Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari Muskul sistemasi



Yüklə 45,17 Kb.
səhifə5/5
tarix09.09.2023
ölçüsü45,17 Kb.
#142157
1   2   3   4   5
Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususi-www.fayllar.org

Tayanch xarakat apparatining gigienasi. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.
Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.
Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.
Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.

Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.



Sinf jixozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi, tana proporsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o‘rinli bo‘lib, har birining suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo‘ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm. o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 -20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180sm. bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulan tavsiya qiladi, ya’ni bola buyining oldingi raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning buyi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo‘yli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi nomerli partalar ko‘llaniladi. Bular A, B, V, G, D deb belgilanadi. Xar bir partaning suyanchig‘ida shu partada o‘tirishi mumkin bo‘lgan bolaning bo‘yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi ko‘yilgan bo‘ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko‘k, G- yashil va D-oq rang bo‘ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo‘lgan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50 sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, va eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham oldingi partaga o‘tkazilishi kerak. Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf satxiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 110-120 sm. bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm, yuqori sinflarda 90 sm. baland o‘rnatiladi. Doska jigar rang, tuk yashil rangga bo‘yaladi. Doskada bo‘r, latta qo‘yish uchun tarnovcha bo‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminessentlampa o‘rnatiladi. O‘qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o‘rtadagi parta oldiga ko‘yiladi.
Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari va laboratoriyalarning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi va tana proporsiyalari, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy mebeli parta. Partalarni o‘quvchilarga moslab tanlash, ularni partaga to‘g‘ri o‘tqazish, ular qad-qomatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Parta bir va ikki o‘rinli qilib yasaladi. Har bir partaning suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi, masofasi va differensiyasi, yozuv stoli qismlari bo‘ladi. Partaning suyanchig‘i bola bel-dumg‘aza qismining qo‘shimcha tayanishini ta’minlaydi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak.
Bola partaga to‘g‘ri o‘tirganda, parta qirg‘og‘i bilan ko‘kragi orasida 3-5 sm masofa krlishi kerak. Suyanchiq oralig‘i-gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm ortiq bo‘lishi kerak. Masofa musbat, manfii, nul bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi ishlayotganda kursi suyanchig‘iga tayana olmaydi va bukilib o‘tiradi. Suyanchiq oralig‘i kamayib ketsa, sikilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli (qirg‘og‘i) 15-25° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi, kitob biroz qiya qilib qo‘yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko‘z bilan kitob orasidagi masofa bir xil bo‘ladi. Kitob gorizontal qo‘yilsa, o‘qilganda ko‘z moslashnshi bir necha marta o‘zgaradi.
O‘quvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 90 sm, novchasi 179-180 sm bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo‘ladi. A.F.Listov bolaning bo‘yiga qarab parta nomerini apiqlash uchun quyidagi formulaii tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘ynining oldingi raqami o‘pligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm, 14 dai 5 ni ayirib tashlaymiz; unda 9 qoladi. Demak, 148 sm bo‘yli bola 9-partada o‘tirishi ksrak.
Partaning nomerini aniklash uchun uning o‘quvchi tomoniga qaratilgan qismi va o‘tirg‘ichi balandligini, o‘t-irg‘ich kengligini o‘lchash hamda 5- jadvaldan bilish mumkin.
Har bir maktabda turli xil nomerdagi partalar starlicha bo‘lishi kerak. Un yillik maktablarda taxmi-nan 6-nomerli partadan 2%, 7-nomerlidan 19%, 8-nomerlidan 20%, 9-nomerlidan 22%, 10-nomerlidan 11%, 12-nomsrlidap 6% bo‘lishi kerak. Sinfga partalar 3 qa-tor qilib, pastlari oldinga, balandroqlari opi^ara qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm; ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 50 sm, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. Uquvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, eshitish organlarining
xususiyatlari ham e’tiborga olipadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham, oldingi partaga o‘tqazilishi kerak. O‘quv yili davomida deraza yonida o‘tiradigan o‘quvchilar joyi 2-3 marta almashtiriladi. Bu doimo bir tomonga qarab doskadan ko‘chirish yokn ko‘rgazmali qurollarpi ko‘rishning oldini oladi.
Yurak
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Jump to navigationJump to search

Odam yuragi.

Yurak takroriy ritmik qisqarishlar orqali qonni tomirlarda yurgizuvchi organdir. Yurak qon aylanish tizimiga ega barcha hayvonlarda mavjud.

Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.
YU.ning qiyosiy morfologiyasi. Yu. qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida Yu. vazifasini halqasimon tomirlar, daryo qisqichbaqasida yurak va yurak atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi. Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega. Ularda Yu. tomon yoʻnalgan venoz qon yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka oʻtadi. Yu. qorinchasi qisqarishi natijasida qon hayvon tanasi boʻylab tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda Yu. vazifasini qorin aortasi bajaradi.
Suvda va quruqlikda yashovchilarda Yu. 3 kamerali — 2 boʻlmacha va qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2 boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat. Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga, oddinga va chap tomonga qaragan. Yu. oldingi pastki koʻks oraligʻi sohasida joylashib, ikki yon tomondan oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi. Yu. yuqoridan va orqadan qon tomirlar, pastdan diafragma pay markazi bilan mustahkamlanib turadi. Yu.ning holati hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan, yangi tugʻilgan bolalarda Yu. yumaloq shaklda boʻlib, diafragma gumbazi balandroq koʻndalang va yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh suyagidan ancha orqa tomonga surib turadi.
Keyinchalik 1—3 yoshda Yu. qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. Yu.ning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 300 g , ayollarda bir oz kamroq (220—250 g). Yu.ning uzunligi oʻrta yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7 sm. Yu. tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng) va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75 marta, bir sutkada 100000 marta qisqara oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka koʻtarish kuchiga teng .
YU.ning ustki chegarasi III qovurgʻa togʻayining toʻsh suyagiga yopishayotgan joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa goʻgʻri keladi.
YU.ning oʻng chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan (oʻng III va V qovurgʻalar roʻparasida) 2—3 sm chetroqsa boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda Yu.ning oʻng tomondagi chegarasi toʻsh suyagining oʻng chekkasidan 1,0—1,5 sm chiqib turishi mumkin. Yu.ning pastki chap chegarasi V qovurgʻaning oʻrta oʻmrov chizigʻidan 1,5 sm ichkariga Yu. uchiga toʻgʻri keladi.
YU. chegarasi va vaziyati odam koʻkragining shakliga ham bogʻliq, qoʻkragi keng odamlarda Yu. pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday konstitutsiyaga ega boʻltan odamlarda Yu. gorizontal holatda turadi. Keng (uzunligi oʻrtacha boʻlgan) koʻkrak qafasida Yu. qiyshiqturadi. Ayollar yuragi bir oz kichik boʻlib, gorizontal joylashadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shugʻullanadigan odamlarda Yu.ning hajmi birmuncha katta boʻladi.
YU. boʻlmachalari — venalar qonini qabul qiluvchi boʻshliqlar. Oʻng boʻlmacha katta qon aylanish doirasidan venoz qon olib keluvchi yuqorigi va pastki kovak venalar; chap boʻlmachaga 4 ta oʻpka venalari quyiladi. Ikkala boʻlmacha qorinchalar bilan boʻlmachaqorincha teshiklari orqali tutashadi. Qorinchalar qisqarganda teshiklar tavaqali (qopqoqlar) klapanlar bilan berkiladi. Qorinchalarning ichki yuzasida, bir-biri bilan kesishgan muskul tolalari va qorincha boʻshligʻiga chiqib turadigan soʻrgʻichsimon muskullar bor. Bu musqullar uchidan chiqqan payli tolalar boʻlmachaqorincha klapanlari tavaqalarining qirralariga yopishgan. Ular klapanlar tavaqalarini boʻlmachaga qarab burilishiga (koʻtarilishiga) toʻsqinlik qiladi.
Yurakning koʻkrak qafasida yurak xaltasi ichida joylashishi (yurak xaltasi kesib koʻrsatilgan).
Aorta va oʻpka arteriyasi asosida yarimoysimon klapanlar joylashgan. Klapanlar shu tomirlarning yoʻnalish tomoniga ochiladigan 3 tavaqadan iborat. Yu. qisqarganda qon oʻng qorinchadan oʻpka arteriyasiga, chap qorinchadan aortaga quyiladi.
YU.ning oʻng qorinchasidan oʻpka poyasi kichik qon aylanish, chap qorinchasidan aorta katta qon aylanish doirasi boshlanadi. Yu. oʻz xaltasi — perikardga oʻralgan, devori 3 qavat: ichki endokard, oʻrta miokard va tashqi elmkardryan iborat. Epikard va perikard oʻrtasidagi tor boʻshliqsa boʻladigan seroz suyuqlik Yu. ishlayotganda Yu. devorlarining ishqalanishini kamaytiradi. Yu.ning muskul qavati — miokard boʻlmachalarida 2, qorinchalarida 3 qavat boʻlib, ixtiyorimizga boʻysunmay qisqaruvchi maxsus koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tarkib topgan, bu xususiyat uni skelet muskullaridan ajratib turadi. Yu.ning boʻlmacha va qorincha muskul tolalari 2 ta (oʻng boʻlmacha va qorincha, chap boʻlmacha va qorincha orasidagi teshikni oʻrovchi) fibroz tola halqasidan boshlanadi. Lekin boʻlmacha muskullari, qorincha muskullari bir-biri bilan tutashmagan ayrimayrim fazada qisqaradi. Boʻlmacha muskullari ichdan boʻylama, sirtdan koʻndalang , qorinchalarda esa ichki, tashqi qavati boʻylama, oʻrtadagisi koʻndalangiga joylashgan. Ichki va tashqi boʻylama muskullar Yu. choʻqqisida tutashadi, koʻndalang (oʻrta) muskullar tutashmaydi. Qorinchalararo toʻsiq, asosan, muskul toʻqimasi va uni qoplab turgan endokard varagʻidan tuzilgan.
Miokardda bir-biriga bogʻliq alohida muskul tolalari bor, ular Yu.ning oʻtkazuvchi sistemasini tashkil etadi. Oʻng boʻlmacha devori, yuqori kovak venaning ochilish joyida kovak vena (sinus) "Kis Flyak" tuguni oʻrnashgan. Uning bir qism tolalari 3 tavaqali klapan asosi sohasida boshqa boʻlmachaqorincha (AshafTavar) tugunini hosil qiladi. Undan boʻlmachaqorincha (Gis) tutami boshlanadi. Bu tutam qorinchalararo toʻsiqda oʻziga tegishli qorinchalarga boruvchi chap va oʻng oyoqlarga ajraladi. Oyoqchalar endokard tagida alohida Purkinye tolalari bilan tugallanadi. Aortaning boshlangʻich qismidan chiquvchi oʻnt va chap toj arteriyalari Yu.ni qon bilan taʼminlaydi. Yu.ning yirik venalari, oʻng boʻlmachaga quyiladigan yurak sinusiga yigʻiladi (oʻng boʻlmachaga mayda venalar ham quyiladi). Yu.ni adashgan va simpatik nervlar innervatsiya qiladi. Bundan tashqari. Yu. oʻziga xos impuls oʻtkazuvchi yoʻllarga ham ega.
Yurak fiziologiyasi. Yu. faoliyati miokardning ritmik qisqarishiga asoslangan. Yu. qisqarishi sistola, boʻshashishi diastola deyiladi. Yu. avtomatik tarzda qisqaradi. Miokardning qisqarishini taʼminlaydigan impulslar Yu.ning oʻtkazuvchi sistemasida hosil boʻladi. Kovak vena (sinus) tugunida normada minutiga 60—80 marta hosil boʻladigan bu impulslar avval boʻlmacha miokardiga tarqalib, undan boʻlmachaqorincha tuguni hamda Gis tutami va oyoqchalari orqali qorinchalar miokardiga oʻtadi va ular qisqarishiga sabab boʻladi. Qorinchalarga oʻtish vaqtida impulslarning tezligi pasayadi. Shu sababli qorinchalarnikiga nisbatan boʻlmachalar qisqarishi ilgariroq tugallanadi. Yu.ning qisqarish va boʻshashish davri Yu. faoliyati siklini tashkil etadi. Bu sikl boʻlmachalar sistolasi (0,1 sek), qorinchalar qisqarishi (0,33—0,35 sek) va umum (qorinchalar va boʻlmachalar bir yoʻla boʻshashish fazasi) pauza (0,4 sek)dan iborat.
Boʻlmachalar qisqarganda ulardagi qon bosimi (oʻng boʻlmachada simob ustuni hisobida 1–2 mm dan 6–9 mm gacha, chap boʻlmachada 8–9 mm gacha) koʻtariladi. Natijada qon boʻlmachaqorincha teshigi orqali qorinchaga chiqadi.
