosimlar tizimida yil qurg‘oqchilik kelgan mavsumlarda o‘tuvchi yomg‘ir chaqirish bilan bog‘lik Sust xotin, Sut xotin, So‘z xotin, Sel xotin, Suv xotin, Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon deb nomlanuvchi marosimlar yomg‘ir yog‘dirish marosimlarini tashkil etadi. Keltirilgan atamalar mohiyatan bir marosimning turli hududlarda aytiluvchi o‘ziga xos nomlanishidir. Masalan, “Sust
xotin” marosimi quyidagi tartibda o‘tgan. Qurg‘oqchilik davri yosh-yalanglar yig‘ilib bir bolani eshakka chappa o‘tqazib, qo‘liga suv to‘la kadi ushlatib, yoniga
ikki toshbaqani oyog‘idan bog‘lab osib qo‘yishgan va uyma-uy olib yurishgan.
Bola biror uy oldiga kelsa: “Voy, jonim! Kuydim-ey! Kuydim-ey!” – debqichqirgan.
Uy egalari uning ustiga suv quyishgan.
Yigitlar:
Havo yohmas bo‘larmi,
Tomchi tommas bo‘larmi,
Saksondagi kampirlarni,
Suv oqizmas bo‘larmi,
Sust xotin-o, sust xotin,
Ko‘ylaklari bo‘z xotin... deb qo‘shiq kuylashgan. Xonadon egalari yigitlarga turli tortiqlar berishgan.
“Sut xotin” marosimida bir xodaning teppa qismiga cho‘p bog‘lab, ayol kiyimini
kiydirib, “Sut xotin” qo‘shig‘ini kuylab, yetti uyga olib borishgan. Xonadonlardan
yig‘ilgan bo‘g‘doy un qilinib maxsus taom tayyorlangan. “Sel xotin” marosimida
boshiga g‘alvir kiygan uch xotin qo‘shiq aytib xonadonma-xanodon yurishgan.
Chala xotin, Ko‘sam-ko‘sam, Chayla qazon marosimlarida ham xotin obrazi asosiy
o‘rin egallaydi. “Sust xotin” marosimlari qadim ajdodlarimizning “osmon suvlari”,
yog‘in-sochin egasi sifatida qaralgan Tishtriya yulduzi kulti bilan bog‘liq
marosimlarning aks-sadosi sifatida baholanadi.
YOZGI MAROSIMLAR FOLKLORI – Yozda o‘tuvchi marosimlar bevosita
dehqonchilik mavsumining yoz davriga to‘g‘ri keladi. Yozda g‘allalar o‘rib
bo‘lingach yig‘ilgan hosilni yanchib olish uchun mavsumda kerakli shamolning
bo‘lishi yoki aksincha yil qurg‘oq kelib chang-to‘zon quyinning to‘xtashi uchun
maxsus marosimlar o‘tkazishgan. “Choymomo”, “Yalli momo” shamolni to‘xtatish
uchun uyushirilgan marosimlar bo‘lsa, “Haydar”, “Ajdar bobo”, “Yalang‘och ota”
kultlari bilan bog‘liq irim-sirimlar shamol chaqirishga bog‘liq tashkil etilgan.
“Oblo baraka”, “Haqullo” marosimlari esa g‘alla o‘rimini tugatish va bug‘doyni
yanchib olish davomida tashkil etilgan. Bu marosim va irim sirimlarda
kuylanuvchi qo‘shiqlar yozgi marosimlar folklori hisoblanadi. “Choy momo”
marosimida besh yoki yetti nafar bo‘y qizlar chorshanba, payshanba, juma kunlari
uyma-uy yurib un va bug‘doy yig‘ishadi. Eng orqada yuradigan qiz keli sopini
ko‘tarib oladi. Uning etagiga bog‘langan spurgi sudralib boraveradi. Qizlar
quyidagi qo‘shiqni kuylashgan:
Choymomo o‘libdi,
O‘g‘li yetim qolibdi,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin bu shamol.
Uga-uga beringlar,
Ugilib qolsin bu shamol.
Marosimning boshqa bir ko‘rinishida tadbirni boshiga chodir yopingan kampir boshqaradi. Boshqa xududda marosimda uch kampir bosh bo‘lib, uning izidan yettita qiz yuradi.
“Yalli momo” marosimida ushbu qo‘shiq kuylanadi:
Yalli momo, yalli-yo,
Yalli momo o‘ldiyo,
Quduq suvi topolmay,
Sirka bilan yuvdik-o,
Bo‘zdan kafan topolmay,
Bo‘yra bilan kshmdik-o!
Yalli momo, yalli-yo,
Yalli momo o‘ldi-yo,
Yalli momo gullari,
Xazon bo‘lmay so‘ldi-yo,
Shum shamolning onasi,
Yalli momo o‘ldi-yo!
“Haydar” shamol piri Haydarni chaqirish uchun aytiladigan aytimlarga ega:
Haydar-o, Haydar,
Shamolingni qaytar,
Bolang quduqqa tushibdi,
Uying qayg‘uga to‘libdi,
Haydar, Haydar, keloqol,
Shamol bo‘lib esaqol,
Bug‘doyi menga foyda,
Samonini olaqol!
Haydarga atab aytiluvchi aytimlarning el orasida turli variantlari mavjud. “Ajdar bobo”, “Yalang‘och ota”ga nisbat berib aytlvchi aytimlar ham el orasida mashhur.
“Oblo baraka”, marosimi bevosita bug‘doy o‘rimi so‘ngida, oxirgi bashoqlarni
o‘rish vaqti o‘tkazilsa, “Haqullo” bug‘doyni yanchish payti uyushtirilib ba'zi
hududlarda “chosh qurdi”, “chosh oshi”, “xirmon oshi” deb ham yuritilgan.



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin