Bosh hakam fikriga ko`ra maydondagi o`yinchi qattiq jarohat olganda yoki o`yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo`lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to`xtatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko`ra o`yinchi yengil jarohat olganda to`p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o`yinchining jarohatidan qon chiqsa, ushbu o`yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta`minlash hamda ushbu o`yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to`xtaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina unga ruxsat berishi;
O`yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo`layotgan bo`lsa o`yinni to`xtatish zarur emas, hujum tugagandan so`ng yoki to`p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o`yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o`yinchi shu zahoti qattiq ogohlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to`p maydonni tark etgandan so`ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o`zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zahira o`rindig`idan chetlatishi yoki ularga jazo qo`llashi mumkin;
Bosh hakam yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni ko`rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi yetkazgan ma`lumotlar asosida jazo qo`llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat qilish;
O`yin bayonnomasi (bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to`ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Hakam qarori Har qanday o`yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslahatlashib noto`g`ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o`yin to`xtatilgan vaziyatda o`z qarorini o`zgartirishi mumkin.