Boʻlmachalar qisqarganda qorinchalarga qonning faqat 30% i chiqib, 70% i umum pauza vaqtida bemalol oqib keladi. Qorinchalar sistolasi ham fazalarga boʻlinadi. Qorinchalar bosimi oshganda boʻlmachaqorincha klapanlari yopiladi, lekin yarimoysimon klapanlari ochilmaydi. Bunda (izometrik qisqarish fazasi) qorinchalarning barcha muskul tolalari qisqarib, tarangligi tobora kuchayadi. Natijada qorinchalar bosimi aorta va oʻpka poyasidagi bosimdan ham oshgach, yarimoysimon klapanlar ochiladi; qon qorinchalardan tomirlarga otilib chiqadi; qonni haydash fazasi shu tariqa boshlanadi.
Odamda qonni tomir sistemasiga haydash Yu. chap boʻlmasi simob ustuni hisobida 65–75 mm, oʻng boʻlmasiniki 5–12 mm ga yetganda sodir boʻladi. 0,10—0,12 sek ichida yurak qorinchalari bosimi keskin [chap qorinchada simob ustuni hisobida 110–130 mm, oʻng qorinchada 25–35 mm ga (qonni tez haydash fazasi)] ortishi kuzatiladi. Qorinchalar qisqarishi (0,10—0,15 sek) qonni sekin haydash fazasi bilan tugallanadi. Keyin qorinchalar boʻshasha boshlaydi, ular bosimi tez pasayadi, yirik tomirlar bosimi koʻtarilib, yarimoysimon klapanlar yopiladi. Qorinchalardagi bosim 0 darajaga tushganda tavaqali klapanlar ochilib, qon boʻlmachalardan qorinchalarga tusha boshlaydi. Bu faza tez (0,08 sek) va sekin (0,07 sek) toʻlish fazasiga boʻlinadi. Qorinchalar diastolasi ularga qon toʻlishi bosqichi bilan tugaydi. Yu. faoliyati sikli fazalarining davomiyligi oʻzgaruvchan, Yu. ritmi chastotasiga bogʻliq. Shuning uchun Yu. faoliyati sikli fazalarini tekshirish Yu. muskullari faoliyati holatini aniqlashning muhim usuli hisoblanadi. Yu.dan minut sayin haydalgan qon miqdori Yu.ning minutlik hajmi (MH) hisoblanadi, ikkala qorinchadan chiqqan qon miqdori baravar. Odamning tinch holatida Yu.ning minutlik hajmi oʻrta hisobda 4,5—5 l, Yu.ning bir qisqarishida haydalgan qon miqdori — sistolik hajmi oʻrta hisobda 65—70 ml ga teng .
YU.ning qisqarish kuchi va chastotasi organizm toʻqima va aʼzolarining kislorod va oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojiga mos holda oʻzgarib turadi. Yu. qisqarishini taʼminlaydigan impulslar oʻzida hosil boʻlsa ham faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Adashgan nervlar Yu. qisqarish kuchini susaytirib, maromini sekinlashtiradi, simpatik nervlar, aksincha kuchaytiradi. Yu. muskullari oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatiga ham ega: mas, yurakka qancha qon koʻp kelsa, u shuncha ortiq kuch bilan qisqaradi. Yu. muskullarining qancha kuch bilan qisqarishi uning choʻzilishi, yaʼni muskul tolalarining dastlabki (qisqarishidan avvalgi) uzunligiga bogʻliq. Muskul tolasi qancha tez choʻzilsa, shuncha kuchli qisqaradi. Bu yurak qonuni deb ataladi. Yu. kasalliklari haqida Yuraktomir sistemasi kasalliklari va boshqalarga q.
Adabiyot[tahrir]

  • Hamidov J.H., Oqilov A.T., Saidov T.M., Umumiybiologiyadan amaliy mashgʻulotlar, T., 1970; Kovanov V.V., Topograficheskaya anatomiya grudi, M., 1978; Ahmedov N.K., Atlas. Odam anatomiyasi [2j.li], 2j., 2005.




Umurtqalilar yuragi miokard va bogʻlovchi toʻqimadan iborat. Miokard faqat yurakda bor mushak boʻlib, yurak siqilib-kengayishiga mas’uldir. Oʻrtacha odam yuragi daqiqasiga 72, oʻrtacha (66 yillik) umr davomida 2,5 milliard marta uradi. Ayollarda taqriban 250-300, erkaklarda esa 300-350 g tosh bosadi.[1]

Suyuqlik aylanish tizimiga ega umurtqasizlarda yurak suv va oqsilyogʻ va uglevodlar kabi ozuqadan iborat suyuqlikni itaruvchi kichik qop shaklida boʻladi. Hasharotlarda yurak vazifasini bel quvuri bajaradi; hasharotlar „qoni“ oksidlanmaydi, chunki ular toʻgʻri tanalari orqali nafas oladi.


http://fayllar.org
Yüklə 45,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin