O`yinni davom ettirish Agar o`yinni bosh hakam faqat asosiy tarkib o`yinchisini ogohlantirish uchun to`xtangan bo`lsa, unda:
O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan joydan davom ettiriladi.
Asosiy tarkibdagi va zaxiradagi o`yinchilarni maydondan chetlatish O`yin boshlanishiga qadar chetlatilgan o`yinchi o`rniga uchrashuv bayonnomasida qayd etilgan zahira o`yinchisi maydonga tushishi mumkin.
Uchrashuv bayonnomasiga kiritilgan zahira o`yinchisi uchrashuv boshida yoki oxirida maydondan chetlatilsa, uning o`rniga bayonnomaga boshqa zahira o`yinchisini kiritish mumkin emas.
XALQARO KENGASH QARORI Qaror 1. Agar hakamning nizomiga asosan «7 tadan kam o`yinchi bo`lsa, unda uchrashuvni boshlash mumkin emas» degan qoidaga amal qilinsa va 3 – qoidaning qolgan barcha shartlariga amal qilingan holda o`yindagi jamoalar futbolchilarining minimal sonini milliy assotsiatsiyalar aniqlash huquqiga ega.
Qaror 2. O`yin davomida murabbiy yoki rasmiy shaxslar texnik maydon chegarasidan chiqmagan holda maydondagi futbolchilarga taktik ko`rsatmalar berishi mumkin.
Izoh: 1870-yili birinchi marta 11 o`yinchi maydonga chiqdi. 1933-yili birinchi marta 1-11 gacha o`yinchilar raqamda chiqishdi.
4-QOIDA: O`yinchilar kiyimi (ekipirovka) Havfsizlik. O`yinchi kiyimida o`ziga yoki birovga havf soladigan predmetlarni olishi yoki taqishi qat`iyan man etiladi (bularga har xil yuvelir buyumlar ham kiradi). O`yinchining asosiy kiyimi:
Futbolka yoki ko`ylak
87-rasm
Short (agar shortning ichida ichki kiyim bo`lsa, bu ham shortning rangida bo`lishi zarur)