Musobaqa turlari Musobaqalarni rejalashtirish


-rasm Huquq va majburiyatlari



Yüklə 441,52 Kb.
səhifə15/41
tarix24.12.2023
ölçüsü441,52 Kb.
#193576
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
2-мавзу маърузалар матни

93-rasm
Huquq va majburiyatlari
Hakam:

  • Uchrashuvda qonun-qoidalarni nazorat qilish;

  • Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish;

  • 2 – qoida talablariga asosan to`pni nazorat qilish;

  • 4 – qoida talablariga asosan o`yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish;

  • Uchrashuvni qayd etib borish;

  • Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to`xtatish, uzib qo`yish yoki butunlay to`xtatish o`yindagi bosh hakam qarashiga bog`liq;

  • Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muhitning aralashuvida to`xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;

  • Bosh hakam fikriga ko`ra maydondagi o`yinchi qattiq jarohat olganda yoki o`yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo`lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to`xtatishi mumkin;

  • Bosh hakam fikriga ko`ra o`yinchi yengil jarohat olganda to`p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;

  • Har qanday o`yinchining jarohatidan qon chiqsa, ushbu o`yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta`minlash hamda ushbu o`yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to`xtaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina unga ruxsat berishi;

  • O`yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo`layotgan bo`lsa o`yinni to`xtatish zarur emas, hujum tugagandan so`ng yoki to`p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;

  • Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o`yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o`yinchi shu zahoti qattiq ogohlantirilish bilan jazolanishi kerak;

  • Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to`p maydonni tark etgandan so`ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;

  • Jamoalardagi o`zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zahira o`rindig`idan chetlatishi yoki ularga jazo qo`llashi mumkin;

  • Bosh hakam yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni ko`rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi yetkazgan ma`lumotlar asosida jazo qo`llashi mumkin;

  • Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat qilish;

  • O`yin to`xtatilganda davom ettirish;

  • O`yin bayonnomasi (bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to`ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.

Hakam qarori
Har qanday o`yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslahatlashib noto`g`ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o`yin to`xtatilgan vaziyatda o`z qarorini o`zgartirishi mumkin.

Yüklə 441,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin