Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari. Harakat tezligida muskullar qisqarishinipg yashi-rin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori. Bola jinsiy balogatga, ya’ni 14-15 yoshga yetganda muskullar chidamliligi kamaya-di, harakat aktivligi esa 35% ortadi. Qizlar bir kecha-kunduzda o‘g‘il bolalarga qaraganda kam harakat qiladi.
Bahor, kuz oylariga qaraganda qishda aktivlik 30-45% kamayadi. Bola maktabga borganda harakat aktivligi ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darelari bir kunlik harakat aktivligini 11% qondiradi, xolos. Fizkultura minutlari 1-2 sinf o‘quvchilarida darsning 15-17 minutida, III-IX sinflarda 20 minu-tida o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Uyda dars tayyorlaganda har 30–40 minutda fizkultura qilish kerak. 1-2 sinfda uchinchi darsdan keyin harakatli o‘yinlar o‘ynagan ma’qul.
Qo‘l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 yoshda qo‘l panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bo‘g‘imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari almashinishning o‘zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq. Tolalari uzun parallel bo‘lgan muskullar patsimon va yelpig‘ichsimon muskullarga nisbatan uyg‘unlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8 yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil bo‘ladi va yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uyg‘unlashgan nozik harakatlar qilish ko‘nikma hosil bo‘lishiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqkrnlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shug‘ullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi muskullarning harakat tezligi yuqori darajada bo‘ladi. 20–30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirip davri juda qisqaradi. 30 yoshdan so‘ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi.
Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi o‘ng tomondagilarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha harakat sur’ati 1,5 marta ortadi.
Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq bo‘lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarniig aniqligi va uchiichisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi.
Qo‘llar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qo‘llarning kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma’lum guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turish, ya’ni charchashga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga bog‘liq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishping tabiatiga va jadalligiga qarab o‘zgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlilik shuncha kam bo‘ladi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100 martagacha kamayishi mumkin.
Yosh ulg‘aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo‘lmaydi. 8-10 yashar qiz va o‘g‘il bola larning chidamliligi bir xil bo‘ladi. 12-15yoshda ayniqsa o‘g‘il bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi.
Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta’miplovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14–16 yoshda muskullar bilan birga bo‘g‘im, bog‘lam apparati rivojlanib boradi.
Muskullarning charchashi. Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yohud to‘qimaning faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so‘ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi.
Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Adinomiya, ya’ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlariing rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga o‘xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg‘un qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga nisbatan ko‘p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uyg‘unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko‘pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi.
Turli xil jismoniy mashg‘ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar gimnastika bilan shug‘ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur’ati va turiii va bola o‘z holatini o‘zgartirib turishi kerak.
Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam organizmida 600 yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning ixtiyoriga bog‘liq. Skelet muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan markazga intiluvchi impul’slar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha muskullar ikki turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |